From Wikipedia, the free encyclopedia
Oʻrinboy Rahmonberdiyevich Rahmonov (1910—1980) – Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining asoschisi, badiiy rahbari, artist va shoir, Qirgʻiziston madaniyati va sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshgan.
Oʻrinboy Rahmonberdiyevich Rahmonov | |
---|---|
Tavalludi |
4-mart 1910-yil Oʻsh, Qirgʻiziston |
Vafoti |
5-oktyabr 1980-yil (70 yoshda) Oʻsh shahri, Qirgʻiziston |
Fuqaroligi | SSSR |
Kasbi | Aktyor, yozuvchi, shoir |
Faoliyat yillari | 1927–80 |
Turmush oʻrtogʻi |
Tursunxon Toʻychiboyeva (1918—54) |
Bolalari | 10 |
Otasi | Rahmonberdi Madazimov |
Onasi | Bibixon |
Oʻrinboy Rahmonberdiyevich Rahmonov 1910-yili Oʻsh shahrining Shayxlar mahallasida tugʻilgan. Otasi Qirgʻizistonda teatr harakatining asoschisi, Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining asoschisi va birinchi direktori, badiiy rahbari, rejissori Oʻshda taniqli arbob Rahmonberdi Madazimov boʻlgan. Oʻrinboy Rahmonov 17 yoshga toʻlganda, dadasi tashkil etgan Oʻsh oʻzbek drama teatrida ijodiy faoliyatini 1927-yildan boshladi. Teatrni tashkil etish va tuzish birinchi yillarida qoʻshimcha oʻnta vazifalarini bajargan: artist, rejissor yordamchisi, xonanda, sozanda, dramaturg, grimchi, rassom, suflyor, shoir, kichkina pesalar va qoʻshiqlar uchun sheʼrlar yozgan. Ushbu qoʻshiqlarga oʻsha paytlarda birinchi ayol raqqosa Roziya Moʻminova lapar aytib raqsga tushgan. 1934-yil avgust oyida yetmish kishidan iborat teatr jamoasi safida Oʻrinboy Rahmonov Leningrad shahriga gastrolga bordi. Teatr repertuari „Farhod va Shirin“, „Layli va Majnun“ kabi oʻzbek asarlaridan iborat edi. Ammo leningradlik sanʼat shinavandalari ularni shu qadar qizgʻin, shu qadar samimiy kutib oldilarki, ozgina muddatga moʻljallangan gastrol salkam bir oy davom etdi. Ijodiy jamoa korxonalarda, oʻquv yurtlarida, afsonaviy „Avrora“ kreyserida ijodiy uchrashuvlar oʻtkazishdi, 22 ta konsert berishdi. Gastrol soʻnggida artistlarni Leningrad viloyati partiya qoʻmitasining birinchi kotibi Sergey Kirov qabul qildi va oʻynalgan spektakllar, konsertlar leningradliklarda chuqur taassurot qoldirganini alohida taʼkidladi. Qabul marosimida Oʻrinboy Rahmonov ham ishtirok etdi va suhbat tugagach, teatr jamoasi bilan birga S. M. Kirov bilan rasmga tushdi. 1937-yili S. M. Kirov vafot etgandan soʻng, teatr uning nomi bilan ataldi.
1934-yili Toshkentda ilgʻor paxtakorlarning slyoti oʻtkazildi. Slyotda konsert berish uchun Oʻzbekiston Markaziy ijroiya qoʻmitasining raisi Yoʻldosh Oxunboboyevning taklifi bilan teatri Toshkentga ijodiy safarga ketdi. Slyot qatnashchilari hofiz Abdulla taroq Fayzullayev, artistlar Oʻrinboy Rahmonov, Tojixon Hasanova, Roziyaxon Moʻminova, Laylixon Moidova, Qodirjon Hamidov, Gʻulomjon Isroilovlarning chiqishlarini zoʻr olqishlar bilan kutib oldilar. 1934-yili teatr Moskvaga ham gastrolga borib keldi. 26-may-4-iyun 1939-yili Moskvadagi qirgʻiz sanʼati birinchi dekadasida qatnashib keldi va M. I. Kalinin bilan uchrashdi. 1939 va 1940-yillari Oʻrinboy Rahmonov[1] teatr jamoasi bilan birga Bishkekka (Frunzega) gastrolga bordi[2]. teatr jamoasi bilan birga Bishkekka (Frunzega) gastrolga bordi.
