From Wikipedia, the free encyclopedia
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qoʻmitasi — sport va jismoniy madaniyatni rivojlanitirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, Olimpiyadaga oid taʼlim, Olimpiya qadriyatlari ommalashtirish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash ishlarida ishtrok etadi, sport murabbiylari va sport tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida faoiyat yurituvchi tashkilot.
![]() | |
Turi | Nodavlat notijorat tashkiloti |
---|---|
Maqomi | amalda |
Shiori | Citius Altius Fortius |
Maqsadi | Olimpiadaga oid taʼlim |
Ishga tushgan sanasi | 1993-yil |
Joylashuvi | Toshkent shahri |
Hududiy xizmati | Oʻzbekiston |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Aʼzolari |
Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi Osiyo Olimpiya Kengashi |
Vebsayti | olympic.uz |
Til(lar)i |
Oʻzbek Rus Ingliz |
1992-yil 21-yanvarda Toshkent shahrida chaqirilgan konferensiya qarori bilan tashkil topgan. 1993-yil sentabr oyida Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi ning 101-sessiyasida tasdiqlangan.[1] MOQ sport va jismoniy madaniyatni rivojlanitirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, Olimpiyadaga oid taʼlim, Olimpiya qadriyatlari ommalashtirish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash ishlarida ishtrok etadi, sport murabbiylari va sport tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlaydi. Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi, Osiyo Olimpiya Kengashi, Milliy Olimpiya qoʻmitalari jamiyati va boshqa qator xalqaro sport federatsiyalari hamda tashkilotlari oʻrtasida mustahkam hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan.[2] MOQning oliy organi Bosh assambleya, u odatda, bir yilda kamida bir marta chaqiriladi. Assambleyalar orasidagi davr ichida MOQ ijroiya qoʻmitasi olimpiada harakatiga rahbarlik qiladi. MOQ rahbarligida ish olib boruvchi Olimpiya akademiyasi tashkil qilingan (1993). U koʻngilli jamoat tashkiloti hisoblanib, olimpiada harakati va olimpiada oʻyinlarining qadriyat va tamoyillarini oʻrganadi va ommalashtiradi. Olimpiada gʻoyalarini targʻib qilish maqsadida Toshkentda Oʻzbekiston Olimpiya shon-shuhrati muzeyi tashkil etilgan (1996). Muzeyda Oʻzbekiston va xalqaro olimpiya harakati, milliy sport turlari tarixi, mashhur sportchilar erishgan muvaffaqiyatlardan hikoya qiluvchi eksponatlar toʻplangan.[3]
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi[4] (MOQ) nodavlat notijorat tashkilot boʻlib, u oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi, Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi (XOQ), Olimpiya Xartiyasi va Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Ustavi asosida amalga oshiradi. Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi respublikada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish boʻyicha bir qator muhim funksiyalarni bajaradi. MOQning asosiy funksiyalarini ichki va tashqi funksiyalarga boʻlish mumkin.
Ichki funksiyalarga quyidagilar tegishli:
Tashqi funksiyalar ham bulardan unchalik farq qilmaydi:
Ichki funksiyalarni bajarish 1992-yil 21-yanvardan, Oʻzbekiston MOQ tuzilganidan boshlab amalga oshirila boshlandi. Xalqaro faoliyatni toʻla amalga oshirish Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi oʻzining 1993-yil sentabr oyidagi 101-sessiyasida Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasini tan olgan paytdan boshlagan.[5]
Oʻzbekiston Olimpiyachilarining Yozgi Olimpiada oʻyinlarida erishgan medallari[6]
Oʻzbekistonning jami medallari | ![]() | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Yil | Ishtrokchi | Mezbon mamlakat | Bayroqdor | Oltin | Kumush | Bronza | Jami | Oʻrni |
