From Wikipedia, the free encyclopedia
2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari (fransuzcha: Jeux olympiques d'été de 2024), rasman XXXIII Olimpiada oʻyinlari (fransuzcha: Jeux de la XXXIIIe Olympiade) hisoblanadi. 2024-yilning 26-iyulidan (ochilish marosimi boʻlib oʻtadigan sana) 11-avgustigacha Fransiyada boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan xalqaro musobaqa boʻlib, baʼzi sport turlari boʻyicha bahslar 24-iyuldan start olishi rejalashtirilgan. Parij musobaqalarni asosiy qabul qiluvchi mezbon shahar hisoblanadi, bundan tashqari tadbirlar butun Fransiya boʻylab 16 ta shaharlarda, shuningdek, Fransiyaning dengiz orti mamlakati hisoblanmish Taitida va Fransuz Polineziyasida boʻlib oʻtishi koʻzda tutilgan[1].
2024-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun rasmiy logotip | |
Mezbon shahar | Parij, Fransiya |
---|---|
Millatlar | 206 |
Atletlar | 10,714 |
Musobaqalar | 32 ta sport turi boʻyicha 329 ta |
Ochilish | 2024-yil 26-iyul |
Yopilish | 2024-yil 11-avgust |
Marosimini ochib beruvchi |
Prezident Emmanuel Macron (kutilmoqda) |
Stadion | Jardins du Trocadéro va Seine (ochilish marosimi), Stade de France (yopilish marosimi) |
Parij 2017-yil 13-sentyabrda Peruning Lima shahrida boʻlib oʻtgan XOQning 131-sessiyasida 33-olimpiada oʻyinlari mezbonligiga ega boʻlgan. Bir nechta cheklovlar tufayli olimpiada mezbonligi bahsida faqat Parij va Los-Anjeles shahrlari qolgan edi. Xalqaro Olimpia Qoʻmitasi (XOQ) 2024 va 2028-yilgi yozgi Olimpia oʻyinlarini bahslarda qolgan ikkita nomzod shaharga bir vaqtning oʻzida topshirishni maqsadga muvofiq deb topdi va 2024-yilgi olimpiada oʻyinlariga Parij, 2028-yilgi olimpiada oʻyinlariga [[Los]Anjeles]] shaharlari mezbonlik qiladigan boʻldi. Oʻyinlar faqat Parij va Los-Anjelesda qolib ketgan bir necha marta bekor qilinganidan soʻng, Xalqaro olimpiada qoʻmitasi. Shu tariqa 1900 va 1924-yillarda olimpiadaga mezbonlik qilgan Parij shahri uch marta yozgi Olimpia oʻyinlariga mezbonlik qilgan ikkinchi shaharga aylandi (1908, 1948 va 2012-yillardagi oʻyinlarga London mezbonlik qilgan edi). Parijda boʻlib oʻtadigan 2024-yilgi yozgi olimpiada oʻyinlari orqali shahar Parij 1924 va Chamonix 1924 ning yuz yilligini nishonlaydi. Bundan tashqari bu olimpida Fransiyada oʻtkaziladigan oltinchi Olimpia oʻyinlari hisoblanadi (uchta yozgi Olimpia oʻyinlari va uchta qishki Olimpia oʻyinlari) hamda 1992-yilda Albertvilda boʻlib oʻtgan qishki oʻyinlardan beri ilk bora qishki olimpiada Fransiyada oʻtkaziladi. 2020-yilgi Tokio Olimpiadasi COVID-19 pandemiyasi tufayli 2021-yilga qoldirilganidan soʻng Yozgi oʻyinlar anʼanaviy toʻrt yillik tizimiga qaytgan.
Parij 2024 olimpiadasida breakdancening olimpiada tadbirlarida debyuti amalga oshiriladi[2] va bu olimpiada Thomas Bachning Xalqaro Olimpia qoʻmitasi prezidentligi davrida oʻtkazilgan oxirgi Olimpiada oʻyinlari boʻladi[3]. 2024-yilgi olimpiada oʻyinlari qiymati 9 milliard yevroga teng boʻlishi kutilmoqda[4][5].
Olimpiadaga mezbonlik qilish uchun dastlabki nomzodlar Budapesht (Vengriya), Gamburg (Germaniya), Los-Anjeles (AQSH), Parij (Fransiya) va Rim (Italiya) shaharlari boʻlishgan edi[6]. 2015-yil 27-iyulgacha Boston (AQSH) shahri ham olimpiada mezbonligi uchun nomzod edi, ammo jamoatchilik qoʻllab-quvvatlamagani uchun u Los-Anjelesga almashtirildi[7][8]. Ariza berish jarayonining oxiriga kelib, 6 ta shahardan 4 tasi yaʼni Los-Anjeles va Parijdan boshqa nomzodlar, Olimpia oʻyinlarini tashkil etish hajmi, qiymati va murakkabligi bilan bogʻliq muaommolar tufayli oʻz arizalarini qaytarib olishgan[9][10][11][12][13][14]. Ushbu arizani qaytarib olishlar munosabati bilan 2017-yil 9-iyun kuni Shveytsariyaning Lozanna shahrida boʻlib oʻtgan Xalqaro Olimpia Qoʻmitasi ijroiya kengashi 2024 va 2028-yilgi Olimpia oʻyinlarining mezbon shaharlarini aniqlash boʻyicha ikki tomonlama ovoz berishni taklif qilgan[15][16]. Ushbu taklif 2017-yil 11-iyulda Lozannada boʻlib oʻtgan XOQning navbatdan tashqari sessiyasida maʼqullangan. Parij va Los-Anjelesning Olimpia qoʻmitalari 2024-yilgi oʻyinlarga qaysi shahar, 2028-yilgi oʻyinlarga qaysi shahar mezbonlik qilishini muhokama qilishgan[17]. 31-iyul kuni Los-Anjeles shahri 2028-yilgi oʻyinlarning mezboni deb eʼlon qilingan[18].
Olimpia oʻyinlarining aksar qismi Parij shahrida va qoʻshni Saint-Denis, Le Bourget, Nanterre, Versal va Vaires-sur-Marne shaharlarida oʻtkazilishi koʻzda tutilgan[19][20]. Basketbol boʻyicha dastlabki oʻyinlar va gandbolning pley off bahslari mezbon shahardan 225 km (140 mil) uzoqlikdagi Lill shahrida boʻlib oʻtishi, yelkanli suzish hamda baʼzi futbol oʻyinlari mezbon shahardan 777 km (483 mil) uzoqlikdagi Marselda boʻlib oʻtishi koʻzda tutilgan. Serfing musobaqalari Fransuz Polineziyasi hududidagi Teahupo qishlogʻida boʻlib oʻtishi maʼlum qilingan. Futbol bahslari yana beshta shaharda oʻtkazilishi rejalashtirilgan, bular Bordo, Desin-Charpieu (Lion), Nant, Nitsa va Sent-Eten shaharlaridur. Bu shaharlarning baʼzilarida Liga 1da bahs olib boradigan mahalliy klublar mavjud.