Ikkinchi jahon urushi boshlanganidan soʻng, koʻplab teatr aktyorlari oʻz ixtiyori bilan frontga ketishdi. Oʻrinboy Rahmonov urush maydonida jiddiy yaradorlanib, Oʻshga yuborildi va 1942 yili teatrning badiiy rahbari etib tayinlandi va u 1949-yilgacha teatrga rahbarlik qildi. Ikkinchi jahon urushi davrida teatr sanʼatkorlari oʻzlarining Vatan oldidagi burchlarini chuqur his etib, frontda boʻlib, soldatlarga madaniy xizmat koʻrsatdilar. Oʻrinboy Rahmonov, Tojixon Hasanova, E.Boʻtayeva, M.Otaboyevlar jangchilarni mardlikka, qaxramonlikka undadilar. Shu yillarda Oʻrinboy Rahmonov tomonidan Komil Yashinning „Boʻron“, „Oʻlim bosqinchilarga!“, Sobir Abdullaning „Qurbon Umarov“, Uygʻunning „Hayot qoʻshigʻi“, Bil-Belotserkovskiyning „Chegarachilar“, Korneychukning „Front“ asarlarini sahnaga qoʻyib, teatr jamoasi mehnatkashlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga munosib hissa qoʻshdilar.
Ijodiy jamoaning kamolotga erishuvida Oʻrinboy Rahmonov tomonidan Hamzaning „Boy ila xizmatchi“, „Maysaraning ishi“, K.Trenyovning „Lyubov Yarovaya“, Shillerning „Makr va muhabbat“, Sobir Abdullaning „Tohir va Zuhra“, Oʻrdubodiyning „Besh soʻmlik kelin“, Hurshidning „Farhod va Shirin“, Komil Yashinning „Gulsara“, Uygʻunning „Navbahor“, „Oltinkoʻl“ asarlarini sahnalashtirilishi alohida bosqich boʻldi.
Oʻriboy Rahmonov Oʻsh oʻzbek drama teatrida 1927-1949-yillari, 1949-1954-yillari Qizilqishloq qishloq Kengashi raisi, 1954-1965-yillari Qizilqishloqning „Eshonguzar“ masjidi oldidagi eski pochtasida boshliq, 1965-yildan savdo sohasida ishladi. 1953 yilda uning taklifi bilan uchta qishloq kengashi – Qizil-Qishloq, Shoʻro va Ishkavon yagona Qizil-Qishloq qishloq kengashiga birlashtirilib, birlashgan Qizil-Qishloq kengashining raisi etib Oʻrinboy Rahmonov saylangan. Uning rahbarligida Yangi-Turmush, Suratosh, Beshkapa, Kommunist, Kerme-Too , Qizil-Bayroq, Ishkavon qishloqlarida yangi yerlar oʻzlashtirildi. Hozir u yerda oʻn minglab odamlar yashaydi. 29 dekabr 2024 yildagi Prezident Farmoni bilan bu yerlar Oʻsh shahri hududiga qoʻshib olingan.
