ReykyavikIslandiyaning poytaxti. Mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Islandiya o.ning janubi-gʻarbiy qismida, Atlantika okeanining Faxsafloui qoʻltigʻi sotsilida joydashgan. Iqlimi qishi yumshoq subarktika dengiz iqlimi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0,4°, iyulda 11 — 12°. Qishda qoʻltiq suvi muzlamaydi. Yillik yogʻin 800 mm. Aholisi 135,6 ming kishi (2022).

Thumb

Reykyavik — transatlantika yoʻlidagi muhim port. Transport yoʻllari tuguni. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. Reykyavik — baliq sanoati va savdosining jahonda eng yirik markazlaridan. Shahar sanoati, asosan, baliq xoʻjaligi va baliq ovlash flotiga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq. Oziq-ovqat sanoatida baliq uni, moyi va boshqa ishlab chiqariladi. Kema verfi, poyabzal, toʻqimachilik sanoati korxonalari, alyuminiy, sement zavodlari ishlab turibdi. Baliq sanoati uchun jihozlar ishlab chiqariladi. Maishiy ehtiyojlar va uylarni isitish uchun qaynoq yer osti suvlaridan foydalaniladi. Universitet, pedagogika instituti, institutlar milliy kengashi, meteorologiya, patalogiya va bakteriologiya institutlari; yirik kutubxonalar, muzeylar, badiiy galereya, milliy teatr bor. Shahar oʻrnida 17-asrgacha qishloq boʻlgan. 1920-yildan Islandiya Qirolligi, 1944-yildan Islandiya Respublikasi poytaxti[1].

Manbalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.