From Wikipedia, the free encyclopedia
Android (yunoncha andro — „inson, erkak“, oid qoʻshimchasi — „robot“; „odamsimon robot“) — smartfonlar, planshetlar, elektron kitoblar, raqamli pleyerlar, qoʻl soatlari, fitnes bilakuzuklar, oʻyin pristavkalari, noutbuklar, netbuklar, smartbuklar, Google Glass koʻzoynaklari[2], televizorlar[3], proyektorlar hamda boshqa qurilmalar (2015-yilda avtomobil koʻngilochar tizimlari[4] va maishiy robotlarga ham oʻrnatildi) uchun operatsion tizim hisoblanadi.
Android | |
---|---|
Soʻnggi versiyasi | Android 14 |
So’nggi test versiyasi | 15[1] |
Qo’llaydigan platformalari | 32-64 bitli ARM, MIPS x86-x64 arxitekturasi |
Yadro tipi | monolit (Linux yadrosining takomillashtirilgani) |
Litsenziya | Apache License 2.0 va GNU GPL 2 |
Holati | faol |
Dastlab ushbu operatsion tizim Android Inc. tomonidan ishlab chiqilgan, keyinchalik uni Google [5] sotib oldi. Operatsion tizim Linux yadrosi[6] va Google tomonidan ishlab chiqilgan Java virtual mashinasiga asoslangan. Keyinchalik, Google ushbu platformani qoʻllab-quvvatlash va uni yanada rivojlantirish bilan shugʻullanadigan Open Handset Alliance (OHA) shoʻbasini yaratdi.
Android operatsion tizimi qurilmani Google tomonidan ishlab chiqilgan kutubxonalari orqali boshqariladigan Java ilovalarini ishga tushirish imkonini beradi. Android Native Development Kit sizga C va boshqa dasturlash tillarida yozilgan kutubxonalar va dastur komponentlari bilan ishlash imkonini beradi.
2014-yilning ikkinchi choragida dunyo boʻylab sotilgan smartfonlarning 86 %ʼda Android tizimi oʻrnatilganligi[7] hamda 2017-yil may oyida ishlab chiquvchilar konferentsiyasida Google butun Android tarixida 2 milliarddan ortiq Android qurilmalari faollashtirilganligini eʼlon qildi.
Android operatsion tizimi qurilmani Google tomonidan ishlab chiqilgan kutubxonalari orqali boshqariladigan Java ilovalarini ishga tushirish imkonini beradi. Android Native Development Kit sizga C va boshqa dasturlash tillarida yozilgan kutubxonalar va dastur komponentlari bilan ishlash imkonini beradi.
Google Android Incʼni sotib olishidan oldin raqamli kameralarni kompyuterlarga bogʻlashni taʼminlovchi oʻz operatsion tizimini ishlab chiqmoqchi boʻlgan[8]. 2005-yil 11-iyulda Google Android Incʼni 130 million dollarga sotib oldi[5]. 2007-yilning 5-noyabrida Google Open Handset Alliance (OHA) tuzilganligini eʼlon qilib, birinchi ochiq mobil Android tizimini namoyish etdi.
Android operatsion tizimining har bir versiyasining kod nomi avval boshida shirinliklar nomi bilan atalardi (bu anʼana 1.5[9][10] dan 9[11] gacha boʻlgan versiyalarda amal qilib keldi). Ismlarning birinchi harflari versiya tartibida lotin alifbosidagi harflarga mos keladi: 1.5 Cupcake („keks“), 1.6 Donut („boʻgʻirsoq“), 2.0/2.1 Eclair („ekler“ shirinligi), 2.2 Froyo (muzlatilgan yogurt — inglizcha frozen yogurt soʻzining qisqartmasi), 2.3 Gingerbread („zamjabilli pryanik“), 3.0 Honeycomb („asalari uyasi“), 4.0 Ice Cream Sandwich („vaflili muzqaymoq“), 4.1/4.2/4.3 Jelly Bean („jeleli loviyachalar“ — konfet turi), 4.4 KitKat (shu nomdagi shokolad brendi[12]), 5.0/5.1 Lollipop („obakidandon“), 6.0 Marshmallow („marshmellou“ — amerikancha shirinlik), 7.0 Nugat („yongʻoqholva“), 8.0 Oreo („Oreo“ pechenyesi), 9.0 Pie („pirog“). Android versiyalariga shirinliklar nomini berish anʼanasi Android 10[11] chiqarilishi bilan tugadi.
2008-yilning 23-sentabrida operatsion tizimning birinchi versiyasini namoyish etdi. Birinchi versiya chiqqanidan soʻng tizim bir necha marta yangilandi. Bu yangilashlar tizimda aniqlangan xatolarni tuzatib, yangi funksiyalar qoʻshdi.
2009-yilda platformaning toʻrtta yangilashlari chiqdi. Shunday qilib, fevralda turli xatolarni tuzatadigan 1.1 versiyasi chiqdi. Aprel va sentabrda mos ravishda 1.5 „Cupcake“ va 1.6 „Donut“ updatelari chiqdi. „Cupcake“ versiyasi bir qancha oʻzgartirishlar kiritdi: virtual klaviatura, video yozish va tomosha qilish, brauzer va boshqalar. „Donut“da birinchi marta CDMA tizimlarini qoʻllash paydo boʻldi. 2009-yilning oktabrida bir nechta Google akkauntlarini, HTML5 tilidagi brauzerni qoʻllaydigan va bir nechta yangiliklar kiritilgan Android 2.0 „Eclair“ operatsion tizimi chiqdi. „Eclair“ (2.1) versiyasida „jonli fon rasmlari“ paydo boʻldi va ekran blokirovkasinining koʻrinishi oʻzgardi.
