From Wikipedia, the free encyclopedia
Andrea Doria (italyancha: Andrea Doria; 1466-yil 30-noyabr, Oneglia — 1560-yil 25-noyabr, Genoa) — Genuyalik admiral, condottiero va davlat arbobi.
Doria eski genuez zodagonlari — Dorialar oilasida tugʻilgan. Uning otasi Cheva Doria (italyancha: Ceva Doria), Oneglia lordi boʻlgan, onasi esa Karakoza Doria (italyancha: Caracosa Doria) boʻlgan. Doria erta yetim qoladi, askar sifatida avval Rim papasi Innokentiy VIIIni qoʻriqlovchi gvardiyada, soʻng Neapol qirollari Ferdinand I va Alfons II, shuningdek turli xil italyan shahzodalari qoʻl ostida hizmat qiladi.
1503—1506-yillarda Korsikada Genuya armiyasi safida urushgan. Oʻsha paytlarda Genuya Fransiya vassali edi va Doria fransuzlarga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolonda qatnashadi. Oʻsha vaqtdan boshlab u harbiy dengiz qoʻmondoni shuhratiga erisha boshladi.
1513-yilda Doria Genuya galeralari boshqaruvini oʻz qoʻliga oldi. Bir necha yil davomida Doria boshchiligidagi genuez floti O`rta Yer dengizini qoʻriqlab, turklar va qaroqchilar bilan jang olib bordi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.