![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/89/Chris_Evans_2020_%2528cropped%2529.jpg/640px-Chris_Evans_2020_%2528cropped%2529.jpg&w=640&q=50)
Chris Evans
From Wikipedia, the free encyclopedia
Christopher Robert Evans[1] (talaffuzi: Kristofer Robert Evans; 13-iyun 1981-yilda tugʻilgan) — amerikalik aktyor. U oʻzining Marvel kinematografiya koinoti (MKK) filmlaridagi Kapitan Amerika roli bilan mashhurdir. U oʻz karyerasini 2000-yilda ishlangan Opposite Sex televizion serialida boshlagan. Evans, shuningdek, Marvel Comics nashriyotidan tushirilgan Human Torch personajini Fantastik toʻrtlik va uning davomi boʻlmish Fantastik toʻrtlik: Kumush syorfer bosqini (2007) filmlarida jonlantirgan. 2013-yildan boshlab u Janubiy Koreyada olingan Snowpiercer filmida suratga tusha boshladi. 2015-yilga kelib film olamida ancha shuhrat qozongan Evans oʻzining rejissorlik mahoratini Before We Go filmida sinab koʻrdi. 3 million dollarlik xarajat bilan olingan film salkam 400 million dollar foyda keltirdi.
Chris Evans | |
---|---|
![]() Evans 2020-yilda | |
Tavalludi |
Christopher Robert Evans 13-iyun 1981-yil (1981-06-13) (43 yosh) Boston, Massachusetts, A.Q.Sh. |
Fuqaroligi |
![]() |
Kasbi | Aktyor |
Faoliyat yillari | 1997—hozirgacha |
Qarindoshlari |
|
U koʻplab MKK filmlarida, jumladan Birinchi qasoskor (2011), Birinchi qasoskor: Qish askari (2014), Birinchi qasoskor: Qarshilik (2016), Qasoskorlar (2012), Qasoskorlar: Ultron davri (2015), Qasoskorlar: Cheksizlik jangi (2018) va Qasoskorlar: Intiho (2019) kabi filmlarda Steve Rogers / Kapitan Amerika personajini jonlantirgan. Uning Marvel filmlaridagi roli ortidan jahondagi eng yuqori haq toʻlanadigan aktyor oʻlaroq qayd etilgan.[2]