Oʻrinboy Rahmonov 1949-yili teatrdan ketib, boshqa ishga oʻtsada, lekin shtatdan tashqari, ishdan keyin 1958-yilgacha rollar ijro etdi. Tomoshabinlarga va tanqidchilarga nemis ofitseri, „5 soʻmlik kelin“dagi ota va boshqa dramalardagi oʻynagan bosh rollari yoqqan. Abdugʻani Abdugʻofurovning fevral 2010-yilda nashr etilgan „Oʻshning akademik teatri“ kitobining 1 va 3 betlarida Oʻrinboy Rahmonovning Bobur nomli Oʻsh oʻzbek akademik musiqali-drama teatrining tashkil etishda va faoliyat koʻrsatishdagi xizmatlari aks ettirilgan va 1940-yildagi teatr afishasidagi ismi-sharifi aktyorlar roʻyxatida № 19 (42 betda) aks ettirilgan. Oʻrinboy Rahmonov boʻsh vaqtlarida Oʻsh va Sulaymon togʻi goʻzalligi xaqida koʻplab sheʼrlar yozgan, toʻrttasi roʻznomalardan chiqqan[3]. Oʻrinboy Rahmonovning koʻp urugʻlari sanʼatkor, shoir boʻlishiga asosiy sabab shoir Xoʻjanazar Huvaydo (1704-1780-yillar) qarindoshi boʻlgan. Qariganda Sulaymon togʻidagi Bobur hujrasini qarab yurgan va obod etgan, toqqa har chiqqanida ikki paqir suv olib chiqib, ekkan koʻchatlarini sugʻorgan. Oʻn ikkita farzandni tarbiyalagan. Toʻngʻich farzandi Dildorbek hoji Rahmonov ham Bobur nomli teatrda artist boʻlib ishlagan, uchta kinofilmda epizodik rollar oʻynagan. Yana bir oʻgʻli Darvishbek polvon Rahmonov otasiga oʻxshab oʻzini umrini sanʼatga bagʻishladi. Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanidagi "Qaldirgʻoch" namunali sirk truppasi asoschisi va badiiy rahbari lavozimida ishlaydi[4]. Oʻrinboy Rahmonov 5-oktabr 1980-yili vafot etgan, qabri Oʻsh shahrining Sulaymon togʻida joylashgan „Goʻdak mozor“ qabristonida.
Oʻrinboy Rahmonov Oʻsh viloyati, Oʻsh shahar, Qorasuv tumani kengashlari deputati, Qizilqishloq qishloq kengashi deputati boʻlib bir necha marta saylangan.
God | Nazvaniye | Originalnoye nazvaniye oʻzbekcha: {{{1}}} | Avtor |
---|---|---|---|
1927 | Druzya | Oʻrtoqlar | K.Yashin |
1928 | Vnutri | Ichkarida | K.Yashin |
1929 | Xalima | Halima | Gulom Zafariy |
1929 | Aji-aji | Aji-aji | K.Yashin |
1930 | Istorii na xlopkovom pole | Paxta shumgʻiyalari | Umarjon Ismoilov |
1931 | Jenitba | Uylanish | N. V. Gogol |
1932 | Perevodchik | Tilmoch | Mannon Uygʻur |
1933 | ru:Аршин мал алан | Arshin mol olon | Uzeir Hojibekov |
1934 | Revizor | Revizor | N. V. Gogol |
1935 | Istoriya zagovorila | Tarix tilga kirdi | Nazir Safarov, Ziyo Said |
1935 | Sojjyom | Yondiramiz | K.Yashin |
1936 | Vmesto smerti | Oʻlim oʻrniga | J. Turusbekov |
1936 | Lyubov Yarovaya | Lyubov Yarovaya | K. Trenyov |
1936 | Komsomolskiy vzvod | Komsomol vzvodi | Tojizoda |
1937 | Obman i lyubov | Makr va muhabbat | Friedrich Schiller |
1937 | Farhod va Shirin | Farhod va Shirin | Sh. Xurshid |
1938 | Sluga dvux gospod | Ikki xoʻjayinga bir qul | K.Goldoni |
