![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/uz/thumb/3/39/Photo_2024-02-13_13-09-35.jpg/640px-Photo_2024-02-13_13-09-35.jpg&w=640&q=50)
Oʻzbekiston Pro ligasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Oʻzbekiston Pro Ligasi – professional klublar oʻrtasida oʻtkaziladigan futbol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati tuzilmasida Oʻzbekiston Superligasidan keyin maqomi boʻyicha ikkinchi darajali musobaqa hisoblanadi[1].
![]() | |
Davlat |
![]() |
---|---|
Konfederatsiya | Osiyo Futbol Konfederatsiyasi |
Oʻtkazuvchi tashkilot | Oʻzbekiston Professional futbol ligasi |
Futbol tuzilmasidagi oʻrni | 2 |
Tashkil etilgan | 1992 |
Yuqori divizion | Superliga |
Quyi divizion | Oʻzbekiston Birinchi ligasi |
Ichki kuboklar |
Oʻzbekiston Kubogi Oʻzbekiston Liga kubogi |
TV hamkorlar | Uzreport TV |
Veb-sayt | pfl.uz |
Joriy mavsum: 2024-yilgi Oʻzbekiston Pro ligasi |
Oʻzbekistondagi ikkinchi darajali musobaqa 1992-yilda tashkil topgan paytdan boshlab va 2017-yilgacha Oʻzbekiston Birinchi ligasi deb nomlangan. 2018-yili OʻzPFL milliy chempionatlarni isloh qilgach, Oʻzbekiston Birinchi ligasi – Oʻzbekiston Pro Ligasi nomini olgan[2]. Oʻzbekiston Pro Ligasi turnirlari Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Pro Ligasi gʻolibi va 2-oʻrin sohibi Oʻzbekiston Superligasiga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanma oladi, Pro Ligada 3-oʻrinni egallagan klub esa Superligada 12-oʻrinni band etgan jamoaga qarshi Oʻtish oʻyinida ishtirok etadi. Oʻzbekiston Professional Futbol ligasi Musobaqalar reglamentiga koʻra, Oʻtish oʻyini Pro liga jamoasi maydonida tashkil etiladi. Mavsum yakunida Pro ligada soʻnggi oʻrinni egallagan klub yangi mavsumni Oʻzbekiston Birinchi ligasida boshlaydi.
Pro liga ishtirokchilari har yili Oʻzbekiston kubogi va Oʻzbekiston Liga kubogida ishtirok etadi.