From Wikipedia, the free encyclopedia
Daosizm (dao soʻzidan) — 1) qad. xitoy falsafasidagi yoʻnalishlardan biri; dao haqidagi taʼlimot. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda vujudga kelgan. Asoschisi Lao-szi hisoblanadi, uning gʻoyalari „Dao de szin“ kitobida bayon etilgan. daosizm vakillari — miloddan avvalgi 4— 3-asrlarda yashagan Yan Chju, In Ven, Chjuan-szi. Daosizmga koʻra, tabiat va inson hayoti „ilohiy samoviy qonun“ga bogʻliq emas, balki narsalarning tabiiy yoʻli, qonuni — „dao“ga asoslanadi. Yan Chju fikricha, hayotning tabiiy qonunlari — „dao“ga rioya qilish insonga „oʻz tabiatini butunlikda saqlab qolishga“ imkon beradi. Daosizm dunyodagi hamma narsalarda qaramaqarshiliklar kurashi yotadi, ular oʻzgarishda, harakatda: „bir xil narsalar ketib, boshqa xil narsalar keladi, baʼzi narsalar gullaydi, baʼzilari soʻnadi“, deb hisoblaydi. Daosizm taʼlimotida insonga oʻzidagi majburiyat va burch kishanlarini uloqtirib tashlab, tabiatga yaqin boʻlgan hayotga qaytish daʼvati bor.
|
2) Xitoyda tarqalgan 3 dindan (konfutsiychilik, buddizm bilan bir qatorda) biri. Daosizm falsafiy taʼlimoti asosida paydo boʻlgan. 1—3-asrlarda vujudga kelgan. Chjan Daolin asos solgan (2-asr ning 1-yarmi). daosizm urf-odatlari animizmga va sehrgarlikka ishonishga asoslangan. Konfutsiychilik, buddizm elementlari ham bor. Daosizm dinida 3 xudo — Shandi, Laotszi hamda dunyoning yaratuvchisi Pan gu boshchiligida xudolar panteoni shakllangan. 5-asrdan daosizm diniy taʼlimoti, marosimlari rasmiylashgan va davlat dini boʻlib qolgan. 12-asrga kelib daosizmning adabiyotlar toʻplami — „Dao szan“ vujudga keldi. daosizm boshqa dinlar kabi koʻplab sektalarga ajralib ketgan. Daosizm kohinlari shaxsning axloqiy oʻz-oʻzini takomillashtirish gʻoyasini targʻib qilib, dindorlarga uzoq umr koʻrishning muayyan usulini ham taklif qiladilar, bu usul parhezni, jismoniy mashqlar tizimi va boshqalarni oʻz ichiga oladi. Ayni vaqtda kohinlar yovuz ruhlarni haydash, fol ochish bilan ham shugʻullanadi. Keyinchalik daosizm Xitoyda oʻzining ilgarigi mavqeini yoʻqotib oʻrnini boshqa dinlarga boʻshatib bergan. Hozir uning tarafdorlari nisbatan ozchilikni tashkil qiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.