From Wikipedia, the free encyclopedia
Ijara (arab. — ijora) — 1) tarixiy-etnografik atama. Islom dini Tapkalgan davlatlarda yer egalari tomonidan yerni ishlash uchun dehqonlarga berish shartlaridan biri; yer egasining haqini pul bilan toʻlash. Yer egasi haqi hosildan ulush (natura tarzida) beriladigan boʻlsa muzoraʼa deb atalgan. 20-asrning 20-yillariga qadar Oʻrta Osiyoda ham keng rasm boʻlgan (qarang Korandalik); 2) mol-mulkni yollash va undan foydalanish boʻyicha shartnoma. Unga koʻra, bir tomon (I. beruvchi) ikkinchi tomon (I. oluvchi)ga maʼlum toʻlov, yaʼni I. haqi evaziga mol-mulkni vaq-tincha foydalanish uchun beradi. I. haqi mol-mulkning qiymati va keltiradigan daromadiga bogʻliq boʻlib, oʻzaro kelishuv bilan belgilanadi.
I.chi ayrim jismoniy shaxs, yuridik shaxs va hatto davlat boʻlishi mumkin. Mehnat jamoalari oʻz korxonalaridan, korxonalar esa bir-biridan I. shartnomasiga binoan asosiy i.ch. va no-ishlab chikarish vositalarini maʼlum muddatga qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatlarda samarali foydalanish va qoʻshimcha daromadga erishish maqsadida oladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida I.ning mukammallashgan shakllaridan biri lizingair. Tadbirkorlik faoli-yatida bir necha marta foydalanishga moʻljallangan va bunda uzoq vaqt mo-baynida oʻzining dastlabki xrlatini caiyia6 qolib, davriy eskirib boradigan uskuna-jihozlar, mashinalar lizing obʼyekti boʻlishi mumkin.
Qishloqxoʻjaligida I. va I. munosabatlari oʻziga xos xususiyatlarga ega va I. obʼyekti sifatida yer resurelari asosiy oʻrnida turadi. Xorijiy mamlakatlarda yer nafaqat birlamchi, balki ikkilamchi I.ga ham berilishi mumkin. Oʻzbekistonda yer davlat mulki, umu-milliy boylik hisoblanib, u faqat birlamchi I.ga beriladi. Iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida Oʻzbekiston Respublikasida yer oila pudrati boʻyicha 3 yildan kam boʻlmagan, fermer xujaliklariga 50 yilgacha, lekin 10 yildan kam boʻlmagan, bog va tok-zorlar 10 yildan kam boʻlmagan muddatlarga I.ga beriladi (2002).
I. va I. munosabatlari bilan bogliqmasalalar Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi (1998) va Fukarolik kodeksi (1996) hamda "Ijara toʻgʻrisida" (1991 yil 19 noyabr), "Qishloq xoʻjaligi koope-rativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida" (1998 yil 30 aprel), "Fermer xujaligi to'g'risida" (1998 yil 30 aprel), "Dehqrn xujaligi toʻgʻrisida" (1998 yil 30 aprel) va b. qonunchilik hujjatlariga asosan tartibga solinadi va hal etiladi.
Qurbon Choriyev.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.