From Wikipedia, the free encyclopedia
Ponza jangi — Italiyaning Ponza oroli yaqinida sodir boʻlgan dengiz jangi hisoblanadi. Jang Dragut boshchiligidagi Fransuz-Usmonli floti bilan Andrea Doria qoʻmondonligi ostidagi Genuya floti oʻrtasida boʻldi. Ushbu jangda Genuyaliklar magʻlub boʻldi. Bu gʻalaba Usmonli flotining keyingi uch yil davomida Sitsiliya va Sardiniya qirgʻoqlariga boʻladigan bosqinlarini osonlashtirgan.
Ponza jangi | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Usmonli-Gabsburg urushlari | |||||||
Jang tasviri Usmonli gallareyasida. | |||||||
| |||||||
Raqiblar | |||||||
Genuya Respublikasi | Usmonli imperiyasi, Fransuz qirolligi | ||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Andrea Doria | Dragut Gabriel de Luetz d'Aramon |
Usmonli floti 1551 — 1559-yillarda boʻlib oʻtgan Italiya urushida Genrix II Charlz V bilan toʻqnash kelganida, ya'ni Sulaymon I davrida 100 ta kemadan iborat edi[1][2]. Genuya floti Andrea Doria boshchiligidagi 40 ta urush kemasidan iborat boʻlgan[3]. Genuya flotidagi 20 ta urush kemasi shaxsan Doriyaga, oltitasi Antonio Doriyaga va ikkitasi Monakolik Grimaldi xonadoniga tegishli edi.
Flotlar oʻrtasidagi jang 1552-yil 5-avgustda Appenin yarimoroli atrofidagi Ponza va Terracina orollari oʻrtasida boʻlib oʻtdi. Usmonlilar askarlari bilan toʻla boʻlgan Genuyaning 7 ta urush kemalarini qoʻlga kiritgan[4].
Jang Fransuz-Usmonli ittifoqi gʻalabasi bilan yakunlandi. Buning natijasida Usmonlilar Sitsiliya, Sardiniya va Italiya qirgʻoqlariga keyingi uch yil davomida doimiy yurishlar uyushtirishdi[5].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.