Bratislava
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Bratislava (slovakcha: ) — Slovakiya Respublikasining poytaxti, Avstriya va Vengriya chegarasiga yaqin joyda. Mamlakatning yirik iqtisodiy va madaniy markazi. Aholisi 452 ming kishi (1997). Bratislava 10-asr boshlarida Buyuk Moraviya knyazligidagi qalʼa sifatida tilga olinadi. Bu knyazlikni vengerlar tormor etgach (907), Bratislava Pozsony nomi bilan Vengriyaga qoʻshildi. Oʻrta asrlarda esa nemislar qoʻliga oʻtib, Pressburg deb nomlangan. 1536-yilda gabsburglarning Vengriyadagi markaziga aylandi. 1541—1784-yillarda Bratislava Vengriya qirolligi poytaxti, 18-asr oxiridan Slovakiya milliy ozodlik harakatlari markazi boʻlgan. 1918-yilda Chexoslovakiya tashkil topgandan soʻng, Slovakiya Respublikasining, 1992-yildan mustaqil Slovakiya Respublikasi poytaxti.
Bratislava | |
---|---|
Poytaxt | |
48°08′41″N 17°06′46″E | |
Mamlakat | Slovakiya |
Ichki boʻlinishi | 5 tuman |
Hukumat | |
• Mer | Matúš Vallo |
Ilk eslatilishi | 907 |
Avvalgi nomlari | Pressburg, Pozsony |
Maydon | 367,584 km2 (141,925 kv mi) |
Markazi balandligi | 134 m |
Rasmiy til(lar)i | slovakcha |
Aholisi (2021)[1] |
475,503 |
Etnoxoronim | bratislavalik (lar) |
Vaqt mintaqasi | UTC+1 |
Telefon kodi | +421 2 |
Pochta indeks(lar)i | 8XX XX |
Avtomobil kodi | BA,BL,BT |
|
Bratislava transport yoʻllari tuguni. Dunay boʻyidagi yirik portlardan. Aniq mashinasozlik va stanoksozlik, elektrotexnika, yogʻochsozlik, toʻqimachilik, oziq-ovqat, poligrafiya, qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati rivojlangan. Kimyo va neft kimyosi sanoati markazi. Slovakiya Fanlar akademiyasi (1953), Slovakiya muzeyi, unt, politexnika instituti, iktisod, badiiy va teatr institutlari bor. Meʼmoriy yodgorliklardan gotika uslubidagi sobor (1221), Mixaylov darvozasi (14—18-asrlar) va boshqa saqlangan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.