Remove ads
From Wikipedia, the free encyclopedia
Dunyo tillari yoki jahon tillari — Yer sharida yashovchi (yoki avval yashagan) xalqlarning tillari. Ularning umumiy soni 2500-dan 5000 gacha. Koʻp tarqagan dunyo tillarining safiga (million kishi hisobi bilan 1985-yilgi maʼlimot boʻyicha) kiruvchi tillar: xitoy (1 mlrd-dan ziyod), ingliz (420), hind, oʻnga yaqin urdu (320), ispan (300), rus (250), indoneziya (170), arab (170), bengal (170), portugal (150), yapon (120), nemis (100), fransuz (100), panjob (82), italyan (70), koreys (65) tillari. Bu hisobga ularni gapiruvchilari bilan birga millatlararo, xalqlarolik aloqa sifatida foydalanuvchilar ham kiradi. Barcha dunyo tillari yaqinligiga qarab tilli oilalarga boʻlinadi. Ularning har biri yaqin dialektlari guruhidan chiqqan, qadimgi zamonlarda bir tilning dialektlari boʻlgan yoki bir tilli ittifoqqa kirgan.
Jahon tillari — yer yuzida hozirgi yashayotgan va qad. yashab oʻtgan xalqlarning tillari. J. t. umumiy soni turli manbalarda 2500 dan 5000 va undan ortiq deb koʻrsatiladi (bularning aniq sonini belgilash juda murakkab, chunki tillar oʻrtasidagi va bir tilning dialektlari orasidagi farqlar nihoyatda shartlidir). J. t. ichida keng tarqalganlari (soʻzlashuvchilar soniga koʻra) quyidagilar: xitoy, ingliz, rus, ispan, hind va urdu, indonez, arab, bengal, portugal, yapon, nemis, fransuz, italyan, panjob, telugu, koreys, maratxa, tamil, ukrain va b. Qarindoshligiga koʻra J. t. tillar oilasiga birlashadi. Bulardan eng keng tarqalgani hind-yevropa tillari oilasiga mansub tillardir. Mazkur tillar taraqqiyoti tarixida qad. hind davri — vedalar, sanskrit tili, oʻrta hind davri— pali va prakriti tili, soʻnggi hind davri — hozirgi hind va unga yaqin boʻlgan urdu, bengal, maratha, panjob, gujorat, oriy sindxi, nepal, singal va b. alohida ajralib turadi. Eron tillari genetik jihatdan hind tillariga eng yaqin tillar hisoblanadi. Bular orasida qad. eron tili — qad. fors, ovasta, skif tillari; oʻrta eron — oʻrta fors (pahlaviy), parfiya, sugʻd, xorazm va b.; soʻnggi eron — fors, pushtu (afgʻon), kurd, osetin, pomir, tojik va b. tillar alohida ajratib koʻrsatiladi. Bu tillar vakillari mil. av. 3-ming yillikda Gʻarbiy Osiyo va Shim. Qora dengiz va Kaspiy boʻyi hududlariga tarqay boshlaydi. Qad. hind tilidagi matnlarning dastlabkilari mil. av. 1-ming yillikda yozilgan boʻlib, prakriti tillari ulardan rivojlanib, ajralib chiqqan, oʻz navbatida bu tillardan soʻnggi hind tillari — hind, urdu, bengal, maratha, panjob, rajastxon, gujorat, oriy va b. tillar vujudga kelgan. Mil. av. 1-ming yillikdan boshlab Yevropada hind-yevropa tillarining gʻarbiy guruhiga mansub tillardagi yozuv yodgorliklar maʼlum. Bular ulik italiy tillar boʻlib, lotin, falisiy, osk, umbars va b. shu guruhga mansub. Lotin tilining mahalliy turidan roman tillari tarkib topadi: bular — ispan, portugal, fransuz, katalon, provansal, italyan, sardin, reto-ro-man, rumin, moldovan va b. tillardir. Kelt tillari ham italiy tillariga yaqin turadi va hind-yevropa tillari oilasining alohida guruhini tashkil etadi. Buning tarkibiga hozirgi breton, val (uels-breton), irland, shotland, gel, mena, shuningdek, ulik galla va kornuel (korn) tillari kiradi. Qad. hind-yevropa tillari oilasi guruhiga german tillari ham kiradi. Xoz. german tillari quyidagi guruhchalarga boʻlinadi: 1) shim. german (yoki Skandinaviya) guruhchasi. Buning tarkibiga shved, norveg, dan, island va fareriya tillari kiradi; 2) gʻarbiy german guruhchasi. Buning tarkibiga ingliz, nemis, niderland (golland), friz, idish va afrika tillari kiradi. Sobiq sharqiy german guruhchasiga kirgan tillar (got va b.) ulik tilga aylangan. Hind-yevropa tillari oilasiga kiruvchi baltlar va slavyan tillari guruhlari bir-biriga yaqin turadi. Boltik, tillari tarkibiga hozirgi latish, litva, shuningdek, ulikpruss va b. tillar kiradi. Slavyan tillari guruhida: sharqiy slavyan — rus, ukrain va belorus; gʻarbiy slavyan — polyak, chex, slovak, lujitsa va ulik polab tillari; jan. slavyan tillari guruhida esa serb-xorvat, Sloveniya, bolgar, makedon, shuningdek, eski slavyan tillari bor. Grek, arman va alban tillari hind-yevropa tillari oilasining alohida guruhini tashkil etadi. Xet tili, tohar tili, frigiy, frakiy, illiriy va b. tillar koʻhna hind-yevropa tillaridan hisoblanadi.
Som-xom tillari (anʼanaga koʻra afrika-osiyo tillari oilasi deb ham ataladi) tarkibiga som tillari (ulik akkad, eblait, koʻhna xanaan, qad. yahudiy, qad. oromiy, efiop va b. tillar, shuningdek, xoz. ivrit, arab, amhara, tikrika va b. tillar), barbaraliviya, chad (bular orasida eng koʻp tarqalgan — xausa), kushit (somali, galla va b.), allaqachon ulik tilga aylangan misr tili, undan kelib chiqqan kott tili kiradi.
Finugor tillari, bir tomondan, ugor tillari (venger, xanti va mansi tillari)ga, ikkinchi tomondan, 4 guruhchaga: perm (udmurt, komiziryan va komipermyak) tillari, volga (mari va mordva) tillari, boltiq boʻyifin (fin, eston, kenel va b.) tillari va suomi tillariga boʻlinadi.
Turk, oʻzbek, ozarbayjon, tatar, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq, chuvash, boshqird, saxa, gagauz, qorayim va b., shuningdek, bir qator ulik tillar turkiy tillar oilasini tashkil etadi. Bu tillar quyidagi guruhlarga birlashadi: 1) bulgʻor (chuvash tili shunga mansub); 2) jan.-gʻarbiy (turk, ozarbayjon, turkman va b. tillar); 3) shim.-gʻarbiy (tatar, boshqird, qorayim, qumiq, noʻgʻoy, qoraqalpoq, qozoq tillari va oltoy tillariga birlashib qirgʻizqipchoq guruhini tashkil etuvchi qirgʻiz tili); 4) jan.-sharqiy (oʻzbek va uygʻur tillari); 5) shim.-sharqiy (Saxa Respublikasi, Sibir va Oltoydagi boshqa tillar, shuningdek, ulik turkiy tillar, yaʼni qad. turkiy yozuvdagi Urxun-Yenisey va b. yozuv yodgorligi bitilgan tillar).
Buryat, hozirgi moʻgʻullarning oʻz tili va bularga yaqin qalmoq, oyrot va b. tillar moʻgʻul tillarini tashkil etadi. Tungusmanjur tillari tarkibiga manjur, even va b. tillar kiradi. J. t. orasida yapon tili (unga qardosh boʻlgan ryukyusi tili) aniq oʻz oʻrniga ega emas. Baʼzi olimlar bularni (koreys tilini ham) oltoy tillari guruhiga qoʻshadilar. Dravid tillari tarkibiga telugu, tamil, kannada, malayalam, tulu, gondi va b. tillar, shuningdek, bularga qardosh elam tili kiradi. Baʼzi ilmiy farazlarga koʻra, hindevropa, som-xom, kartvel, oʻrol, oltoy, dravid tillari yagona ulkan tillar oilasini tashkil etadi.
