From Wikipedia, the free encyclopedia
GOLDONI (Goldoni) Karlo (1707.25.2, Venesiya - 1793.6.2, Parij) — italyan dramaturgi, italyan teatri islohotchisi, milliy komediya asoschisi. Dastlabki asarlari ("Momolo kortezan", 1738; "Momolo Brenteda", 1739; "Sinish", 1741) dayoq niqoblar komediyasi (syujetning qisqa sxemasidan iborat ssenariy asosida tayyorgarliksiz tomosha yaratish)ni isloh qilgan. Mazkur asarlar muqim matnga, aniq insoniy harakterlarga, maʼrifatparvarlik gʻoyalari singdirilgan, jamiyatning illatlarini tanqid qiluvchi mazmunga ega edi. Ayni paytda Goldoni niqoblar komediyasining afzal tomonlarini — xushchaqchaqlik, syujet rivojidagi izchillikni saqlab qolgan. Goldoni 155 komediya, 18 tragediya, 94 libretto yozgan. Teatr tarixiga oid "Memuarlar" (1784—87) muallifi. "Mehmonxona bekasi", "Ikki boyga bir malay" va b. komediyalari oʻzbek tiliga tarjima qilinib, Muqimiy teatrida sahnalashtirilgan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.