Qirgʻiz tizmasi

From Wikipedia, the free encyclopedia

Qirgʻiz tizmasi - Shimoliy Tyanshandagi tizma. Asosan, Qirgʻiziston hududida joylashgan. Uning gʻarbiy qismining shimoliy yon bagʻri Qozogʻiston Respublikasi hududida. Uzunligi 380 km. Kenglik boʻylab gʻarbda Taroz shahridan, sharkda Chu daryosining Boʻoʻm darasigacha choʻzilgan. Eng baland joyi 4857 m (Gʻarbiy Alamuddin choʻqqisi). Qirgʻiz tizmasi kaledon burmalanishi davrida shakllangan va yangi tektonik harakatlar taʼsirida koʻtarilgan antiklinoriy. Paleozoy davri granit, granodiorit, porfirit, ohaktosh, konglomerat, qumtosh kabi jinslaridan tuzilgan. Shimoliy yon bagʻri qiya, janubida Chu vodiysini oʻz ichiga olgan. Yon bagʻirlarida 2500 m gacha dasht, oʻrmonlar (qoraqaragʻay, archa), undan yuqoriroqda sub-alp oʻtloqlari bor. 3700 m balandlikdan qor va muzliklar boshlanadi (muzliklarning umumiy maydoni 223 km²). Tizmada Chu vodiysining Markaziy Tyanshan va Janubiy Qirgʻizistonni bogʻlovchi bir necha dovon (Tyos-Ashuu, balandligi 3586 m, Shamsi. balandligi 3570 m va boshqalar) mavjud. TyosAshuu dovonidan Bishkek va Oʻsh shaharlarini bogʻlovchi avtomobil yoʻli oʻtgan. Termal buloqlar bor.




Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.