2010-yilning oʻrtasida Google Android 2.2 „Froyo“ versiyasi chiqdi. 2010-yilning ohirida esa Android 2.3 „Gingerbread“ namoyish etildi. Bu yangilanishlar anʼanaviy blokirovkani raqamli yoki xarf-raqamliga oʻzgartirdi, „kesish“, „nusxalash“, „qoʻyish“ funksiyalarini soddalashtirdi va hokazo.
2011-yilning 22-fevralida Android 3.0 „Honeycomb“ namoyish etildi. Uning asosiy yangiligi planshetga moslashtirilgani edi.
2011-yilning 19-oktabrida chiqqan Android 4.0 „Ice Cream Sandwich“ — birinchi universal tizim (ham planshetlarga, ham smartfonlarga moslashtirilgan) chiqdi.
2012-yilda tizimning yangi versiyasi — „Jelly Bean“ chiqdi. U iyunda 4.1 raqami ostida namoyish etilib, oktabr oxirida yangi update chiqqach 4.2 ga oʻzgardi.
Android ostida ishlaydigan birinchi moslama 2008-yilning 23-sentabrida HTC kompaniyasining HTC Dream smartfoni (T-Mobile aloqa operatori tomonidan T-Mobile G1 nomi ostida namoyish etilgan) boʻldi. Tezda boshqa smartfon ishlab chiqaruvchilari tomonidan Android OT ostida moslamalar chiqarish soʻrovlari paydo boʻldi. Androidning planshetlarga moslashtirilgan 3-versiyasi (Honeycomb) chiqqach planshet ishlab chiqaruvchilariga ham Android yoqib qoldi. Google kompaniyasi ham boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda oʻzining „Google Nexus“ qurilmalarini Android OT ostida chiqara boshladi. Aynan shu qurilmalar birinchi boʻlib yangi versiyalarda chiqdi.
Smartfonlar va planshetlardan tashqari Android AT boshqa moslamalarga ham oʻrnatiladi. Masalan, 2009-yilda sotuvga Androidda ishlovchi fotoramka sotuvga chiqdi. 2011-yilda Blue Sky kompaniyasi Android OT ostidagi „aqlli“ IWatch soatlarini chiqardi. 2012-yil avgustda Nikon dunyodagi birinchi Androidda ishlovchi fotokamerani namoyish etdi. „Google Nexus“ seriyasida smartfon va planshetlardan tashqari Android ostidagi „Nexus Q“ mediapleyeri mavjud. Shu bilan birga Android rusumidagi televizorlar ham mavjuddir.
2012-yil oktabrda Google boshqaruvchi direktori Larri Peyj Android ostidagi moslamalar soni 500 mln.dan ortgani va har kuni 1,3 mln.ga koʻpayotgani haqida xabar berdi.
2008-yil 22-oktabrda Google Android OT dasturlarining onlayn doʻkoni — Android Market ochilishi haqida eʼlon qildi. Kelishivga koʻra yaratuvchilar foydaning 70 %, operatorlar esa qolgan 30 % olishadi. 2009-yil fevralda AQSH va Buyuk Britaniya yaratuvchilarida Android Marketdagi oʻz dasturlari uchun pul olish imkoniyati paydo boʻldi. Sony Ericsson kompaniyasi dasturlarning onlayn doʻkoni Android Marketda shaxsiy kanalini ishga tushirdi. U kanalda kompaniya tomonidan tavsiya etilgan dasturlar va oʻyinlar berilgan. 2011-yil dekabrda Android Market tuzilganidan beri 10 mlrd. dastur koʻchirib olindi.
2012-yil martda Google kompaniyasi „Kitoblar“, „Android Market“, „Musiqa“ va boshqa servislarni yagona Google Play servisiga birlashtirdi. Googel Play internet doʻkoni 190ta davlatda ishlaydi, 700 mingdan ortiq dasturga ega, ochilganidan beri 25 mlrd.ta dastur koʻchirib olingan.
2008-yil 22-oktabrda Open Handset Alliance ochiq platformali Androidga tegishli boʻlgan: operatsion tizim va oraliq dasturiy taʼminotlar hamda Javaʼda yozilgan asosiy yakuniy ilovalarning manba kodini eʼlon qildi. Android manba kodining umumiy hajmi 2,1 gigabaytni tashkil etadi. Android manba kodi uchun Apache 2.0 litsenziyasi „Maʼqullangan litsenziya“ hisoblanadi.
PC Magazine Android 4.0 Ice Cream Sandwichʼni tahrirlovchilar tanlovi mukofotiga sazovor qilib, OSning yangi versiyasi platformaga koʻplab yaxshilanishlarni olib kelganini, shu jumladan smartfon va planshet tizimlari oʻrtasidagi farqni yoʻq qilganini taʼkidladi.
2012-yil mart oyida Rossiyaning "Vedomosti" gazetasi Android planshet kompyuterlar bozorida oʻzining asosiy raqobatchisi Applega qarshi gʻalaba qozongani haqida xabar berdi. Buning sababi, deydi tahlilchilar, Apple oʻz qurilmalari premerasini bir necha oyga kechiktirishidir. Shu bilan birga, iOSʼga nisbatan xaridorlarga „androidli“ qurilmalarni arzonroq narxda taklif qilishdidir deya eʼtirof etdi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.