Remove ads
odamlarni boshqalardan ajratib turadigan nom From Wikipedia, the free encyclopedia
Ism,Kim nima soʻroviga javob bola oladi, ot — bolaning tugʻilganligi qayd etilayotganda unga beriladigan nom. Ism shaxslarni oila, avlod, mahalla, jamoa doirasida ajratishga imkon beradi. Odatda, chaqaloqqa Ismni ota-onasi, qarindosh-urugʻ, oiladagi keksa kishilar tanlaydilar. Qanday Ism qoʻyilishi estetik va etik tamoyillar, Ism tanlovchilarning orzu-istaklari, tasavvur va dunyoqarashlari, milliy xu-susiyat va b. bilan bogʻlangandir. Ism qoʻyishda dinning taʼsiri, ayniqsa, kuchli boʻldi. Xristianlik vujudga kelib, monoteistik dinga aylanganidan keyin Bibliyaaagi paygʻambarlarning Ismlari jahondagi koʻpgina xalqlarda ommaviy Ismlar boʻlib qoldi. Islom dinining tarqalishi Markaziy Osiyo xalqlari, xususan, oʻzbeklarda bu din tushunchalari bilan bogʻliq Ismlarning koʻpayishiga olib keldi. Xalqimiz Qurʼoni karimda tilga olingan Allohning goʻzal ismlarini (qarang al-Asmo al-Husno), Muhammadning nomlarini oʻz farzandlariga qoʻyishni rasm qildi. Xullas, har bir Ism muayyan sabab bilan paydo boʻlib, oʻzining tarixi, geografik tarqalishi, hududi va mazmuniga ega. Qadim-qadimdan Ism qoʻyishning turli rasm-rusm, udumlari saqlanib qolgan, chunki bolaning sogʻ boʻlishi, yashab ketishi, kelgusi baxti unga qoʻyiladigan Ism bilan bogʻliq boʻladi, deb hisoblangan. Kishiga muvaffaqiyatli tanlangan Ism uning taqdiri, hayotiga katta taʼsir koʻrsatadi, Ism odamning ruhiyatini oʻzida muhjassam qiladi, kishi oʻz Ismiga oʻxshay-di, deb ishonishgan. Musulmon oilalarida bolaga Ism qoʻyish bilan bogʻliq alohida marosim oʻtkazib kelinadi (qarang Aqiqa).
Ismga eʼtibor chaqaloqqa Ism tanlashdan va uni tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma (metrka)ga yozishdan boshlanadi. Mualliflik huquqiga, oila huquqida merosxoʻrni belgilash va sh. k.dagi bir qancha huquqiy munosabatlar Ism bilan bogʻlangandir. Oʻzbekiston Respublikasining OK bolaning Ism olish huquqini belgilaydi (69-modda). Bu huquq bolaning shaxsiy huquqi doirasiga kiradi. Amaldagi qonunlarga binoan, bolaga Ism ota-onaning kelishuviga binoan qoʻyiladi, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari buni hisobga olishga maj-ur. Bolaga Ism qoʻyishda ota-ona oʻrtasida kelishuv boʻlmasa, mazkur nizo vasiylik va homiylik organi tomonidan bola, shuningdek, uning otaonasi manfaatlarini eʼtiborga olib hal etiladi. Bola Ismini oʻzgartirish tartibi OKda belgilab berilgan (70-mod-da). Unga koʻra, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi ota-onaning birgalikdagi arizasiga binoan, bola 16 yoshga toʻlguncha bola manfaatlarini eʼtiborga olib, uning Ismini oʻzgartirishga hakli. 10 yoshga toʻlgan bolaning Ismini oʻzgartirishga faqat uning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Ismni til fakti sifatida onomastika fani oʻrganadi.
Ernst Begmatov.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.