Nomi | Musobaqalar | Sigʻimi | Holati |
---|---|---|---|
Yves du Manoir Stadium | Chim ustida xokkey | 15,000 | Taʼmirlandi |
Stade de France | Regbi | 77,083 | Amalda foydalaniladi |
Yengil atletika | |||
Olimpiada yopilish marosimi | |||
Paris La Défense Arena | Suv sporti (suzish, suv polosi) |
15,220 | |
Porte de La Chapelle Arena | Badminton | 8,000 | Yangi qurilgan |
Gimnastika | |||
Paris Aquatic Centre[21][22] | suv sporti (Suv polosi, Suvga sakrash, suzish) | 5,000 | |
Le Bourget Climbing Venue | Sportcha alpinistlik(qoyaga chiqish) | 5,000 | Olimpiada uchun vaqtincha alpinizmga moslashtirilgan |
Arena Paris Nord | Boks | 6,000 | Amalda foydalaniladi |
Zamonaviy beshkurash |
Nomi | Musobaqalar | Sigʻimi | Holati |
---|---|---|---|
Parc des Princes | Futbol (Guruh bahslari va final oʻyini) |
48,583 | Amalda foydalaniladi |
Stade Roland Garros[23] | Tennis | 36,000 (15,000 + 12,000 + 9,000) | |
Boks (final oʻyinlari) | |||
Paris Expo Porte de Versailles | Voleybol | 18,000 (12,000 + 12,000) | |
Stol tennisi | |||
Gandbol | |||
Ogʻir atletika | |||
Bercy Arena | Gimnastika | 15,000 | |
Basketbol (final oʻyini) | |||
Grand Palais | Qilichbozlik | 8,000 | |
Taekvando | |||
Place de la Concorde | Basketbol (3x3) | 30,000 | Olimpiada uchun vaqtinchalik moslashtirilgan |
Breaking | |||
Velosport | |||
Skeytbording | |||
Hôtel de Ville | Yengil atletika | 1,500 | |
Pont Alexandre III | Suv sporti | ||
Triatlon | |||
Velosport | |||
Trocadéro (Pont d’Iéna) | Yengil atletika | 13,000 (3,000 sitting) | |
Velosport | |||
Eiffel Tower Stadium (Champ de Mars) | Plyaj voleyboli | 12,000 | |
Grand Palais Éphémère | Dzyudo | 9,000 | |
Wrestling | |||
Les Invalides | Kamondan oʻq uzish | 8,000 | |
Yengil atletika | |||
Velosport |
Nomi | Musobaqalar | Sigʻimi | Holati |
---|---|---|---|
Versal saroyi | Equestrian | 80,000 (22,000 + 58,000) |
Olimpiada uchun vaqtinchalik moslashtirilgan |
Zamonaviy beshkurash | |||
Le Golf National | Golf | 35,000 | Amalda foydalaniladi |
Élancourt Hill | Velosport | 25,000 | |
Vélodrome de Saint-Quentin-en-Yvelines | Velosport | 5,000 | |
Velosport (BMX) | 5,000 |
Nomi | Musobaqalar | Sigʻimi | Holati |
---|---|---|---|
Pierre Mauroy Stadium, Lille | Basketbol (guruh bosqichi) | 26,000 | Amalda foydalaniladi |
Gandbol (final) | |||
National Olympic Nautical Stadium of Île-de-France , Vaires-sur-Marne | Eshkak eshish | 22,000 | |
Kanoye (slalom, sprint) | |||
Stade Vélodrome, Marseille | Futbol (6 ta guruh bosqichi, chorak finallar, yarim finallar) |
67,394 | |
Parc Olympique Lyonnais, Lyon | Futbol (6 ta guruh bosqichi, chorak final, yarim finallar, ayollar oʻrtasida 3-oʻrin uchun bahs) |
59,186 | |
Stade Matmut Atlantique, Bordeaux | Futbol (6 guruh bosqichi, chorak finallar) |
42,115 | |
Stade Geoffroy-Guichard, Saint-Étienne | Futbol (6 ta guruh bosqichi) |
41,965 | |
Allianz Riviera, Nice | Futbol (6 ta guruh bosqichi) |
35,624 | |