1996 | 71 | ![]() | Temur Ibragimov | 0 | 1 | 1 | 2 | 58 |
2000 | 70 | ![]() | Muhammadqodir Abdullayev | 1 | 1 | 2 | 4 | 41 |
2004 | 69 | ![]() | Abdulla Tangriyev | 2 | 1 | 2 | 5 | 34 |
2008 | 56 | ![]() | Dilshod Mahmudov | 1 | 2 | 3 | 6 | 40 |
2012 | 53 | ![]() | Elshod Rasulov | 1 | 0 | 2* | 3 | 47 |
2016 | 70 | ![]() | Bahodir Jalolov | 4 | 2 | 7 | 13 | 21 |
2020 | 68 | ![]() | Bahodir Jalolov Nigora Tursunqulova | 3 | 0 | 2 | 5 | 32 |
2024 | 90 | ![]() | Abdumalik Xalokov Zaynab Dayibekova | 8 | 2 | 3 | 13 | 13 |
London-2012 Olimpidasida bronza medalini qoʻlga kiritgan Soslan Tigiyev organizmida taqiqlangan metilgeksaneamin moddasi topilgani sabab, bronza medalidan mahrum qilingan.[7][8]
Oʻzbekiston boks federatsiyasi
Rais: Ochilboy Ramatov
Bosh kotib: Boltaboyev Jahongir Baxtiyorovich
Vitse-prezident: Poʻlatov Saken Jetibayevich
Tashkil topgan yili: 1992-yil
Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi
Rais: Nigʻmatilla Yoʻldoshev
Bosh kotib: Shuhrat Mamadaliyev
Vitse-prezident: Shofayziev Shomurod Muhsinovich, Roʻziev Ahrol Ahmedovich, Rahimov Muxtar Nigmatovich
Tashkil topgan yili: 1998-yil
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi
Rais: Abdusalom Azizov
Bosh kotib: Avaz Maksumov
Raisning birinchi oʻrinbosari: Ravshan Ermatov
Tashkil topgan yili: 1992-yil
Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi
Rais: Bahromjon Gʻoziyev
Bosh kotib: Kseniya Gulyamova
Tashkil topgan yili: 2017
Oʻzbekiston regbi federatsiyasi
Rais: Sodiq Safoyev
Bosh kotib: Qahramon Jalilov
Oʻzbekiston basketbol federatsiyasi
Rais: Ilhom Mahkamov
Vitse-prezidentlar: Iskov R.I, Joʻraev I.T, Yurkevskiy K.E, Qodirov R.Gʻ.
Tashkil topgan yili: 1992-yil
Oʻzbekiston velosport federatsiyasi
Rais: Tanzila Norboyeva
Vitse-prezident: Kozim Oʻrinboyxoʻjayev
Tashkil topgan yili: 1991-yil
Oʻzbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi
Rais: Avazjon Karimov
Bosh kotib: Sunnatilla Yoʻldoʻshev
Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi
Rais: Maqsud Abdusamatov[9]
Bosh kotib: Gulnora Saidova
Tashkil topgan yili: 1992-yil
Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi
Rais: Botir Zokirov
Bosh kotib: Abdukarimov Baxtiyor Abdurahimovich
Vitse-prezident: Shahrillo Mahmudov
Tashkil topgan yili: 2001-yil
Oʻzbekiston tennis federatsiyasi
Rais: Alisher Mirsoatov
Bosh kotib: Igor Shepelev
Vitse-prezident: Iroda Toʻlaganova
Tashkil topgan yili: 1999-yil
Oʻzbekiston taekvondo federatsiyasi
Rais: Sherzod Toshmatov
Bosh kotib: Abduazim Isroilov
Tashkil topgan yili: 1992-yil
Oʻzbekiston oʻq otish sporti federatsiyasi
Rais: Shuhrat Xolmuhammedov
Bosh kotib: Jaloliddin Atabullayev
Tashkil topgan yili: 1998-yil
Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi
Rais: Rustam Joʻrayev
Rais oʻrinbosari: Otabek Imomov
Bosh kotib: Xasanbaev Otabek Kamilovich
Vitse-prezident: Toʻlaganov Shavkat Toʻraevich
Tashkil topgan yili: 2005-yil
Oʻzbekiston triatlon federatsiyasi
Rais: Viktor Mahmudov
Rais oʻrinbosari: Nosirov Farruh
Bosh kotib: Kun Yelena
Tashkil topgan yili: 2019-yil
Oʻzbekiston suv sporti federatsiyasi
Rais: Qudratullo Rafiqov
Bosh kotib: Gʻaniyev Alisher Abdumajitovich
Vitse-prezident: Gʻulomov Saidaxrol Gʻanievich
Tashkil topgan yili: 1992-yil
Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi
Rais: Sherzod Qudbiyev
Rais oʻrinbosarlari:
Tashkil topgan yili: 1993-yil
Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi
Rais: Bahodir Siddiqov
Rais oʻrinbosari: Andrey Abduvaliyev
Bosh kotib: Kamoliddin Roʻzimuhamedov
Vitse-prezident: Ikramdjanov B. I., Mirtemirov B. R., Sagdiev A.