Kartvel (jan. Kavkaz) tillari tarkibiga gruzin, zan (yoki mergelochan) va svan tillari kiradi. Shim. Kavkaz tillari 3 guruhdan — abxaz, adigey, nax va dogʻiston tillari guruxidan iborat. Xitoy-tibet tillari tarkibida xitoy, tibet-birma (tibet, birma, ulik tangut, kachin), shuningdek, himo-lay, nevar va b. tillar bor. Baʼzi tasniflarga koʻra, avstronez tillari alohida oilani tashkil etadi va monkxemer, palaungva, Vyetnam, malakka, munda, myao-yao va b. tillarni oʻz ichiga oladi. Malayya-polineziya tillari (qarang Malayya tili va Polinez tillari) koʻpchilik olimlar tomonidan bir oilani tashkil etadi deb hisoblanadi. Uning tarkibi, anʼanaga koʻra, 4 guruhga bulinadi: indonez tillari, melanez tillari, polinez tillari va mikronez tillari. Osiyo qitʼasidagi tillar orasida kelib chiqishiga koʻra, turlicha boʻlgan paleoosiyo tillari alohida oʻrin tutadi. Paleoosiyo tillari va ulib borayotgan ayna tilida Shim. Amerika indeyslari tillariga xos xususiyatlar uchraydi. Avstraliya tillari bitta oilani tashkil etadi. Garadye, narinyeri, mudura, aranda, vadyug va b. qabilalarning tillari shu oilaga mansub. Hind-Tinch okean (shu jumladan, koʻp sonli papuas tillari) va andaman tillarining bir-biriga qardoshligi aniqlangan. Afrika tub aholisining tillar tasnifi tugal ishlangan emas. Oʻz tarkibiga eng kup tillarni nigerkordofan yoki kongo-kordofan oilasi birlashtirgan (qarang Niger-kongo tillari). Bu oilaga mande, kva, bantu (shulardan eng kup tarqalgani suaxili), gur va b. tillar guruhi kiradi. Afrika xalqlari tillari orasida koysan tili (gottentot va baʼzi b. tillar) alohida oʻrinni tutadi. Indeys tillari tugal tadqiq etilmagan, uzaro genetik aloqalari xususida aniq, ilmiy maʼlumotlar yoʻq. J. t.ning anchaginasi haqidagi maʼlumotlar bizgacha saqlanib qolgan qad. yozuv yodgorliklaridan maʼlum, koʻpgina tillar esa izsiz yoʻqolgan. Jan,-Sharqiy Osiyo, Afrika va Amerika xalqlari tillarining tasnifi ishlab chiqilmagan. Shuning uchun insoniyatning til tarixi hozirgi fanda uncha toʻliq yoritilgan emas.
Til oilarining anchasi faqat shaxsiy er nomlari bilan kirma elementlarda saqlangan yoki batamom yoʻqolgan deyishga boʻladi. Ayrim qadimgi tillardan saqlangan yodgorliklarning (masalan, krittegi ieroglif tili) maʼnosi hali hanuz chiqqani yoʻq. Ayrim qadimgi madaniy tillar (shumer, etrus) soʻngi yillarda bir qator tekshiruvlar borligiga qaramasdan, tillarning genealogik guruhlarga boʻlishida hali hanuz aniq oʻrin topmagan. Amerika, Afrika, Janubiy-sharqiy Osiyo, Yangi Gvineya va Okeaniyadagi koʻpgina tillar hali hanuz batamom tekshirilib guruhlarga ajralgani yoʻq.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning maʼlumotiga koʻra, 1992-yilda yer yuzi axolisi 5 milliard-u 200 milliondan ziyod edi. Dunyodagi xalqlar 2976 xil tilda gaplashadi. Shundan 200 tilning har birida bir milliondan ortiq 70 tilning xar birida 5 milliondan ziyod, faqat 13 tilning xar birida 50 milliondan ortiq kishi soʻzlashadi. Qolganlarining xar birida esa bir milliondan oz kishi gaplashadi. Kavkaz togʻlarining bagʻriga joylashgan Dogʻistonda bir milliondan ortiq xalq boʻlib, ular qirqga yaqin tilda soʻzlashadi.
