ochiq ensiklopediya From Wikipedia, the free encyclopedia
Vikipediya — koʻp tilli, erkin, onlayn ensiklopediya. U koʻngillilar jamoasi tomonidan ochiq hamkorlik hamda vikiga tayanuvchi tahrir tizimi asosida yoziladi va yuritiladi. Ushbu loyiha 2001-yil 15-yanvarda mutaxassislarga moʻljallangan Nupediaga toʻldiruvchi sifatida yaratilib, hozirda uni notijorat Wikimedia Foundation tashkiloti boshqaradi. Vikipediya bugunga kelib eng katta va eng koʻp koʻzdan kechiriladigan maʼlumot manbasiga aylandi[1]. Hozirda bu bepul ensiklopediyada dunyoning 283 tilida 59 milliondan oshiq maqola bor. Vikipediyaning eng katta ingliz tili boʻlimi 6871194 ta maqolaga ega. Taqqoslash uchun, qogʻoz nashrdagi ensiklopediyalar orasida eng kattasi boʻlmish Encyclopædia Britannica (Britaniya Ensiklopediyasi)dagi maqolalar soni 130 ming atrofidadir. Bundan tashqari, Vikipediyaning juda mashhur boʻlib ketishi ortidan unga yondosh Vikiombor, Vikilugʻat, Vikikitob, Vikiversitet, Vikiiqtibos hamda Vikiyangiliklar kabi loyihalar ham paydo boʻlgan.
Web-manzil | www.wikipedia.org |
---|---|
Interwiki | XX: |
Asosiy boʻlim | jami 287 boʻlim |
Asos solingan sana | 15-yanvar, 2001 |
Asoschi | Jimmy Wales va Larry Sanger |
Maqolalar soni | 20 milliondan dan ortiq |
Egasi | Wikimedia Foundation |
Litsenziya | erkin |
Reklama | yoʻq |
wikipedia.com va wikipedia.org domenlari mos ravishda 2001-yil 12-yanvarda[2] va 2001-yil 13-yanvarda[3] roʻyxatga olingan.
Vikipediyaga 2001-yil 15-yanvarda Amerika Qoʻshma Shtatlari fuqarolari Jimmy Wales va Larry Sanger asos solishgan. Sanger „Vikipediya“ soʻzini inglizcha „wiki“ va „encyclopedia“ soʻzlarini birlashtirib oʻylab topgan. „Wiki“ soʻzi aslida gavayiliklarning soʻzi boʻlib, „tez“ degan maʼnoni bildiradi va koʻpchilik birgalikda yaratadigan web sahifalar shu nom bilan ataladi. Jimmy Walesning niyati Britannica sifatiga yoki undan ham yuqori darajaga erishish va ensiklopediyani bosma holida tarqatish boʻlgan edi.
Oʻzbek tilidagi Vikipediyada 299 453 ta maqola bor. Foydalanuvchilar soni — 141 432, ulardan 591 nafari oxirgi oy ichida kamida bitta tahrir qilgan. Jami sahifalar soni (munozara, turkum va hokazo bilan qoʻshib hisoblaganda) — 1 090 918.
2011-yilning oxirida nomaʼlum sabablarga koʻra Oʻzbekiston hududida oʻzbek Vikipediyasi toʻsib qoʻyildi[4]. Bu oʻzbekcha Vikipediyaning rivojlanishini jiddiy oqsoqlantirdi. Bugungi kunda esa Oʻzbekistonda foydalanuvchilar oʻzbekcha Vikipediya sahifalarini hech qanday muammolarsiz ocha oladilar.
Vikipediya juda koʻplab tillarda har kun, soat va soniyada toʻldirilib borilmoqda. Ayniqsa quyidagi tillar bunga yaqqol misol boʻla oladi:
Toʻliq roʻyxat bu yerda.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.