Tashkil topgan yili: 1992-yil
Oʻzbekiston ot sporti federatsiyasi
Rais: Bahrom Gʻoziyev
Bosh kotib: Ibragimov Nodirbek Anvarbekovich
Vitse-prezident: Ismatov Ulugʻbek
Tashkil topgan yili: 1997-yil
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi
Rais: Azizjon Komilov
Bosh kotib: Jamshid Nasriddinov
Vitse-prezident: Armen Bagdasarov, Shavkat Moʻminov
Tashkil topgan yili: 1991-yil
Oʻzbekiston gandbol federatsiyasi
Rais: Quvondiq Sanaqulov
Bosh kotib: Ismoiljon Matxoliqov
Tashkil topgan yili: 1992-yil
Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi
Rais: Poʻlat Bobojonov
Bosh kotib: Husan Nasrullayev
Tashkil topgan yili: 1991-yil
Oʻzbekiston „rowing & canoe“ federatsiyasi
Rais: Bobir Islomov
Bosh kotib: Vyacheslav Didrix
Tashkil topgan yili: 1992-yil
Oʻzbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi
Rais: Iskandar Shodiyev
Bosh kotib: Asatullaev Sherzod Hasanxodjaevich
Tashkil etilgan sana: 2011-yil
Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi
Rais: Ulugʻbek Roʻziqulov
Raisning birinchi oʻrinbosari: Goʻzal Moʻminova
Bosh kotib: Timur Abduvaliyev
Vitse-prezident:
Tashkil topgan yili: 2023-yil
Bosh Assambleya vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Bosh Assambleyalar davrida Oʻzbekiston MOQ faoliyatiga tarkibi Bosh Assambleya tomonida belgilanadigan Ijro etuvchi qoʻmita boshchilik qiladi. Oʻzbekiston MOQ tarkibiga quyidagilar kiradi:
Ijroqoʻm majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
Ismi | Boshqaruv yillari | Bosh kotib |
---|---|---|
Obid Nazirov | 1992—1994 | Abduhamid Hamroqulov |
Sobirjon Roʻziyev | 1994—2003 | Malik Babayev |
Aziz Nosirov[10] | 2003—2005 | Malik Babayev |
Rustambek Qurbonov | 2005—2009 | Malik Babayev |
Malik Babayev[11] | 2009—2013 | Muhammadali Karimov |
Mirabror Usmonov[12][13] | 2013—2017 | Oybek Kasimov |
Alisher Sultonov | 2017—2018 | Oybek Kasimov |
Umid Ahmadjonov | 2018—2019 | Jasur Matchanov |
Rustam Shoabdurahmonov[14] | 2019—2022 | Oybek Kasimov |
Shavkat Mirziyoyev[15] | 2024-yildan hozirgacha | Oybek Kasimov |
Olimpiya shon-shuhrati muzeyi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-avgustdagi 284-sonli qarori bilan tashkil etilgan. Uning 1996-yil 1-sentabrdagi tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasining oʻsha vaqtdagi Prezidenti Xuan Antonio Samaranch ishtirok etishdi.
Oʻzbekiston Olimpiya shon-shuhrati muzeyi Olimpizm qadriyatlarini va „halol oʻyin“ tamoyillarini targʻib qilishda, Oʻzbekiston sportchilarining gʻalabalari va Oʻzbekistonda Olimpizmning rivojlanish tarixi toʻgʻrisida keng jamoatchilikka maʼlumot berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda muzey Oʻzbekiston sportchilarining Olimpiya oʻyinlarida va boshqa muhim xalqaro musobaqalarda qoʻlga kiritgan gʻalabalarini oʻzida aks ettiruvchi mavzuli ekspozitsiyalar va koʻrgazmali tadbirlarni doimiy ravishda tashkil etadi. Oʻzbekiston Olimpiya shon-shuhrati muzeyi asosiy fondidan 2000 dan ortiq eksponat oʻrin olgan, shulardan 1000 dan ortiq eksponat doimiy ekspozitsiyaga qoʻyilgan. Muzeyda medallar, kuboklar, mayoqlar, pochta markalari, badiiy tasmalar, sport inventarlari va kiyim-kechaklari koʻp miqdorda koʻrgazmaga qoʻyiladi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.