![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/uz/thumb/4/4b/Uzb-kubogi-logo2.jpg/640px-Uzb-kubogi-logo2.jpg&w=640&q=50)
Oʻzbekiston Kubogi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Oʻzbekiston Kubogi — Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan tashkillashtiriladigan futbol boʻyicha har yili oʻtkaziladigan milliy kubok musobaqasi. Oʻzbekiston Kubogi bahslari 1992-yildan beri tashkil etilgan boʻlib, Oʻzbek futboli miqiyosidagi eng eski musobaqalardan biridir. Sobiq Ittifoq tarkibida Oʻzbekiston SSR mahalliy kubok musobaqalari oʻtkazilishi 1939-yil yoʻlga qoʻyilgan. Mustaqil Oʻzbekistonning Birinchi Oʻzbekiston kubogi sohibi Namanganning „Navbahor“ klubi hisoblanadi.
![]() | |
Davlat |
![]() |
---|---|
Tashkil etilgan | 25-oktyabr, 1992-yil (31 yil avval) (1992-10-25) |
Jamoalar soni | 30 |
Amaldagi chempion | Nasaf Qarshi |
Eng koʻp marta chempion | Paxtakor Toshkent (13) |
TV hamkorlar | Sport TV |
Veb-sayt | pfl.uz |
Oʻzbeksiton Kubogi gʻoliblari OFK Chempionlar Ligasida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi. Agar Oʻzbekiston kubogini Superliga Chempioni qoʻlga kiritgan boʻlsa, u holda Oʻzbekiston Super ligasidagi yuqori oʻrinlardagi jamolardan biriga OFK Chempionlar Ligasida ishtirok etish imkoniyati beriladi (amaldagi kvotaga qaraladi).
„Paxtakor“ 13 marta Oʻzbekiston kubogi sohibi boʻlgan musobaqadagi eng muvaffaqiyatli klub hisoblanadi. Ikkinchi oʻrinda „Bunyodkor“ 4 ta, „Navbaxor“, „Nasaf“ va „Lokomotiv“ esa 3 ta bilan uchinchi oʻrinda.[1][2] „Nasaf“ klubi 2022-yilgi finalda "Navbahor"ni „Buxoro“ stadionida magʻlub etgan eng soʻnggi gʻolib hisoblanadi.