Stade de la Beaujoire, Nantes | Futbol (6 ta guruh bosqichi, chorak finallar, erkaklar oʻrtasida 3-oʻrin uchun bahs) |
35,322 | |
Roucas Blanc Olympic Marina , Marseille | Yelkanli suzish | 5,000 | |
Teahupo'o, Tahiti | Syorfing | 5,000 | |
National Shooting Centre, Châteauroux | oʻq otish | 3,000 |
Nomi | Tadbirlar | Sigʻim | Holat |
---|---|---|---|
Jardins du Trocadéro va Seine | Ochilish marosimi | 330,000 (30,000 + 300,000) |
Olimpiada uchun vaqtincha moslashtirilgan |
L'Île-Saint-Denis | Olimpiachilar uchun Maxsus hudud | 18,000 | Yangi qurilgan |
Aranui 5 | Syorfing olimpia hududi | 256 | Amalda foydalaniladi |
Parc de l’Aire des Vents, Dugny | OAVlar uchun Maxsus hudud | Olimpiada uchun vaqtinchalik moslashtirilgan | |
Le Bourget Exhibition Centre and Media Village , Le Bourget | Xalqaro radioeshittirish markazi | 15,000 | Amalda foydalaniladi |
Paris Congress Centre | Asosiy matbuot markazi | ||
Polygone de Vincennes | Velosportchilar uchun mashgulot markazi |
Parijliklarning dastlabki logotipi turli xil rangdagi Eyfel minorasi boʻlgan[24][25]. Parijdagi Royalties Eco-Branding dizayn studiyasi[26] tomonidan ishlab chiqilgan yangi logotip 2019-yil 21-oktabrda Gran-Rexda taqdim etilgan[25]. Logotipda oltin medal ichidagi Olimpia olovi va Fransiya Respublikasi ramzi Mariannaning lablari tasvirlangan, bu 1900-yilda Parijda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpia oʻyinlarida birinchi marta qatnashgan ayollarga hurmat ramzi hisoblangan. Tasvir ostida art-deco uslubida yozilgan „Parij 2024“ yozuvi mavjud[24].
2024-yilgi Olimpiya o‘yinlarining tashkiliy qo‘mitasi[en] 2022-yil 14-noyabrda Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarining timsollarini taqdim etgan. Ular Frig[27][28] nomli Frigiya qalpoqlari boʻlgan. Qoʻmita raisi Toni Estangening soʻzlariga koʻra, qalpoq Fransiya Respublikasining yorqin ramzi boʻlib, „fransuz xalqi uchun u ozodlikni anglatadi“. Timsollar „Yolgʻiz biz tezroq boramiz, lekin birgalikda uzoqroqqa boramiz“ shiori bilan taqdim etilgan[27][29].
2022-yil 25-iyulda Olimpia oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasi olimpiada shiorini taqdim etgan – „Hamma uchun ochiq oʻyinlar“(inglizcha: Games Wide Open, fransuzcha: Ouvrons grand les jeux)[30][31][32][33][34]. Shior gender tengligini (5250 nafar sportchi) va yangi sport turlari uchun ochiqlikni nazarda tutishi taʼkidlangan (Oʻyinlarda birinchi marta breakdans musobaqalari oʻtkazilishi nazarda tutilgan)[30][34]. Shior 2024-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ham qoʻllanadi[35][34].
2024-yilgi Olimpiada oʻyinlari dasturida 32 ta sport turi boʻyicha oʻtkazilishi koʻzda tutilgan. Oʻyinlar dasturi va umumiy konsepsiyasini takomillashtirish uchun 28 ta asosiy olimpiya sport turiga qoʻshimcha sifatida quyidagilar tanlangan: inklyuziv, gender muvozanatli va yoshlar uchun moʻljallangan oʻyinlar, breakdancing, qoyaga chiqish, skeytbord va syorfing[36].
