From Wikipedia, the free encyclopedia
NATO, Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (inglizcha: North Atlantic Treaty Organization, NATO; fransuzcha: Organisation du traité de l'Atlantique Nord, OTAN) — Yevropa, Amerika Qoʻshma Shtatlari hamda Kanada kabi koʻpchilik mamlakatlar birlashgan jahondagi eng yirik harbiy va siyosiy jamlanmasi, yaʼni, „Yevropani tashqi taʼsirlardan himoya qilish“ uchun ushbu tashkilotga 4-aprel 1949-yil AQShda asos solingan. Tashkilot yaratilgan paytda 12 ta mamlakat aʼzo boʻlgan, hozirgi kunda esa aʼzolar soni 30 taga yetgan.
Shimoliy Atlantika shartnomasi ittifoqiga qoʻshilgan mamlakatlar 1949-yilda tinch aholini xavfsizligini mustahkamlash maqsadida oldilaridagi Shimoliy Atlantika doirasidagi davlatlar bilan birlashishgan. Ittifoqqa aʼzo mamlakatlar yaxlit mudofaa tizimini yaratish va dunyo xavfsizligini saqlashni oʻz oldilariga maqsad qilishgan. 2010-yilda NATO "Zamonaviy mudofaaning ilgʻor ishtiroki" ijtimoiy harakati uchta muhim vazifalarni taqdim etdi, bular: jamoaviy mudofaa, inqirozni oldini olish va hamkorlik asosida xavfsizlikni kuchaytirish.
NATOga aʼzo davlatlar 1949-yil 4-aprelda Vashington shartnomasini imzolagan, shuningdek, Shimoliy Atlantika shartnomasining „10-moddasi“ va undan keyingi kelishuvlarga muvofiq hamda NATOga qoʻshilgan davlatlar mavjud hisoblanadi.
Hammasi boʻlib 30 ta davlat Shimoliy Atlantika alyansi aʼzosi[1], besh davlat hamkorlikni kengaytirish boʻyicha NATO dasturlarida ishtirok etadi, Serbiya NATO bilan individual hamkorlik rejasi dasturiga qoʻshilish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda. Ittifoq mavjud boʻlgan davrda birorta ham davlat uni butunlay tark etmagan; Fransiya 1966-yilda blokning harbiy tashkilotini tark etgan va 2009-yilga kelin unga qayta qoʻshilgan.
NATOga aʼzo davlatlar Vashington shartnomasida belgilangan tamoyillarga rioya qilishga kelishib olishgan[2][3]. Ittifoqqa qoʻshilish istagida boʻlgan davlatlar siyosiy muloqot va harbiy integratsiyani oʻz ichiga olgan koʻp bosqichli jarayondan oʻtishi va muayyan talablarga javob berishi lozim deb qaraladi, xususan:
Bayrogʻi | Xaritada | Aʼzo davlat | Poytaxti | Aholisi[4] | Hududi[5] |
---|---|---|---|---|---|
Albaniya | Tirana | 3,088,385 | 28,748 km2 (11,100 kv mi) | ||
Belgiya | Bryussel | 11,778,842 | 30,528 km2 (11,787 kv mi) | ||
Bolgariya | Sofia | 6,919,180 | 110,879 km2 (42,811 kv mi) | ||
Kanada | Ottava | 37,943,231 | 9,984,670 km2 (3,855,103 kv mi) | ||
Xorvatiya | Zagreb | 4,208,973 | 56,594 km2 (21,851 kv mi) | ||
Chexiya | Praga | 10,702,596 | 78,867 km2 (30,451 kv mi) | ||
Daniya | Kopengagen | 5,894,687 | 42,943 km2 (16,580 kv mi)[6] 2,210,573 km2 (853,507 kv mi)[izoh 1] | ||
Estoniya | Tallin | 1,220,042 | 45,228 km2 (17,463 kv mi) | ||
Fransiya | Parij | 68,084,217 | 643,427 km2 (248,429 kv mi) | ||
Germaniya[izoh 2] | Berlin | 79,903,481 | 357,022 km2 (137,847 kv mi) | ||
Gretsiya | Afina | 10,569,703 | 131,957 km2 (50,949 kv mi) | ||
Vengriya | Budapesht | 9,728,337 | 93,028 km2 (35,918 kv mi) | ||
Islandiya | Reykyavik | 354,234 | 103,000 km2 (39,769 kv mi) | ||
Italiya | Rim | 62,390,364 | 301,340 km2 (116,348 kv mi) | ||
Latviya | Riga | 1,862,687 | 64,589 km2 (24,938 kv mi) | ||
Litva | Vilnyus | 2,711,566 | 65,300 km2 (25,212 kv mi) | ||
Lyuksemburg | Lyuksemburg | 639,589 | 2,586 km2 (998 kv mi) | ||
Chernogoriya | Podgoritsa | 607,414 | 13,812 km2 (5,333 kv mi) | ||
Niderlandiya | Amsterdam | 17,337,403 | 41,543 km2 (16,040 kv mi) | ||
Shimoliy Makedoniya | Skopye | 2,128,262[izoh 3] | 25,713 km2 (9,928 kv mi) | ||
Norvegiya | Oslo | 5,509,591 | 323,802 km2 (125,021 kv mi) | ||
Polsha | Varshava | 38,185,913 | 312,685 km2 (120,728 kv mi) | ||
Portugaliya | Lisbon | 10,263,850 | 92,090 km2 (35,556 kv mi) | ||
Rumaniya | Buxarest | 21,230,362 | 238,391 km2 (92,043 kv mi) | ||
Slovakiya | Bratislava | 5,436,066 | 49,035 km2 (18,933 kv mi) | ||
Sloveniya | Lyublyana | 2,102,106 | 20,273 km2 (7,827 kv mi) | ||
Ispaniya | Madrid | 47,260,584 | 505,370 km2 (195,124 kv mi) | ||
Turkiya | Anqara | 82,482,383 | 783,562 km2 (302,535 kv mi) | ||
Birlashgan Qirollik | London | 67,081,000 | 243,610 km2 (94,058 kv mi) | ||
AQSH | Vashington | 334,998,398 | 9,833,520 km2 (3,796,743 kv mi) |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.