Pay, singir — biriktiruvchi toʻqimadan iborat pishiq tuzilma. Shakli va uzunligi (lenta yoki plastinka) har xil; muskullar Pay yordamida suyaklarga birikadi. Payning pishiq yoki choʻziluvchanligi, qayishqokligi u paydo boʻlgan biriktiruvchi toʻqimaga bogʻliq. Pay shunchalik pishiqki, koʻndalang kesimining 1 mm2 10 kg, chanoqni bel suyagiga biriktirib turadigan paylar 350 kg, oyoq tagidagi uzun paylar esa 200 kg cha yuk koʻtara oladi. Bolalar payi juda nozik va egiluvchan boʻlib, yosh ulgʻaygan sari hatto suyaklanib ketadi. Paylar, asosan, boʻgʻim oldida joylashgani uchun turli tomonga harakat qilish imkonini beradi.

Paylarning bir qismi statik funksiyalar (gavdani tik saqlash va boshqalar)ni bajarishda ishtirok etadi. Keskin harakat qilganda Payda turli oʻzgarishlar roʻy beradi, unga biror shikast yetishi natijasida pay haddan tashqari choʻzilib ketganda (qarang Pay choʻzilishi), odatda, suyak toʻqimasi bilan birga uziladi. Koʻproq boldir va oyoq panjasi boʻgʻimi paylari, baʼzan tizza, tirsak boʻgʻimi paylari shikastlanadi; bunda shikastlangan boʻgʻim qattiq ogʻriydi, shishadi, harakat qiyinlashadi. Pay shikastlanganda darxrl vrachga murojaat qilish, u kelguncha boʻgʻimni bint bilan siqib bogʻlab boʻgʻimga orom berish, uni qimirlatmaslik kerak.[1]

Manbalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.