Quyida 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun kamida bitta sportchiga yoʻllanma olgan Milliy Olimpiya qoʻmitalari roʻyxati keltirilgan. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan XOQ Rossiya va Belarus Olimpiya qoʻmitalarini Olimpiya shartlarini buzgani uchun ularni XXXIII yozgi olimpiada oʻyinlarida ishtirok etishini taqiqlagan. XOQ rossiyalik va belaruslik sportchilarni agar urushni „faol“ qoʻllab-quvvatlamasalar[37][38], milliy identifikatsiyasisiz „Yakka neytral sportchilar“ sifatida olimpiadada ishtirok etishlariga ruhsa berdi[39]. Yakka neytral sportchilar har bir sportning xalqaro federatsiyasi, undan tashqari XOQ kengashi tomonidan tasdiqlanishi kerakligi belgilangan[40]. Yakka sportchilar sifatida ular ochilish marosimida yoki medallar jadvalida delegatsiya deb hisoblanmasligi belgilab qoʻyilgan[41][42][43]. Shu tariqa 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida jami 206 ta olimpiya terma jamoasi ishtirok etadigan boʻlgan, ulardan 54 tasi Afrikadan, 48 tasi Yevropadan, 44 tasi Osiyodan, 41 tasi Amerikadan, 17 tasi Okeaniyadan, bundan tashqari yakka neytral sportchilar va qochoqlar olimpiya terma jamoasi ham shu qatorga kiradi.
Ishtirok etuvchi milliy olimpiya qoʻmitalari |
---|
|
Milliy olimpiya qoʻmitalari tomonidan qatnashadigan sportchilar soni
24-iyul, 2024-yil holatiga koʻra
Oʻrni | Mamlakat | sportchilar |
---|---|---|
1 | AQSh | 592 |
2 | Fransiya | 573 |
3 | Avstraliya | 460 |
4 | Germaniya | 428 |
5 | Yaponiya | 403 |
6 | Xitoy | 388 |
7 | Ispaniya | 382 |
8 | Italiya | 372 |
9 | Buyuk Britaniya | 327 |
10 | Kanada | 315 |
11 | Braziliya | 276 |
12 | Niderlandiya | 258 |
13 | Polsha | 211 |
14 | Yangi Zelandiya | 195 |
15 | Vengriya | 170 |
16 | Belgiya | 166 |
17 | Janubiy Afrika | 149 |
18 | Misr | 148 |
19 | Janubiy Koreya | 141 |
20 | Ukraina | 140 |
21 | Argentina | 136 |
22 | Irlandiya | 134 |
23 | Shveysariya | 127 |
24 | Daniya | 124 |
25 | Shvetsiya | 117 |
26 | Chexiya Respublikasi | 112 |
26 | Hindiston | 112 |
26 | Serbiya | 112 |
29 | Meksika | 107 |
29 | Norvegiya | 107 |
29 | Ruminiya | 107 |
32 | Turkiya | 102 |
33 | Gretsiya | 100 |
34 | Sloveniya | 90 |
35 | Kolumbiya | 88 |
35 | Isroil | 88 |
35 | Nigeriya | 88 |
38 | Oʻzbekiston | 86 |
39 | Qozogʻiston | 79 |
40 | Avstriya | 78 |
41 | Xorvatiya | 73 |
41 | Portugaliya | 73 |
43 | Keniya | 72 |
44 | Kuba | 61 |
45 | Xitoy Taypeyi | 60 |
45 | Marokash | 60 |
47 | Dominikana Respublikasi | 58 |
47 | Yamayka | 58 |
49 | Finlandiya | 56 |
50 | Puerto Riko | 51 |
50 | Tailand | 51 |
