Urdu (Mahalliy ravishda Lashkari nomi bilan tanilgan)— Pokistonning ingliz tili bilan bir qatorda rasmiy va Hindistonning Konstitutsiyada tan olingan 15 ta asosiy adabiy tilidan biri. Genetik va tuzilish jihatidan hindiy tiliga oʻxshaydi. Hindevropa tillari oilasining hindoriy tillari guruhiga mansub. Pokistonda, asosan, yirik shaharlar (Karochi, Ravalpindi, Lohur, Islomobod va boshqalar), Hindistonda esa UttarPradesh, Bihar, Maharashtra, AndhraPradesh shtatlaridagi musulmon aholi gaplashadi. Soʻzlashuvchilar soni Hindistonda 30 mln.dan ortiq, Pokistonda 20 mln. ga yaqin kishi (20-asrning 90-yillari). Dehli atrofidagi khari boʻli deb ataladigan lahjalar asosida tashkil topgan. Shular asosida 13—14-asrlardamillatlararo ogʻzaki muomala tili — hindistoniy (hindaviy) shakllangan. Mazkur tilning Dakan (Janubiy Hindiston) dagi shakli dakhiniy ("janubiy") deb nom olgan. Hindistoniyning avval rexta, keyinchalik U. deb atalgan adabiy shakliga, uning leksikasiga fors tili kuchli taʼsir oʻtkazgan. Hozirgi U. 19-asr boshlarida asosan shakllanib boʻlgan. U hindiy tilitsan alifbosi va leksikasi bilan farq qiladi. U. bir qancha yangi belgilar qoʻshilgan arab alifbosiga asoslangan yozuvdan foydalanadi. 1947-yildan keyin U. ikkala davlatda turli sharoitlarda rivojlandi. Shu sababli Pokiston urdusida leksikaning boyish manbai, asosan, arab va fors tillari boʻlsa, Hindiston urdusida hindiy (sanskrit) tilidir. U. bilan hindiy orasida ayrim fonetik va grammatik farklar ham bor. Hindistonda U. ning hindiy tili bilan yaqinlashish alomatlari koʻrinmokda. A. Ibrohimovning "Urduchaoʻzbekcha mushtarak soʻzlar lugʻat"i (1998) Toshkentda, T. Xolmirzayevning "Urduchaoʻzbekcha lugʻat"i (2003) Islomobodda nashr etilgan.
- Dimshits Z. M., Grammatika yazikaurdu, M., 2001; Davidova A. A., Uchebnik yazika urdu, M., 2003; Shamatov A. N., Klassicheskiy dakxini (Yujniy xindustani 17 v.), M., 1974.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.