From Wikipedia, the free encyclopedia
Nupedia — ingliz tilida yaratilgan onlayn ensiklopediya. Nupedia maqolalari mavzu boʻyicha tegishli tajribaga ega boʻlgan koʻngilli tadqiqotchilar tomonidan yozib toʻldirilgan. Nupediada maqolalar nashr etilishidan oldin ekspert muharrirlar tomonidan koʻrib chiqiladi va bepul kontent sifatida litsenziyalanadi. Nupediaga Jimmy Wales va Larry Sanger asos solishgan. Nupedia 1999-yil oktyabr oyidan[1][2] 2003-yil sentyabr oyigacha ishlagan. Bugungi kunda Nupedia Vikipediyaning salafi sifatida tanilgan. Ammo Nupedia wiki asosidagi yangilanishlardan farqli, maqolalarni joylashtirishdan oldin joylashtirilayotgan maqolalarni nazorat qilish uchun yetti bosqichli tasdiqlash jarayoniga ega edi. Nupedia qoʻmita tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, ekspertlar qoidalarni oldindan belgilab qoʻyishgan edi. Shuning uchun dastlabki yili Nupediaga atigi 21 ta maqola joylangan edi. Vikipediyada esa dastlabki oyda 200 ta maqola, birinchi yili esa 18 000 ta maqola joylashtirilgan[3].
Nupedia | |
---|---|
Nupedia sahifasidan skrinshot | |
Joriy holati | 2003-yil sentyabr oyida faoliyatini toʻxtatgan. Uning oʻrniga Wikipediya rivojlantirilgan |
Slogani |
inglizcha: the open content encyclopedia inglizcha: the free encyclopedia |
Tijoratmi | Yoʻq |
Sayt turi | Onlayn ensiklopediya |
Roʻyxatdan oʻtish | majburiy emas |
Qaysi tillarda |
Ingliz tili Nemis tili Ispan tili Fransuz tili Italyan tili |
Muassisi | Bomis (rasmiy shaklda) |
Muallifi |
Jimmy Wales Larry Sanger |
Ochilgan sanasi | 9-mart 2000 |
URL | nupedia.com |
Vikipediyadan farqli oʻlaroq, Nupedia wiki emas edi. Buning oʻrniga Nupedia oʻz maqolalarini professional ensiklopediyalar bilan taqqoslanadigan darajada sifatli qilish uchun moʻljallangan keng qamrovli ekspertiza jarayoni bilan ajralib turardi. Nupedia olimlarni koʻngillilar tarkibiga jalb qilishni xohlagan[4]. Nupedia oʻz faoliyatini toʻxtatishidan oldin 24 ta maqola chop etish uchun tasdiqlangan edi. Shuningdek, yana 150 ta maqola koʻrib chiqish, tekshirish jarayonida boʻlgan[5][6][7][8]. Nupedia faoliyatini toʻxtatgandan soʻng, Wales yangi Vikipediyada maqolalarni joylashtirish oson boʻlishini xohladi. Sanger esa Nupedia[3] tomonidan qoʻllaniladigan tamoyillarni afzal koʻrdi va keyinchalik 2006-yilda Vikipediyaga ekspert tomonidan koʻrib chiqilgan alternativa sifatida „Citizendium“ga asos soldi[9].
2008-yil iyun oyida CNET Nupediani Internet tarixida eng kam foydalanilgan web saytlar roʻyxatiga kiritdi va Nupediaga maqola joylashtirishdagi juda qattiq nazorat va tekshiruvlarni taʼkidladi[10].
1999-yil oktyabr oyida[11] Jimmy Wales koʻngillilar tomonidan tashkil etiladigan onlayn ensiklopediya haqida oʻylay boshladi va uni tashkil qilishga kirishdi. 2000-yil yanvar oyida onlayn ensiklopediyaning rivojlanishini nazorat qilish uchun Larry Sangerni yolladi[2]. Jimmy Walesning yangi loyihasi 2000-yil 9-martda rasman internetga kirdi[12]. Yang loyiha doirasida 2000-yilning noyabr oyiga kelib, faqat ikkita sifatli maqola chop etildi[13].
Loyiha boshidanoq Nupedia bepul kontent ensiklopediyasi hisoblangan[12]. Bomis kompaniyasi Nupedia.com saytidagi onlayn reklamalardan daromad olishni maqsad qilgan edi[13]. Dastlab loyiha mahalliy litsenziya „Nupedia Open Content License“dan foydalangan. 2001-yil yanvar oyida Richard Stallman va „Free Software Foundation“ taklifi bilan Nupedia „GNU Free Documentation License“ga oʻtdi[14]. Shuningdek, 2001-yilning yanvar oyida Nupedia Vikipediyani qoʻshimcha loyiha sifatida boshladi, bu esa oʻzaro koʻrib chiqish jarayoniga kirishdan oldin maqolalar ustida hamkorlik qilish imkonini beradi[15]. Keyinchalik, Vikipediya rivojlanib, koʻproq ishtirokchilarni oʻziga jalb qila boshladi va Nupediadan mustaqil ishlay boshladi. Sanger dastlab Nupedia bosh muharriri sifatidagi lavozimi tufayli Vikipediyani boshqargan.
GNE loyihasining toʻxtatilishi natijasida Vikipediya va Nupediya loyihalari ham asta-sekinlik bilan toʻxtatildi. Oʻsha paytda internet iqtisodiyotining qulashi tufayli Jimmy Wales 2001-yil dekabr oyida dasturda qatnashayotgan muharrirlarni moliyalashtirishni toʻxtatishga qaror qildi[2]. Buning natijasida Sanger koʻp oʻtmay ikkala loyihadan ham ketdi[16]. Sanger ketganidan soʻng, Nupedia butkul harakatsiz loyihaga aylanib qoldi. Nupedia harakatsizlikka aylanganligi sababli, uni tasdiqlangan Vikipediya maqolalarining barqaror versiyasiga aylantirish gʻoyasi vaqti-vaqti bilan ilgari surildi, lekin bu ish hech qachon amalga oshirilmadi. Nupedia serveri keyinchalik 2003-yil sentyabr oyida ishdan chiqdi[17][18].Shundan soʻng, Nupedia ensiklopedik mazmuni Vikipediyaga assimilyatsiya qilingan[19].
Nupedia yetti bosqichli tahrirlash jarayoniga ega boʻlgan. Ular quyidagilardan iborat:
Nupedia loyihasida mualliflardan ekspert bilimiga ega boʻlishi talab qilingan (garchi ekspert taʼrifi maʼlum darajada moslashuvchanlikni taʼminlagan boʻlsa-da. Baʼzi maqolalarni oʻz-oʻzidan mutaxassis emas, yaxshi yozuvchi kishilar yozishi mumkinligi eʼtirof etilgan edi)[20]. Tahrirchilar tomonidan maʼqullangan maqolalargina nashrga berilgan. Maqolalarni Nupediada nashr qilish uchun mualliflar „oʻz sohalarida haqiqiy mutaxassislar boʻlishlari va (bir nechta istisnolardan tashqari) fan nomzodi ilmiy darajasiga ega boʻlishlari“ talab qilingan[21].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.