Microsoft PowerPoint (toʻliq nomi — Microsoft Office PowerPoint, inglizcha: power point — ishonarli hisobot) — taqdimotlar yaratish va ularni tomosha qilishga moʻljallangan dastur boʻlib, Microsoft Officening bir qismi hisoblanadi va Microsoft Windows, macOS tizimlarida ishlash imkoniyatiga ega. PowerPointda yaratilgan taqdimotlar proyektor yordamida katta ekranlarda yoki katta oʻlchamli televizion ekranlarda koʻrishga moʻljallangan.

Qisqa faktlar Muallif, Ishlab chiquvchi ...
Microsoft PowerPoint (Windows)
Thumb
MuallifMicrosoft
Ishlab chiquvchiMicrosoft
So‘nggi versiyasi.
  • 2016 (16.0.4229.1024) (Windows)
  • 2016 (15.14.0) (macOS) (22-sentabr 2015 (Windows), 15-sentabr 2015 (macOS)) / 2023-yil
Operatsion tizimMicrosoft Windows, macOS, Android
Statusmatn muharriri
LitsenziyaEULA
Yopish

Tarixi

PowerPoint yaratish fikri Berkli oliygohi talabasi Bob Gaskins (Bob Gaskins)da paydo boʻladi. 1984-yil Gaskins Forethoyyhyught firmasiga qoʻshildi va Dennis Ostin (Dennis Austin) ismli dasturchini ishga yollaydi. Bob va Dennis harakatlarini birlashtirishadi  va Presenter dasturini yaratishadi. Dennis dasturning original versiyasini  Tom Rudkin bilan yaratadi. Keyinchalik Bob dastur nomini PowerPoint deb oʻzgartirishga qaror qiladi.

1987-yil  PowerPoint 1.0  Apple Macintosh tizimi uchun namoyish etiladi. U oq-qora formatda ishlagan. Keyinchalik Macintoshning rangli koʻrinishlari paydo boʻlgan va dasturning ham rangli versiyasi yaratilgan. PowerPointning ilk versiyalarida dastur tarkibiga koʻk jildli kitob shaklidagi yoʻriqnoma kiritilgan, ammo bu biroz qimmatga tushishi munosabati bilan Forethought elektron yoʻriqnomaga oʻtishga qaror qiladi.

1987-yil Forethought va PowerPoint Microsoft tomonidan $ 14 mln.ga sotib olinadi. 1990-yil Microsoft Office paketi toʻplamidagi Windows uchun versiyasi namoyish qilindi. 2002-yildan boshlab Office XP PowerPointning paydo boʻlishi bilan u Office paketidan alohida ham tarqatilishi mumkin edi. Albatta Q.M.T

Versiyalari

Batafsil maʼlumot Yil, Versiya ...
Yil Versiya Nom Izoh
1990 2.0 PowerPoint 2.0 Windows 3.0 uchun MS Office 1.x tarkibida
1992 3.0 PowerPoint 3.0 Windows 3.1 uchun MS Office 3.0 tarkibida
1993 4.0 PowerPoint 4.0 MS Office 4.x tarkibida
1995 7.0 PowerPoint Windows 95 uchun Office 95 tarkibida
1997 8.0 PowerPoint 97 Office 97 tarkibida
1999 9.0 PowerPoint 2000 Office 2000 tarkibida
2001 10 PowerPoint 2002 Office XP tarkibida
2003 11 PowerPoint 2003 Office 2003 tarkibida
2007 12 PowerPoint 2007 Office 2007 tarkibida
2010 14 PowerPoint 2010 Office 2010 tarkibida
2013 15 PowerPoint 2013 Office 2013 tarkibida
2016 16 PowerPoint 2016 Office 2016 tarkibida
2018 17 PowerPoint 2019 Office 2019 tarkibida
Yopish

Formatlari

Taqdimotlar quyidagi (prefiks yordamida) koʻrinishlarda saqlanishi mumkin:

  • .ppt — PowerPoint taqdimoti
  • .pps — faqatgina PowerPoint taqdimoti
  • .pot — PowerPoint modeli

PowerPoint 2007 oʻzining macOS uchun versiyasida (2008) Office Open XML formatini taqdim etdi. Shundan soʻng taqdimotlar. pptx,. ppsx,. potx koʻrinishiga ega boʻldi. Taqdimotga audio fayl qoʻshish uchun MPEG LAYER 3 18HB 11025 Hz stereo formatini ishlatish zarur.

