Uzreport TV
Sport o'yinlarini translyatsiya qiluvchi yetakchi teleradiokompaniya / From Wikipedia, the free encyclopedia
Uzreport TV — Oʻzbekistondagi nodavlat informatsion telekanal[1]. 2014-yilning 28-aprel kuni Oʻzbekiston hududida efirga uzatilishi boshlangan[2]. Ushbu telekanal 1999-yilda tashkil etilgan «UzReport» informatsion agentligiga qarashli hisoblanadi. Dunyoning 100dan ortiq davlatida nomoyish qilinadi[manba kerak]. Telekanalni televizorga ulangan raqamli TV-tyuneri, internet, shuningdek Androidli planshet va smartfonlar orqali tomosha qilish mumkin.
UzReport TV | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Namoyish vaqti | kunu-tun |
Namoyish hududi | Oʻzbekiston |
Til(lar)i |
Oʻzbek tili Rus tili Ingliz tili |
Boshqaruv markazi | Toshkent shahri, Buxoro koʻchasi, 26-uy |
Mazmuni | axborot-maʼrifiy |
Efirga chiqqan | 28-aprel 2014 |
OAV guvohnomasi | № 0605 |
Litsenziya | № 0004217 |
Sayt | uzreport.news |
Telekanal oʻzbek tilidan tashqari, rus va ingliz tilini ham ishlatadi. Ushbu telekanalda har soatda yangilanib turadigan siyosiy, madaniy, iqtisodiy, ijtimoiy va sport yangiliklari uzatiladi. Shuningdek telekanal efirida analitik koʻrsatuvlar, har xil sohalar haqidagi koʻrsatuvlar, intervyular va boshqa maʼlumotlar yetkaziladi[3].
2017-yilda oʻzining yangi telekanali Futbol TV telekanalini ishga tushirdi.[manba kerak]
2018-yil 15-aprelda FIFA Jahon chempionati 2018 translyatsiya huquqini qoʻlga kiritdi[4].