Tillar tirik tillar va oʻlik tillar ikkiga boʻlinadi. Xalqlar hozir gaplashadigan tillar tirik til xisoblanadi, masalan: ukrain tili, ozarbayjon tili, rus tili va boshqalar. Bizga yozma yodgorliklari yetib kelgan, ammo yer yuzida yashayotgan xalqlarning xar biri xozir muomalada ishlatmaydigan til oʻlik til deb yuritiladi, masalan: lotin tili, qadimgi xind tili yoki, sanskrit, qadimgi slavyan tili, qadimgi xorazmiy tili va boshqalar; Lotin tili koʻp asrlar davomida tirik til boʻlgan: antik davr da rimliklar va Rim imperiyasidagi koʻp xalqlar lotin tilida gaplashganlar. Bu tilda ilmiy va publisistik asarlar yozilgan, ajoyib badiiy asarlar yaratilgan, Bunday asarlar hozir ham turli tillarga tarjima qilinib, nashr etilyapti. Bu tildan hozir ham oʻrta va oliy tibbiyot uquv yurtlarida xabardor qilinadi. Tibbiyotda kishi aʼzolari nomlari, dorilariing nomlari va boshqalar lotincha yoziladi va aytiladi. Bizning davrimizda jahon xalqlarining 30 foizdan ziyodi oʻz yozuvlariga lotin alifbosini asos qilib olganlar. Oʻlik til hisoblanadigan qadimiy xorazmiy tili va yozuvi eroniy tillarning sharqiy turkumiga mansub boʻlib, qadimiy Xorazm aholisi shu tilda gaplashgan. Xorazmiy tili XI asrlarga Kelib istteʼmoldan qolgan va oʻlik til holiga kelgan. Dunyodagi tillar kelib chiqishi, lugʻaviy va grammatik jihatdan yakdil’igiga qarab bir nNecha til oilalalariga boʻlinadi.
Til oilalari, oʻz navbatida turkumlarga boʻlinadi, masalan, tillarning hind-yevropa oilasi quyidagi til turkumlarini oʻz ichiga oladi.
Bu til turkumlarining hammasi bir asos tildan hosil boʻlgan. Oʻzbek tili tillarning oltoy oilasining turkiy turkumiga kiradi. Maʼlum tillarning paydo boʻlishi uchun manba boʻlib, oʻzi aloqa vositasi sifatida ishlatilmaydigan boʻlib qolgan til asos til (bobo til) deb yuritiladi. Odatda, bir tilda gaplashadigan xalq qandaydir tarixiy sabablar bilan qabilalarga boʻlinib, turli tomonlarga tarqalgan va bu qabilalarning bir-biridan aloqalari uzilgan. Xar bir qabilaning tili oʻz taraqqiyotida davom etgan.
Tirik til hamma vaqt rivojlanib turadi. Ammo bu qabilalarning turmush sharoitlari har xil boʻlgan. Demaq ularning tillari ham turli yoʻllar bilan rivojlanib borgan. Oradan maʼlum davr utishi bilan bir vaqtlar bir xalqdan paydo bp’lgan qabilalar tilida uzgarishlar roʻy berib, bir qabila kishilari boshiqa bir qabila kishilarining tilini yaxshi tushunmaydigan boʻlib qolgan. Har bir qabilaning tili bir vaqtlar bu qabilalar uchun umumiy boʻlgan tildan sezilarli farq qilib qolgan. Shunday qilib, bir vaqtlar umumiy boʻlgan til qabilalarning yangi paydo boʻlgan tillariga nisbatan asos til hisoblandi. Til asosan muloqot vositasi hisoblanadi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.