From Wikipedia, the free encyclopedia
Anvar Mahmudovich Qosimov (1933 Oʻsh shahri-yetakchi sovet, oʻzbek sharqshunos, hindshunos, turkshunos olimi, tashqi siyosat va xalqaro aloqalar boʻyicha eksperti, tarix fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi
Анвар Маҳмудович Қосимов | |
---|---|
рус. Анвар Махмудович Касымов | |
Tavalludi |
13-aprel 1933 |
Vafoti | 17-oktyabr 2020 |
Fuqaroligi | SSRI Oʻzbekiston |
Otasi | Qosimov, Mahmud Tojiqulovich - sovet harbiy qoʻmondoni, birinchi oʻzbek polk komandirlaridan biri, Fargʻona viloyati harbiy komissari, SSSRning Erondagi elchixonasi harbiy attashesi. |
Onasi | Karomatxon Nishonboyevna (Oʻsh shahrida tugʻilgan) — 26-iyun 1986-yili Fargʻona shahrida vafot etgan. SSSRning Erondagi elchixonasi qoshidagi tibbiy kasalxonada ishlagan |
Mukofotlari | Doʻstlik medali (2005), Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi faxriy unvoni va bir necha fahriy yorliqlar bilan taqdirlangan. |
Qosimov 13-aprel 1933 yili Oʻsh shahrida tugʻilgan, yetakchi sovet, oʻzbek sharqshunos, hindshunos, turkshunos olimi, tashqi siyosat va xalqaro aloqalar boʻyicha eksperti, tarix fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi[1]. Oʻzbekiston Kompartiya Markaziy Qoʻmitasining targʻibot-tashviqot boʻlimi mudiri, SSSR tashqi ishlar vazirligi markaziy apparatida, SSSRning Turkiyadagi elchixonasining maslahatchisi, Toshkent Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi dorilfununi va Toshkent Sharqshunoslik oliygoxi kafedrasi mudiri, professori, tarix fanlari doktori, bir necha oʻnlab ilmiy kitoblar muallifi[2]. 1991 yili Anvar Qosimov rahbarligida Toshkent Sharqshunoslik oliygoxida jahon siyosati kafedrasi tuzilgan[3]. Vetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidentining (SRV № 571/2005/ QD/CTN, Xanoy, 7-iyun 2005 yildagi „Doʻstlik ordenlari va medallari bilan taqdirlash toʻgʻrisida“gi qaroridan koʻchirma: „Za bolshie zaslugi v okazanii pomoщi Vetnamu v podgotovke nauchnix kadrov, v ukreplenii drujbi i mnogostoronnego sotrudnichestva mejdu Vetnamom i Uzbekistanom“ nagradit Medalyu „Drujbi“ SRV Kasimova Anvara Maxmudovicha-professora Universiteta mirovoy ekonomiki i diplomatii i Tashkentskogo instituta Vostokovedeniya.
U bir necha oʻnlab ilmiy kitoblar muallifi[4]:
Uning otasi Qosimov, Mahmud Tojiqulovich — sovet harbiy qoʻmondoni, birinchi oʻzbek polk komandirlaridan biri, Fargʻona viloyati harbiy komissari, SSSRning Erondagi elchixonasi harbiy attashesi. Onasi Karomatxon Nishonboyevna (Oʻsh shahrida tugʻilgan) — 26-iyun 1986-yili Fargʻona shahrida vafot etgan. SSSRning Erondagi elchixonasi qoshidagi tibbiy kasalxonada ishlagan.
Toʻrtta farzandi bor: qizlari Mumtoz Abdurazzoqova (1966, sharqshunos), Nazokat Qosimova (1969 va oʻgʻillari Mahmud Qosimov (1979, sharqshunos), Muzaffar Qosimov (1981, iqtisodchi, tadbirkor).
Uning qizi Qosimova Nazokat Anvarovna siyosiy fanlar doktori[20], Toshkent Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi dorilfununi professori[21], Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlimi islohoti boʻyicha milliy eksperti[22], 50 dan oshiq ilmiy adabiyot muallifi[23].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.