1938 | Sablya Uzbekistana | Oʻzbekiston qilichi | Sobir Abdulla |
1939 | Pogranichniki | Chegarachilar | Bill-Belotserkovskiy |
1939 | Bay i batrak | Boy ila xizmatchi | Hamza |
1939 | Taxir i Zuxra | Tohir va Zuhra | Sobir Abdulla |
1940 | Xolisxon | Xolisxon | Hamza |
1940 | Buran | Boʻron | K.Yashin |
1941 | Gulsara | Gulsara | K.Yashin va M.Muhamedov (Wayback Machine saytida 26-avgust 2018-yil sanasida arxivlangan) |
1941 | Leyla i Madjnun | Layli va Majnun | Xurshid |
1941 | Kurban Umarov | Qurbon Umarov | Sobir Abdulla |
1942 | Smert zaxvatchikam! | Oʻlim bosqinchilarga! | K.Yashin |
1942 | Prodelki Maysari | Maysaraning ishi | Hamza |
1942 | Front | Front | Aleksandr Korneychuk |
1943 | Davron ata | Davron ota | Sobir Abdulla |
1943 | Zafar | Zafar | Umarjon Ismoilov |
1944 | Nurxon | Nurxon | K.Yashin |
1944 | Nevesta za 5 som | Besh soʻmlik kelin | Oʻrdubodiy |
1945 | Pesnya jizni | Hayot qoʻshigʻi | Uygʻun |
1946 | Chest jenщini | Ayol nomusi | Muxtarov |
1947 | Vesna | Navbahor | Uygʻun |
1947 | Farhod va Shirin | Farhod va Shirin | Sh. Xurshid |
1948 | Krasniy galstuk | Qizil galstuk | K. Trenyov |
1948 | Pesnya jizni | Hayot qoʻshigʻi | Uygʻun |
1948 | Altinkul | Oltinkoʻl | Uygʻun |
1949 | Lepestki | Gʻunchalar | Zinnat Fatxullin |
1949 | Semurgʻ | Semurgʻ | Hamid Olimjon |
1950 | Adolat | Adolat | Ismoil Akram |
1950 | Alpomish | Alpomish | Sobir Abdulla |
1951 | Toktogul | Toʻqtagʻul | J. Bokonbayev |
1951 | Layli va Majnun | Layli va Majnun | Sh. Xurshid |
1952 | Yoriltosh | Yoriltosh | Shukur Saʼdulla |
1952 | Radost | Shodlik | Mahmud Rahmon |
1952 | Shyolkovoe syuzane | Shohi soʻzana | Abdulla Qahhor |
1953 | Alisher Navoiy | Alisher Navoiy | Izzat Sulton |
1953 | Natalka Poltavka | Natalka Poltavka | Nikolay Lisenko |
1953 | Nurxon | Nurxon | Komil Yashin |
1954 | Prazdnik na pole | Dalada bayram | Shukur Saʼdulla |
1954 | Serdechnie sekreti | Yurak sirlari | Baxrom Rahmonov |
1955 | Oftobxon | Oftobxon | Komil Yashin |
1955 | Devushka reki Gang | Gang daryosining qizi | Rabindranath Tagore |
1956 | Ravshan i Zulxumor | Ravshan va Zulhumor | Komil Yashin |
1956 | Lyubov k Rodine | Vatan ishqi | Zinnat Fatxullin |
1956 | Sunduk sekretov | Sirli sandiq | I. Axmedov |
1957 | Alpomish | Alpomish | Sobir Abdulla |
1957 | Yulduz | Yulduz | Samad Vurgʻun |
1958 | Oygul i Baxtiyar | Oygul va Baxtiyor | Hamid Olimjon |
1958 | Imenem revolyutsii | Revolyutsiya nomi bilan | M. Shatrov |
Shuningdek koʻplab konsert dasturlarida ishtirok etgan.
Oʻrinboy Rahmonovning nomini abadiylashtirish maqsadida uning nomi Oʻsh viloyati, Qorasuv tumani, Qizilqishloq qishlogʻining Beshkapa mavzesi yangi cheklardagi uchta koʻchaga qoʻyildi[6][7].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.