Remove ads
From Wikipedia, the free encyclopedia
Mutlaq balandlik (altituda) -Yer yuzasida muayyan nuqtaning dengiz yoki okean suvlarining oʻrtacha sathidan boshlab ulchangan tik balandligi (metrlarda ulchanadi). Bu balandlikni ifodalovchi songa belgi deyiladi. Okean sathidan balanddagi nuqtalar belgisi musbat ishora (+), pastdagi manfiy ishora (—) bilan belgilanadi. Mas, Jomolungma chuqqisining Mutlaq balandliki 8848 m, Qoragiyo — 132 m (Mangʻishloq platosida; Qozogʻiston), Mingbuloq botigʻi — 12 m (Qizilqumda; Oʻzbekiston). Mutlaq balandlik nivelirlash yordamida aniqlanadi.
Dengiz va okean suvlarining koʻp yillik urtacha sathi gidrometrik postlarda quzgʻalmas qilib oʻrnatilgan va gorizontal chiziqlar bilan boʻlaklarga boʻlingan mis taxtacha — futshtoksy belgilangan boʻladi. Oʻzbekiston hududida nuqtalarning Mutlaq balandlikini Boltiq dengizidagi Kronshtadt koʻprigi ustuniga oʻrnatilgan futshtokning noliga nisbatan hisoblash qabul qilingan. Geografik haritalarda beriladigan barcha balandliklar mutlaq balandlikini bildiradi.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.