O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari From Wikipedia, the free encyclopedia
Ramatov Ochilboy Jumaniyozovich (oʻzbekcha: Раматов Ачилбай Джуманиязович; 21.08.1962, Xorazm viloyati) — oʻzbekistonlik muhandis va davlat arbobi. 2016-yildan hozirgacha Oʻzbekiston Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, 2019—2020-yillarda Transport vaziri, 2002—2019-yillarda „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ davlat kompaniyasining boshqaruv raisi[2], 2015—2020-yillarda Oliy Majlis Senatining aʼzosi, 2012-yildan hozirgacha Oʻzbekiston boks federatsiyasi prezidenti. 2018—2019-yillarda Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti boʻlgan[3].
Ramatov Ochilboy Jumaniyozovich | |
---|---|
Раматов Ачилбай Жуманиязович | |
2019 | |
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vaziri | |
Mansab davri 2019-yil 1-fevraldan – 2020-yil 22-yanvargacha | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | lavozim ta'sis etilgan |
Vorisi | Elyor Gʻaniyev |
Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti | |
Mansab davri 2018-yil 23-yanvardan – 2019-yil 15-iyulgacha | |
Oʻtmishdoshi | Umid Ahmadjonov |
Vorisi | Abdusalom Azizov |
Oʻzbekiston Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari | |
Mansab davri 2016-yil 20-dekabr | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Rustam Azimov |
Vorisi | hozirgacha |
Oʻzbekiston boks federatsiyasi prezidenti | |
Mansab davri 2012-yil – hozirgacha | |
Oʻtmishdoshi | Gʻofur Rahimov |
Oʻzbekiston temir yoʻllari boshqaruv raisi | |
Mansab davri 2002-yildan – 2019-yilgacha | |
Prezident |
Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Normat Ermetov |
Vorisi | Husniddin Hosilov[1] |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
20-avgust 1962-yil Xorazm, OʻzSSR |
Mukofotlari |
|
1962-yil 21-avgustda Xorazm viloyatining Shovot tumanida tugʻilgan[4]. Millati — oʻzbek.[5]
1984-yildan 1988-yilgacha Toshkent temir yoʻl muhandislari institutida tahsil olgan.
1980-yildan 1984-yilgacha Urganch lokomotiv deposida mashinist yordamchisi lavozimidan mehnat faoliyatini boshlagan. 1988-yildan 1995-yilgacha Toshkent teplovozlarni taʼmirlash zavodining ustasi, teplovoz sexi boshligʻi oʻrinbosari va vagon taʼmirlash sexi boshligʻi, 1995-yildan 2001-yilgacha „Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir“ UK bosh direktori, 2001-yildan 2002-yilgacha „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ning bosh bosh muhandisi sifatida ishlagan.
2002-yildan 2019-yilgacha „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ning boshqaruv raisi, 2018—2019-yillarda — Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti vazifalarida ishlagan.
2012-yildan buyon — Oʻzbekiston boks federatsiyasi prezidenti, 2016-yildan buyon — Oʻzbekiston Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — kommunal soha, qurilish, transport majmuasi rahbari vazifalarida ishlab kelmoqda.
1999—2004-yillarda Oliy Majlis deputati, 2015—2020-yillarda Oliy Majlis Senati aʼzosi boʻlgan.
2019—2020-yillarda Oʻzbekiston transport vaziri vazifasini ham bajargan[6].
2000-yilda „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanoat xodimi“ davlat unvoni bilan taqdirlandi.
2007-yil avgust oyida Fidokorona xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlandi.
2011-yil avgust oyida El-yurt hurmati ordeni bilan taqdirlandi.
2013-yilda „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni berildi.
2013-yilda Latviya davlati tomonidan Eʼtirof xochi ordeni bilan taqdirlandi[7].
2015-yilda Rossiya Federatsiyasining "Doʻstlik" ordeni bilan taqdirlandi[8].
2022-yil 21-avgustda 60 yillik yubileyi munosabati bilan Mehnat shuhrati ordeni berilgan[9].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.