Wolfgang Loitzl
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Volfgang Loitzl (1980-yil 13-yanvarda tugʻilgan) — avstriyalik sobiq changʻi sakrash yoʻnalishdagi sportchidir. Loitzl 2008—2009-yilgi Toʻrt tepalik turniri gʻolibi va 2009-yilgi Oddiy tepalikda Jahon chempioni boʻlgan.
Remove ads
Faoliyati
Sportchi XCHF Shimoliy changʻi boʻyicha jahon chempionatida yettita oltin bilan yettita medalni qoʻlga kiritgan (yakkalik oddiy tepalik: 2009-yil, Jamoaviy oddiy tepalik: 2001—2005-yillar; Jamoaviy kotta tepalik: 2005-yil, 2007-yil, 2009-yil va 2013-yillar) va bitta bronza (Jamoabiy katta tepalik: 2001-yil). Volfgang 2004-yilda XCHF changʻi uchish boʻyicha jahon chempionatida umumjamoa hisobida bronza medalini qoʻlga kiritgan va oʻsha chempionatlarda yakkalik musobaqada 15-oʻrinni egallagan[1]. Loitzl 1998-yildan 2003-yilgacha shaxsiy faoliyatida yetti marta gʻalaba qozongan.
Loitzl 2008—2009-yilgi Toʻrt tepalik turnirida gʻolib boʻlgan. Bischofshofendagi turnirning final bahsida u barcha beshta hakamlardan birinchi sakrash uchun maksimal ballni (20) olgan. Changʻidan sakrash tarixida bu koʻrsatkichga faqat Anton Innauer (1976-yil), Kazuyoshi Funaki (1998-yil), Sven Xannavald (2003-yil), Xidexaru Miyahira (2003-yil) va Piter Prevc ( 2015-yil) teng kelgan[2].
2009-yil 21-fevralda Loitzl Liberetsdagi jahon chempionatida avstriyalik Gregor Shlyerenzauer va shveysariyalik Saymon Ammannni ortda qoldirib, oddiy tepalikda yakka tartibdagi bahslarda oltin medalni qoʻlga kiritgan. Keyingi muvaffaqiyat oʻsha yilning 28-fevralida Loitzl avstriyalik kvartet tarkibida jamoaviy yirik tepalik musobaqasida oltin medalni qoʻlga kiritganida amalga oshgan.
Keyingi mavsumda Loitzl 2010-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida katta tepalikdagi jamoaviy musobaqada oltin medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, 2010-yildagi changʻi uchish boʻyicha jahon chempionatida jamoaviy musobaqada oltin medalni qoʻlga kiritgan.
Uning oʻgʻli Benjamin 2005-yil 12-yanvarda, ikkinchi farzandi Nikolas 2007-yil 10-fevralda tugʻilgan. Wolfgang 2006-yil 11-iyunda Marika bilan turmush qurgan.
Remove ads
Olimpiya oʻyinlari
Jahon chempionatlari
Changʻida uchish boʻyicha jahon chempionati
Manbalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads