![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/e/e8/Beruniy_tumani.png/640px-Beruniy_tumani.png&w=640&q=50)
Beruniy tumani
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumani / From Wikipedia, the free encyclopedia
Beruniy tumani — Qoraqalpogʻiston Respublikasida 1927-yil 3-iyulda tashkil etilgan tuman (1962-yil 24-dekabrda Toʻrtkoʻl tumaniga qoʻshib yuborilgan, 1964-yil 31-dekabrda qayta tuzilgan). Beruniy tumani Oʻzbekiston Respublikasining shimoliy-gʻarbida, Amudaryoning oʻng sohilida, shimoliy-sharqda Ellikqalʼa tumani, gʻarbda Amudaryo tumani, shimoliy-gʻarbda Qoraoʻzak va Taxtakoʻpir tumanlari, janubda Xorazm viloyati joylashgan. Maydoni 3,94 ming km². Aholisi 201,2 ming kishidan oshib bormoqda (01.01.2024)[1]. Beruniy (tuman) da 1 ta shahar (Beruniy) va 11 ta ovul fuqarolari yigʻini (Beruniy, Biybozor, Doʻstlik, Navoiy, Ozod, Oltinsoy, Sarkop, Tinchlik, Shabboz, Shimom, Qizilqalʼa) bor. Markazi—Beruniy shahri[2].
Qisqa faktlar tuman, Tegishli ...
tuman | |
---|---|
Tegishli | Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
Tarkibida | Qoraqalpogʻiston |
Maʼmuriy markazi | Beruniy (shahar) |
Yirik shahari | Beruniy shahri |
Hokim | Ikrom Xidirov |
Rasmiy tillar | Oʻzbek. Qoraqolpoq |
Aholi | 201.2 ming kishi |
Zichligi | 51.195 kishi./km² |
Millatlar tarkibi | Oʻzbek, Qozoq, Turkman, Qoraqalpoq, Rus, Koreys |
Dinlar tarkibi | musulmonlar |
Balandligi dengiz sathidan Baland choʻqqisi Oʻrtacha balandligi Eng past joyi |
478 m. (Sulton uvays togʻida Ashitov choʻqqisi) m 70-80 m. m 60 m |
Vaqt mintaqasi | UTC+4 |
Telefon kodi |
8(361)524...... 8 (361)529...... |
Pochta indeksi | 743600, 230220 |
Internet domeni | .uz |
Avtomobil raqami kodi | 95, 99 |
Rasmiy sayti | https://beruniy-tumani.uz/ |
Xaritada | |
![]() | |
41°41′9″N 60°44′48″E |
Yopish
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/8e/Amudaria_Beruniy_District_Bank.jpg/640px-Amudaria_Beruniy_District_Bank.jpg)