52 | Litva | 50 |
53 | Chili | 48 |
54 | Ozarbayjon | 47 |
54 | Bolgariya | 47 |
56 | Jazoir | 45 |
57 | Ekvador | 40 |
57 | Eron | 40 |
59 | Qochqinlar Olimpiya jamoasi | 37 |
60 | Gonkong | 36 |
61 | Efiopiya | 34 |
62 | Fiji | 33 |
62 | Venesuela | 33 |
64 | Individual Neutral Athletes | 32 |
64 | Mongoliya | 32 |
66 | Indoneziya | 29 |
66 | Latviya | 29 |
68 | Gruziya | 28 |
68 | Paragvay | 28 |
68 | Slovakiya | 28 |
71 | Tunis | 27 |
71 | Zambiya | 27 |
73 | Malayziya | 26 |
73 | Moldova | 26 |
73 | Peru | 26 |
76 | Urugvay | 25 |
77 | Angola | 24 |
77 | Estoniya | 24 |
77 | Gvineya | 24 |
77 | Samoa | 24 |
77 | Uganda | 24 |
82 | Mali | 23 |
82 | Singapur | 23 |
84 | Iroq | 22 |
84 | Filippin | 22 |
86 | Montenegro | 19 |
87 | Bagama orollari | 18 |
87 | Trinidad va Tobago | 18 |
89 | Kipr | 16 |
89 | Gvatemala | 16 |
89 | Qirgʻiziston | 16 |
89 | Shimoliy Koreya | 16 |
89 | Vyetnam | 16 |
94 | Armaniston | 15 |
95 | Lyuksemburg | 14 |
95 | Qatar | 14 |
95 | Janubiy Sudan | 14 |
95 | Tojikiston | 14 |
99 | Bahrayn | 13 |
99 | Mavrikiy | 13 |
99 | Birlashgan Arab Amirliklari | 13 |
102 | Eritreya | 12 |
102 | Iordaniya | 12 |
104 | Botsvana | 11 |
104 | Kot-dʼIvuar | 11 |
104 | Senegal | 11 |
107 | Livan | 10 |
108 | Kosovo | 9 |
108 | Kuvayt | 9 |
108 | Saudiya Arabistoni | 9 |
111 | Albaniya | 8 |
111 | Bermud orollari | 8 |
111 | Burkina Faso | 8 |
111 | Salvador | 8 |
111 | Gana | 8 |
111 | Guam | 8 |
111 | Liberiya | 8 |
111 | Falastin | 8 |
111 | Panama | 8 |
111 | Ruanda | 8 |
121 | Burundi | 7 |
121 | Kabo-Verde | 7 |
121 | Jibuti | 7 |
121 | Gambiya | 7 |
121 | Gaiti | 7 |
121 | Madagaskar | 7 |
121 | Mozambik | 7 |
121 | Nepal | 7 |
121 | Nikaragua | 7 |
121 | Niger | 7 |
121 | Shimoliy Makedoniya | 7 |
121 | Pokiston | 7 |
121 | Tanzaniya | 7 |
121 | Zimbabve | 7 |
135 | Afgʻoniston | 6 |
135 | Aruba | 6 |
135 | Kamerun | 6 |
135 | Kosta Rika | 6 |
135 | Kongo Demokratik Respublikasi | 6 |
135 | Grenada | 6 |
135 | Gvineya-Bisau | 6 |
135 | Liviya | 6 |
135 | Monako | 6 |
135 | Papua Yangi Gvineya | 6 |
135 | Shri Lanka | 6 |
135 | Suriya | 6 |
135 | Turkmaniston | 6 |
135 | Vanuatu | 6 |
149 | Antigua va Barbuda | 5 |
149 | Bangladesh | 5 |
149 | Benin | 5 |
149 | Bosniya va Gersegovina | 5 |
149 | Gabon | 5 |
149 | Gayana | 5 |
149 | Islandiya | 5 |
149 | Maldiv | 5 |
149 | Malta | 5 |
149 | San Marino | 5 |
149 | Surinam | 5 |
149 | Togo | 5 |
149 | Virginiya orollari | 5 |
162 | Barbados | 4 |
162 | Britaniya Virgin orollari | 4 |
162 | Boliviya | 4 |
162 | Kayman orollari | 4 |
