Ofis dasturlar haqida maʼlumot
Microsoft Office | |
Chapdan: Microsoft Outlook, Microsoft OneDrive, Word, Microsoft Excel, Microsoft PowerPoint, Microsoft OneNote, Microsoft SharePoint, Microsoft Teams va Yammer. | |
Muallif | Microsoft Corporation |
---|---|
Ishlab chiquvchi | Microsoft |
Chiqarilgan sana | 19-noyabr, 1990-yil (33 yil avval) (1990-11-19) |
So‘nggi versiyasi | Microsoft Office LTSC Professional Plus 2021 Preview / 5-oktyabr, 2021-yil (3 yil avval) (2021-10-05) |
Operatsion tizim | Microsoft Windows Mac OS iOS Android Windows Phone |
Yozilgan til(lar)i | Interfeysi 102 ta tilga oʻgirilgan |
Status | amalda faol |
Janr | idora dasturlari toʻplami |
Litsenziya | EULA |
Dasturlash tili: | C++[1] |
Satr boshi
Matn uslubi
Manba
Tuzilma
Qoʻyish
Sahifa opsiyalari
Muharrirni almashtirish
Oʻzgarishlarni chop etish…
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
soft Office — Microsoft korporatsiyasi tomonidan Microsoft Windows, Windows Phone, Android, Mac OS, iOS operatsion tizimlari uchun yaratilgan idora dasturlari toʻplamidir. Ushbu toʻplam tarkibiga turli xildagi hujjatlar: matn, jadval, maʼlumotlar ombori va boshqalar bilan ishlash imkonini beruvchi dasturiy taʼminotlarni oʻz ichiga oladi. Shuningdek VBA tilida yozilgan skriptlar va makroslarni qoʻllay oladi.
Microsoft Offiсe dasturlaridan foydalanuvchi har bir masalani yechishda, hujjatlarni taxrirlashda va boshqa ishlarda unimli foydalanishi mumkin. Officedan foydalangan foydalanuvchi ekranni oʻz xohishi boʻyicha oʻzgartirishi, shriftlarni tanlashi, printerlarni tanlashi, boshqa tizimlarni disklarga yozishi, qoʻshimcha kompyuter qurilmalarini oʻrnatishi va hakozo imkoniyatlardan foydalanishi mumkin. Qisqa qilib aytganda, kompyuter ishini oʻz xohishiga moslab kompyuter xotirasi, ekranni, ishlash tezligi, qoʻshimcha qurilmalaridan optimal foydalanishi mumkin.
Mashxur Microsoft korporatsiyasi shaxsiy kompyuterlardan foydalanuvchilar uchun koʻpgina dasturlar va operatsion tizimlarni ishlab chiqarishni jadal rivojlantirmoqdalar. Jumladan, foydalanuvchilarning kompyuterdan foydalanish imkoniyatlarini oshirish uchun OFFICE dasturlar toʻplamini ham ishlab chiqarishgan.
Koʻpgina foydalanuvchilar Windows operatsion tizimi bilan OFFICE dasturlar toʻplamini chalkashtirishadi. Toʻgʻri, bu ikkala dasturlarni ham Microsoft korporatsiyasi ishlab chiqqan va asosan shaxsiy IBM va Pentium kompyuterlariga oʻrnatishga moʻljallangan. Windows operatsion tizimi OFFICE dasturlarisiz bemalol ishlay oladi, lekin OFFICE dasturlari Windows dasturisiz ishlamaydi. Windows dasturlarining quyidagi versiyalari mavjud: Windows-3.X, Windows-95, Windows-98, Windows-2000, Windows-2002, Windows NT, Windows XP va hokazo.
Office dasturlar toʻplamini esa quyidagi versiyalari mavjud: Office-95, Office-96, Office-97, Office-2000, Office-2002 va Office XP.
Office-2003 dasturlar toʻplamini shaxsiy kompyuterga oʻrnatish uchun kompyuterda Windows operatsion tizimi oʻrnatilgan boʻlishi, soʻng kompyuter operativ xotirasi kamida 8-16 Mb boʻlishi va qattiq diskda kamida 250 Mbdan 700 Mbgacha (Officedan foydalanish imkoniyatiga qarab) boʻsh joy boʻlishi lozim.
Microsoft Office bir nechta xilda sotuvga chiqariladi. Ularning farqi toʻplam tarkibi va narxida. Office dasturlar toʻplamining nisbatan toʻliqroq variantiga quyidagi dasturlar kiradi:
Office dasturlar toʻplamini oʻrnatishda yuqorida koʻrsatilgan dasturlarni tanlash orqali, yaʼni keraklisini oʻrnatish orqali kompyuter qattiq diskidagi joyni tejash mumkin.
Ishlab chiqarilgan sana | Nomlanishi/versiya | Tarkibi |
19.11.1990 | Office 1.0 | Word 1.1, Excel 2.0, PowerPoint 2.0 |
04.03.1991 | Office 1.5 | Word 1.1, Excel 3.0, PowerPoint 2.0 |
08.07.1991 | Office 1.6 | Word 1.1, Excel 3.0, PowerPoint 2.0, Mail 2.1 |
30.08.1992 | Office 3.0, Office 92 | CD-ROM versiya: Word 2.0c, Excel 4.0a, PowerPoint 3.0, Mail |
17.01.1994 | Office 4.0 | Word 6.0, Excel 4.0, PowerPoint 3.0. |
2-iyun, 1994 | Office 4.3 | Word 6.0, Excel 5.0, PowerPoint 4.0, Mail 3.2, Access 2.0. |
3-iyul, 1994 | NT 4.2 uchun Office | |
30.08.1995 | Office 95 (7.0) | Windows 95 uchun Word 7 va boshqalar |
30.12.1996 | Office 97 (8.0) | Word 97 va boshqalar |
20-iyun, 1998 | Office 97 Powered by Word 98 (8.5) | Word 98 olishning yagona usuli. |
27.01.1999 | Office 2000 (9.0) | Word 2000 va boshqalar; Windows 95 koʻtara oladigan oxirgi versiya, 2009-yildan toʻxtatildi. |
31.05.2001 | Office XP (10.0) | Word 2002 va boshqalar |
17.11.2003 | Office 2003 (11.0) | Word 2003 va boshqalar; Dastur timsollari Windows XP koʻrinishida namoyon boʻldi. |
30.01.2007 | Office 2007 (12.0) | Word 2007 va boshqalar; |
12.05.2010 | Office 2010 (14.0) | Word 2010 va boshqalar; Windows XP/Vista uchun soʻnggi versiya. Office 2003/2007 larning sotilishi shu yilning 11-yanvar kuni toʻxtatildi. |
01.10.2013 | Office 2013 (15.0) | Word 2013 va boshqalar |
22.09.2015 | Office 2016 (16.0) | Word 2016 va boshqalar |
Yana:
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.