Remove ads
From Wikipedia, the free encyclopedia
Kema, gemi suv ustida suzuvchi katta transportdir. Kemalar quyidagilarga tegishli bo`lishi mumkin:
Kema — yuk va yoʻlovchilarni tashish, baliq ovlash, suv ostidan foydali qazilmalar (mas, neft) ni qazish, sport mashqlariari va musobaqalari oʻtkazish hamda harbiy masalalarni, ilmiy tadqiqot ishlari va b.ni bajarish, sayyohlik uchun moʻljallangan suvda suzuvchi inshoot. Qadimda suzib yuruvchi vosita sifatida xodalar va suvda suzadigan boshqa narsalardan foydalanishgan.
Xodalarni bir-biriga bogʻlab qurilgan solni dastlabki K. deb hisoblash mumkin. Qad. Misr, Oʻrta Osiyo, Xitoy, Koreya, Yaponiya, Hindiston va b. mamlakatlarda qayiq va K.lar yasalgan. Misrda dastlab qamish va papirusdan yasalgan sol ishlatilgan. Ossuriyada hayvon terisidan tayyorlangan qopga havo puflab suvdan suzib oʻtishda foydalanishgan. Shim. mamlakatlarda qayin poʻstlogʻidan qurilgan, daraxt tanasini oʻyib yasalgan yoki karkasga hayvon terisi tortilgan (chelnok) qayiqlardan foydalanishgan. Misrda qadimdan koʻp eshkakli dengiz K.si rasm boʻldi. Borabora kemasozlik takomillashib, K.ning oʻlchamlari va yuk koʻtaruvchanligi ortib bordi, unga eshkak va yelkanlar oʻrnatildi (mas, X. Kolumb "Santa Mariya" yelkanli K. — karavellada Amerikani ochgan, 1492). Rus mexanigi I. Kulibin 1772-yilda gʻildirak (charxpalak) li K.ni yaratdi. Angliyada 1882-yil birinchi temir paroxod (bugʻ kemasi) qurildi. 19-asr 40-y.larida vintli K. qoʻllana boshladi. Birinchi bugʻ turbinali K. ("Turbiniya") Angliyada yaratildi (1894). Rossiyada dunyoda birinchi boʻlib ichki yonuv dvigateli oʻrnatilgan K. ("Vandal") qurildi (1902). Keyinchalik elektr dvigatelli (1913, AQSH), gidromuftali (1925, Germaniya), 20-asr 50-y.larida suv osti qanotli K.lar paydo boʻldi. K.larga gaz turbinalari, atom kuch qurilmalari oʻrnatildi, atom turboelektroxodlar paydo boʻldi. Hozir suv yoʻllarida pa-roxodlar, teploxodlar, elektroxodlar, atomoxodlar qatnaydi.
Oʻzbekistonda ham qadimdan K.lardan foydalanilgan. Amudaryo va Orol dengizida K.lar qatnagan. Ilgari, asosan, yelkanli K.lar boʻlgan. 20-asr boshlarida Amudaryo va Orol dengizida yuklar va yoʻlovchilar tashilgan (mas, 1924-yil Oʻrta Osiyo suv yoʻllarida 20 kema, 1500 qayiq qatnagan). 1923-yil Oʻrta Osiyo paroxodchilik boshqarmasi tuzilgan (1956-yil u sobiq Ittifoq Dengiz floti vazirligi ixtiyoriga oʻtkazildi). 1950-yil Termizda daryo porti ochildi. Amudaryo sohillarida bir necha bandargohlar qurildi. 1980-yilga kelib Oʻzbekistonda suv yoʻllarining umumiy uz. 2800 km ga yetdi. 1995-yil "Termiz daryo porti", "Xorazm daryo floti", "Qoraqalpogʻiston daryo floti" i. ch. birlashmalari tashkil qilindi. Daryo suvining kamayishi va Orol dengizining qurib borishi tufayli suv yoʻllari keskin qisqardi. Respublika daryo flotida 150 ga yaqin teploxod bor, suv yoʻllarining umumiy uz. 1000 km ga yaqin (2002). Xalq xoʻjaligi yuklari, asosan, Termiz — Hayraton, Sharlavuq — Toʻrtkoʻl, Xoʻjayli — Toʻrtkoʻl, Xoʻjayli — Beruniy, Qoratov — Taxiatosh yoʻnalishlarida tashiladi.
Vazifasiga koʻra, K.lar transport, ovchilik, sanoat-xoʻjalik, maʼmuriyxizmat, harbiy, ilmiy tadqiqot ishlarini bajaruvchi, kemalarga xizmat koʻrsatuvchi turlarga boʻlinadi. Transport K.sida yuk, yoʻlovchilartashiladi; ovchilik K. sida kit va baliq ovlanadi; sanoat-xoʻjalik K.sida suv ostidagi neft burgʻilanadi; xizmat koʻrsatuvchi K. shatakka oluvchi, brandvaxtlar, kabel kemasi, muzyorarlar, doklar, suzib yuruvchi mayoq va b.ga boʻlinadi.
Suzib yurish hududi va usuli boʻyicha K.lar dengizda, ichki suvlar va aralash suvlarda suzib yuradigan turlarga; oʻziyurar (paroxodlar, teploxodlar, elektroxodlar, atomoxodlar) va shatakka olinadigan (barja, lixter); harakatlanish usuliga koʻra, suv osti qanotli, havo yostigʻida harakatlanadigan turlarga boʻlinadi.
K.ning asosii qismlari: korpus, qurilmalar (rul, yakor, qayiqni tushirish-koʻtarish va b.), yongʻinga qarshi, maishiy, suv bilan taʼminlash, shamollatish, havoni moʻʼtadillash tizimlari, energetik qurilmalar, harakatlantirgich. K. navigatsiya asboblari, aloqa vositalari bilan ham jihozlanadi. Dengizda suzish K.ning muhim koʻrsatkichi hisoblanadi. Foydalanish-texnik koʻrsatkichlari — harakat tezligi, suzish uzokligi, puxtaligi, suv sigʻimi, yuk koʻtaruvchanligi, yoʻlovchilar soni va b.
Harbiy K.lar maxsus harbiy topshiriqlarni bajarish uchun moʻljallanadi va tegishli harbiy texnika bilan qurollantiriladi. Bularga avianosetslar, kreyserlar, qavo mudofaasi K.lari, radiolokatsiya va dozor K.lari, suv osti K.lari, qoʻriqchi K.lar, Torpedo katerlari, suvga minalar qoʻyuvchi va suvni minasizlantiruvchi K.lar kiradi. Harbiy K.lar va ularga oʻrnatiladigan jangovar qurollar yangi elektron texnika yordamida boshqariladi.
K.ni yaratishda loyihalash nazariyasi, qurilish mexanikasi, mashina va mexanizmlar nazariyasi, materiallar qarshiligi, nazariy mexanika, kemalar yasash texnologiyasi, kemasozlik iqtisodiyoti kabi fan va sohalardan keng foydalaniladi. K. yasash istiqboli K.larni universallashtirish va ixtisoslashtirish, K.lar yasash texnologiyasini takomillashtirish, K.larning tezligini, yoʻlovchilar va yuklar tashish quvvatini oshirish, suv osti qanotli va havo yostiqli K.larni koʻproq qurish va b.ga yoʻnaltirilgan. Ayniqsa, sayyohlik K.larining qulayligini oshirishga katta eʼtibor berilmokda, chunki aviatsiya va temir yoʻl transportida falokatlarning koʻpayganligi K. sayyohligi taraqqiyotiga yoʻl ochib berdi[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.