From Wikipedia, the free encyclopedia
Nigora Akmalovna Tursunqulova (1999-yil 4-aprel, Jizzax, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik taekvondochi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2016-yilda Osiyo chempionatida taekvondo boʻyicha bronza medalini, 2018-yilda oltin medalini qoʻlga kiritdi. Xuddi shu yili yana Yozgi Osiyo oʻyinlarida bronza, 2019-yilda esa Butunjahon harbiy oʻyinlarida kumush, shuningdek, Tibadagi taekvondo boʻyicha jahon Gran-prisida bronza medallarini sohibasi boʻldi.
Nigora Akmalovna Tursunqulova | |
---|---|
![]() | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
4-aprel 1999-yil Jizzax, Oʻzbekiston |
Sport | |
Qaysi sport | taekvondo |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Osiyo chempionati | ||
Bronza | Manila 2016 | 67kg gacha |
Oltin | Xoshimin 2018 | 67kg gacha |
Yozgi Osiyo oʻyinlari | ||
Bronza | Jakarta 2018 | 67kg gacha |
Butunjahon harbiylar oʻyinlari | ||
Kumush | Uxan 2019 | 67kg gacha |
Tursunqulova 2016-yilda Maniladagi (Filippin) taekvondo boʻyicha Osiyo chempionati yarim finalida vyetnamlik Xa Txi Nguyenga magʻlub boʻlib, bronza medalini qoʻlga kiritadi[1].
Shu yili yana Rio-de-Janeyrodagi XXXI Yozgi Olimpiada oʻyinlari chorak finalida ozarbayjonlik Farida Azizovaga imkoniyatni boy beradi[2].
Shundan soʻng Nigora Tursunqulova 2018-yilda Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan 2018-yilgi Yozgi Osiyo oʻyinlarida 67 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etib, bronza medalini qoʻlga kiritadi[3]. U yarim finalda raqibi janubiy koreyalik Kim Jan-Diga imkoniyatni boy beradi. Xuddi shu yili Xoshimindagi (Vyetnam) taekvondo boʻyicha Osiyo chempionatida raqibi iordaniyalik sportchi Juliana Al-Sodiqdan ancha kuchli boʻlib uni magʻlub etdi va oltin medal sohibasiga aylandi.
2019-yilda Uxanda (Xitoy) boʻlib oʻtgan Butunjahon harbiylar oʻyinida 67 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etib, u finalda xitoylik Chjan Menyuyga imkoniyatni boy beradi va kumush medal oladi[1]. Mazkur yilda Nigora Tursunqulova Tibadagi (Yaponiya) taekvondo boʻyicha jahon Gran-prida 67 kilogrammgacha vazn toifasida yarim finalda ishtirok etib, fransiyalik raqibi Magda Vit-Enenga imkoniyatni boy beradi va bronza medali sohibasi boʻladi.
2021-yilda Ommonda (Iordaniya) oʻtkazilgan Osiyo qitʼa sportchilari uchun taekvondo boʻyicha Yoʻllanma turnirida u 2020-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritadi[4][5].
Nigora Tokiodagi (Yaponiya) 2020-yilgi XXXII Yozgi Olimpiya oʻyinlarida bokschi Bahodir Jalolov bilan birga Oʻzbekiston terma jamoasi bayroqdoriga aylanishdi[6]. Tokiodagi oʻyinlarda u 67 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etdi va 1/8 finalda xitoyli raqibi Chjan Menʼyuy bilan toʻqnashib, 9:12 hisobida magʻlub boʻldi[7].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.