Merki tumani
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Merki tumani (qozoqcha: Меркі ауданы) — Qozogʻiston Respublikasining janubida joylashgan Jambul viloyati tarkibidagi maʼmuriy birlik. Tumanning maʼmuriy markazi — Merke qishlogʻi. Tumanning maydoni 7,1 ming km²[4]. 2013-yil 29-iyundan — 2016-yil iyul oyigacha — tuman hokimi Ko‘pbo‘sinov Baxtiyar Beysembaevich[5]. 2016-yil 30-iyundan 2021-yil martgacha tuman hokimi — Umirbekov Meyirxon Azatovich. 2021-yil 2-martdan — 2022-yil 5-maygacha — tuman hokimi Nursipatov Ruslan Maratovich[6]. 2022-yil 16-maydan — tuman hokimi Baubekov Joʻrabek Nurmergenovich[7].
| ||
tuman | ||
---|---|---|
Tarkibida | Jambul viloyati | |
Maʼmuriy markazi | Merki | |
Akim | Жорабек Баубеков[1] | |
Aholi (2019) | 84760[2] | |
Millatlar tarkibi |
qozoqlar (71,98%) turklar (10,83%) ozarbayjonlar (3,09%) oʻzbeklar (2,30%) va boshqalar (4,46%)[3] | |
Maydoni | 7,1 ming km² | |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 | |
Avtomobil raqami kodi | H, 08 | |
Xaritada | ||
42°52′48″N 73°10′48″E |
Merki tumani Qirgʻiz tizmasining etaklarida joylashgan. Sharqda tuman Qirgʻiziston bilan chegaradosh. Viloyat hududining shimoliy qismi Moʻyinqum qumlariga tutashgan yomgʻirli, yarim choʻl zonasi hisoblanadi. Tumanning maydoni 7620 kvadrat kilometrni tashkil etadi. Iqlimi keskin kontinental, yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 40—50 mm, baʼzan 70—100 mm gacha yetadi. Katta daryolari — Aspara va Merki. Tuman hududidan sugʻorish uchun foydalaniladigan Bolshoy Chuy kanali oʻtadi. Tuman hududidan Qirgʻiziston temir yoʻlining Lugovoe-Bishkek tarmogʻi, Olmaota, Bishkek, Toshkent (Taraz, Chimkent shaharlari) shaharlarini bogʻlovchi avtomobil yoʻli oʻtadi.
Tuman aholisi 84760 kishini tashkil qiladi (2019). Aholi dinamikasi[8]:
Viloyatda 30 dan ortiq millat vakillari: qozoqlar, ruslar, ukrainlar, ozarbayjonlar, mesxeti turklari, oʻzbeklar, qirgʻizlar va boshqalar yashaydi.
Hudud 1933-yil 27-dekabrda tashkil topgan[4], lekin bu joylarda odamlar ancha oldin yashagan. Bu yerda miloddan avvalgi X—VIII asrlarga oid Jigimbay istehkomi joylashgan. Merki haqida birinchi marta IX-X asrlarda arab geograflari oʻz asarlarida quyidagicha tilga olishgan: „Mirki oʻrtacha kattalikdagi shahar boʻlib, mustahkam himoyalangan qalʼasi bor“. Shahar nomi forscha „markaz“ degan maʼnoni anglatuvchi „mirki“ soʻzidan olingan.
Milliy tarkibi (2019-yil boshida).
2019-yil boshidagi holatga koʻra, tuman 14 ta qishloq okrugini oʻz ichiga oladi[4][9].
Tuman aholisi asosan qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanadi. Bu yerda 1435 ta jamoa xoʻjaligi roʻyxatga olingan, 16 masʼuliyati cheklangan shirkat va ishlab chiqarish kooperativlari faoliyat koʻrsatadi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.