Muvofiqligi

PowerPoint Microsoft Office qismi hisoblanadi. Bu esa  PowerPointga taqdimot yaratuvchi dastur sifatida dunyoga keng tarqalishiga yordam berdi. Tez-tez PowerPoint taqdimotlari foydalanuvchilar tomonidan boshqa kompyuterlarga joʻnatilib turiladi. Bu esa raqobatchi dasturlar bilan muvofiqlikni taʼminlash zaruriyatini bildiradi. PowerPointning baʼzi taqdimotlari Windows tizimiga oʻrganganligi bois uni macOS PowerPoint versiyasida ochishning iloji yoʻq. Shu sababli Microsoft ochiq standartlarga oʻtishga qaror qildi.

Reklama taqdimoti

Reklama prezentastiyasini yaratish bu koʻp vaqtni talab qiladigan, juda muhim va masʼuliyatli jarayondir. Bu oʻrinda sizdan talab qilinadigani bu rasmlar, animastiya (harakat), qisqa matnlardan iborat ssenariyni oʻylab topish. Prezentastiyalar tayyorlashda eng effektiv va universal vositalardan biri-bu Microsoft Office ilovasidagi-Power Point dasturidir. U grafik axborotlar, taqdimotlar, ovoz, video kliplar, animastiyalardan foydalanib, sifatli taqdimotlar yaratish imkonini beradi. Prezentastiyalarni tayyorlash natijasida:

  • qatnashuvchilarga tarkatish uchun chop qilingan hujjat;
  • kadoskopda foydalanish uchun kalkalar;
  • slaydoskoplarda foydalanish uchun 35-millimetrli slaydlar;
  • choʻntak daftarchasi;
  • elektron prezentastiyalarni olish mumkin.

Microsoft Power Point dasturi 1987-yildan boshlab paydo boʻlgan boʻlsa ham, ammo prezentatsion grafik ishlarida yetakchi oʻrin tutadi. Bu dasturning keyingi versiyalarida esa shu dasturga yangi qoʻshimcha fikrlar va prezentastiyalarni qoʻllashning yangi usullari ishlab chiqildi. Microsoft Power Pointdan foydalanayotgan har bir foydalanuvchi xoh u yangi ish boshlovchi boʻlsa, xoh tajribali boʻlishidan qatʼiy nazar, ushbu dasturga kiritilgan yangi usullarni yuqori darajada baholaydi.
Microsoft PowerPoint – taqdimotlarni tayyorlash va taqdimotlarni hosil qilish uchun moʻljallangan boʻlib, unda yaratilgan taqdimotlarda oddiy animastiyalar hosil qilish mumkin. Taqdimot – maʼruza, biznes reja va hokazolar boʻlishi mumkin. Har bir taqdimot bir necha slayddan tashkil topgan boʻlishi mumkin.
Microsoft Power Point – universal, imkoniyatlari keng boʻlgan, koʻrgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animastiya effektlari, ovoz, videorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini beradi.

Sh._qarang

Tanqid

Dastur bir necha marotaba tanqidlarga uchragan. Tanqidchilarga baʼzida taqdimot dizayn koʻrinishi yoqmagan boʻlsa, baʼzida maʼlumot kiritishdagi kamchiliklar vaʼj qilingan. PowerPointni taqdimot yaratish uchun ishlatmaslikni targʻib qiluvchilar orasida Yelsk oliygohi professori Edvard Tafti va rossiyalik dizayner Artemiy Lebedevlar bor.

Havolalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.