162 | Markaziy Afrika Respublikasi | 4 |
162 | Qamar orollari | 4 |
162 | Dominika | 4 |
162 | Sharqiy Timor | 4 |
162 | Gonduras | 4 |
162 | Laos | 4 |
162 | Marshall orollari | 4 |
162 | Namibiya | 4 |
162 | Ummon | 4 |
162 | Kongo Respublikasi | 4 |
162 | Sent-Vinsent va Grenadin orollari | 4 |
162 | Sent Lyusiya | 4 |
162 | Syerra-Leone | 4 |
162 | Tonga | 4 |
162 | Yaman | 4 |
181 | Butan | 3 |
181 | Bruney | 3 |
181 | Kambodja | 3 |
181 | Chad | 3 |
181 | Ekvatorial Gvineya | 3 |
181 | Esvatini | 3 |
181 | Mikroneziya Federativ Shtatlari | 3 |
181 | Kiribati | 3 |
181 | Lesoto | 3 |
181 | Malavi | 3 |
181 | Palau | 3 |
181 | Sent Kitts va Nevis | 3 |
181 | San-Tome va Prinsipi | 3 |
181 | Seyshell orollari | 3 |
181 | Solomon orollari | 3 |
181 | Sudan | 3 |
197 | Amerika Samoasi | 2 |
197 | Andorra | 2 |
197 | Kuk orollari | 2 |
197 | Mavritaniya | 2 |
197 | Myanma | 2 |
197 | Tuvalu | 2 |
203 | Beliz | 1 |
203 | Lixtenshteyn | 1 |
203 | Nauru | 1 |
203 | Somali | 1 |
Bu rasmiy jadval, ammo aniq jadval oʻyinlar oxirigacha oʻzgarishi mumkin[44].
Iyul/Avgust 2024 | Iyul | Avgust | Tadbirlar | ||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
24
Chor |
25
Pay |
26
Jum |
27
Shan |
28
Yak |
29
Dush |
30
Sesh |
31
Chor |
1
Pay |
2
Jum |
3
Shan |
4
Yak |
5
Dush |
6
Sesh |
7
Chor |
8
Pay |
9
Jum |
10
Shan |
11
Yak | |||
Musobaqalar | OC | CC | N/A | ||||||||||||||||||
Suv sporti | Sinxron suzish | ● | ● | 1 | ● | 1 | 2 | ||||||||||||||
Shoʻngʻish | 1 | 1 | 1 | 1 | ● | 1 | ● | 1 | 1 | 1 | 8 | ||||||||||
Suzish marafoni | 1 | 1 | 2 | ||||||||||||||||||
Suzish | 4 | 3 | 5 | 3 | 5 | 4 | 3 | 4 | 4 | 35 | |||||||||||
Vaterpolo | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | 1 | 1 | 2 | ||||
Kamondan otish | ● | 1 | 1 | ● | ● | ● | 1 | 1 | 1 | 5 | |||||||||||
Yengil atletika | 2 | 1 | 5 | 3 | 4 | 5 | 5 | 5 | 8 | 9 | 1 | 48 | |||||||||
Badminton | ● | ● | ● | ● | ● | ● | 1 | 1 | 1 | 2 | 5 | ||||||||||
Basketbol | Basketbol | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | 1 | 1 | 2 | ||||
3×3 Basketbol | ● | ● | ● | ● | ● | ● | 2 | 2 | |||||||||||||
Boks | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | 1 | 2 | 2 | 4 | 4 | 13 | ||||||
Breakdance | 1 | 1 | 2 | ||||||||||||||||||
Baydarka va kanoe | Slalom | ● | 1 | 1 | ● | 1 | 1 | ● | ● | ● | 2 | 6 | |||||||||
Sprint | ● | ● | 3 | 4 | 3 | 10 | |||||||||||||||
Velosport | Ochiq yoʻlda | 2 | 1 | 1 | 4 | ||||||||||||||||
Yopiq markazda | 1 | 1 | 2 | 2 | 2 | 1 | 3 | 12 | |||||||||||||
BMX | ● | 2 | ● | 2 | 4 | ||||||||||||||||
Togʻ velosporti | 1 | 1 | 2 | ||||||||||||||||||
Ot sporti | |||||||||||||||||||||
Dressage | ● | ● | 1 | 1 | 2 | ||||||||||||||||
Eventing | ● | ● | 2 | 2 | |||||||||||||||||
sakrash | ● | 1 | ● | 1 | 2 | ||||||||||||||||
Qilichbozlik | 2 | 2 | 2 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 12 | |||||||||||
Chim ustida xokkey | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | 1 | 1 | 2 | ||||||
Futbol | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | 1 | 1 | 2 | |||||||
Golf | ● | ● | ● | 1 | ● | ● | ● | 1 | 2 | ||||||||||||
Gimnastika | Sport | ● | ● | 1 | 1 | 1 | 1 | 3 | 3 | 4 | 14 | ||||||||||
Badiy | ● | 1 | 1 | 2 | |||||||||||||||||
Tramplin | 2 | 2 | |||||||||||||||||||
Gandbol | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | 1 | 1 | 2 | ||||
Dzyudo | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 1 | 15 | ||||||||||||
Zamonaviy beshkurash | ● | ● | 1 | 1 | 2 | ||||||||||||||||
Akademik eshkak eshish | ● | ● | ● | ● | 2 | 4 | 4 | 4 | 14 | ||||||||||||
Regbi | ● | ● | 1 | ● | ● | 1 | 2 | ||||||||||||||
Yelkanli kema sporti | ● | ● | ● | ● | 2 | 2 | ● | ● | ● | 2 | 2 | 2 | 10 | ||||||||
Oʻq otish | 1 | 2 | 2 | 2 | 1 | 1 | 1 | 2 | 1 | 2 | 15 | ||||||||||
Skeytbording | 1 | 1 | 1 | 1 | 4 | ||||||||||||||||
Qoyaga chiqish | ● | ● | 1 | 1 | 1 | 1 | 4 | ||||||||||||||
Syorfing | ● | ● | ● | ● | 2 | 2 | |||||||||||||||
Stol tennisi | ● | ● | ● | 1 | ● | ● | ● | 1 | 1 | ● | ● | ● | ● | 1 | 1 | 5 | |||||
Taekvondo | 2 | 2 | 2 | 2 | 8 | ||||||||||||||||
Tennis | ● | ● | ● | ● | ● | ● | 1 | 2 | 2 | 5 | |||||||||||
Triatlon | 1 | 1 | 1 | 3 | |||||||||||||||||
Voleybol | Plyaj voleyboli | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | 1 | 1 | 2 | ||||
Voleybol | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | ● | 1 | 1 | 2 | ||||
Ogʻir atletika | 2 | 2 | 2 | 3 | 1 | 10 | |||||||||||||||
Kurash | ● | 3 | 3 | 3 | 3 | 3 | 3 | 18 | |||||||||||||
Kunlik medal musobaqalari | 14 | 13 | 18 | 12 | 19 | 18 | 23 | 27 | 20 | 18 | 15 | 21 | 25 | 34 | 39 | 13 | 329 | ||||
Jami | 14 | 27 | 45 | 57 | 76 | 94 | 117 | 144 | 164 | 182 | 197 | 218 | 243 | 277 | 316 | 329 | |||||
Iyul/Avgust 2024 | |||||||||||||||||||||
24
Chor |
25
Pay |
26
Jum |
27
Shan |
28
Yak |
29
Dush |
30
Sesh |
31
Chor |
1
Pay |
2
Jum |
3
Shan |
4
Yak |
5
Dush |
6
Sesh |
7
Chor |
8
Pay |
9
Jum |
10
Shan |
11
Yak |
Jami tadbirlar | ||
Iyul | Avgust |
OC | Ochilish marosimi | ● | Musobaqalar | 1 | Oltin medal uchun oʻyinlar | CC | Yopilish marosimi |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.