Ishratxona
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Ishratxona – Temuriy Abu Said tomonidan qurilgan Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (1397—98). Bogʻi Dilkusho oʻrtasidagi koʻshk binosi. Ishratxonaning (Ashratxona, Oʻn xona) meʼmoriy shakllari, nafis bezaklari xashamatli.
Ishratxona maqbarasi Ashratxona | |
---|---|
Joylashuv | Samarqand |
Binokor | Habiba Sultonbegim |
Bagʻishlangan | Havand Sultonbeka |
Turi | Maqbara |
Meʼmoriy uslubi | Temuriylar davri me'morchiligi |
Qurila boshlagan | 1459-yil |
Qurilish tamomlangan | 1463-yil |
Xarita | |
Koordinatalari | 39°38′35″N 66°59′26″E |
Ishratxona yodgorligi haqida maʼlumotlar birinchi marta XIX asrning 30-yillarida yozilgan „Samariya“ asarida keltirilgan. Asarda yozilishicha, Ishratxonaga amir Jaloliddinning qizi – Habiba Sulton asos solgan. XIX asrning oʻrtalarida Rossiyaning Buxoro amirligidagi elchixona aʼzosi boʻlgan topograf Yakovlev Samarqand shahrining bosh rejasini tuzib, qalʼa darvozasidan janubi-sharqiy tomonda joylashgan obidani katta shartli belgi va „Temur davridan qolgan bino“ yozuvi bilan belgilab qoʻygan edi[1]. Akademik Vasiliy Bartold Samarqand shahrini oʻrganishda Ishratxonaga „nestorianskiy yodgorligi“ nomini bergan. Oradan biroz muddat oʻtib, arxeolog V.Vyatkin 1464-yilga tegishli qiziq hujjat – Samarqandda Habiba Sultonbegimning yer hududini, qullari va turli mulklarini saqlash uchun ajratilgan yerlarning vaqf hujjatini topdi. Hujjatni tayyorlashda Samarqand hukmdori Sulton Abu Saidning 60 nafargacha saroy amaldorlari jalb qilingan. Binoning vaqf hujjatlarida yozilishicha, Temuriy hukmdor Abu Saidning rafiqasi Habiba Sulton erta vafot etgan qizi malika Havand Sultonbekaning qabri ustiga gumbazli inshoot qurdirgan. Maqbara qisqa davr ichida, yaʼni 3-4 yil davomida qurilgan. Qurilish ishlari 1463-yilning mayida tugatilgan. Asta-sekin maqbaraning sakkiz burchakli keng hududi 23 nafar ayollar va bolalar dafn etilgan sulolaviy qabrga aylandi[2]. Binoning nomi fors tilidan tarjima qilinganda „Ishratxona“, yani, „Oʻyin-kulgilar uyi“ maʼnosini bildiradi. Mutaxassislarning fikriga koʻra, bu nom arab tilidan „Oʻn xona“ deb tarjima qilingan „Ashrat Xona“ soʻzining notoʻgʻri talaffuzi tufayli paydo boʻlgan. Ishratxona hududida dastlabki arxeologik qazishmalar 1939—1940-yillarda akademiklar Mixail Masson va Galina Pugachenkova tomonidan olib borilgan[3]. Arxeologik tadqiqotlar natijasida bino deyarli 5 metrga chuqurlikdagi katta poydevor ustida qurilganligi aniqlandi. Shuningdek, Ishratxona maqbarasi ostidan 20 ga yaqin kishilarning jasadlari topilgan[4]. Ishratxona XV asrda barpo etilgan. Saroyni qurilishida oʻsha davrning mashhur usta hunarmandlari ish olib borgan. Ishratxona majmuasi tarkibiga koʻrkam va kamtarona interyerga ega masjid, dafn marosimlari oʻtkaziladigan va janoza namozini oʻqish uchun 1 va 2-qavatlarda joylashgan hujralar kiradi. XVI asrda maqbara yaroqsiz holatga kelib qolgan. Toʻgʻrirogʻi, bino talon-taroj qilingan. Bunga XVII asrda Samarqandda boshlangan shiddatli qurilishlar sabab boʻlgan. Dastlab Ishratxona marmar panelidan ajraldi. Chunki katta plitalar Registon maydonida barpo etilayotgan Sherdor va Tillakori madrasalariga zarur edi. Shuningdek, marmar qabr toshlari qoʻshni Abdidarun qabristoniga olib borilib, eski plitalar yangi marmar toshlarga yangilangan.
Baland devor bilan oʻrab olingan bogʻ oʻrtasidagi kurkam imorat – koʻshki Dilkusho (tarhi 30x22,4 m) peshtoqining ikki qanotiga ikki oshyonli xonalar yondoshgan. Izorasi toshdan, bezaklari silliq gʻishtdan, choklari fe-ruza va lojuvard rang koshin bilan qoplangan. Peshtoq ravogʻi ichida yana bir kichik ravoq boʻlib, uning ichki devoriga izora ishlangan. Ikki yonidagi kichik eshikchalar va darvoza orqali ichkariga kirilgan. Ikki oshyon balandligidagi katta xonaqoh – miyonsaroy (tarhi 8x8 m) toʻridagi eshik orqali tashqariga chiqilgan. Jan. dan 3 xonali saroyga oʻtiladi. Shim. dan esa mexrobli, uzunchoq xonai xos (taxminlarga koʻra, koʻshk masjidi)ga oʻtilgan. Mi-yonsaroyning tashqi burchaklarida 4 aylana zina boʻlib, ular orqali yuqoridagi oshyon xona (hujra)larga va gumbaz tomga chiqilgan. Miyonsaroy ostidagi 8 qirrali yer osti „sardoba“ – tagxonasida saroy mulki va oziqovqat mahsulotlari saqlangan. Tagxona izorasi koshin va toshdan ishlangan.
Miyonsaroy shipi juda murakkab oʻzaro kesishuvchi ravoklar va burchaklardagi qalqonsimon bagʻallardan tashkil topgan. Izorasi koshinkori naqsh, uning tepasi oppok, ganch ustiga ishlangan rangbarang naqshinkor gullar chamaʼnzoriga aylangan. Ular orasida bir oz boʻrtib turgan kundal gullari xonani yanada jilvador etgan. Miyonsaroy usti tashqi tomondan ikkinchi gumbaz bilan qoplangan. Bu gumbaz baland davra chambarakka urnatilgani uchun ham qaddi raso va mahobatli. Chambarak yuzasi girihli koshinkor naqshlar bilan bezatilgan. Gumbaz butunlay feruza gʻishtlar bilan krplangan. Shuning uchun ham koʻshk keyinroq „koʻk gumbaz“ nomi bilan atalgan. I. dagi islimiy va girih naqshlar, zarhal kundal bezaklar milliy meʼmorlik xazinasidagi noyob durdonalardan hisoblanadi.
Hozir ham I. ning qoldiklari garchi ancha qismini yoʻqotgan boʻlsada, kurkam va jozibali koʻrinadi. Uning baland gumbazi 1903 y. dagi kuchli zilzila vaqtida qulab tushgan. Pekin gumbaz tuzilishini 1872 y. da olingan su-ratdan aniqlab olish mumkin. I. binosi Amir Temur Samarkand atrofida alohida ixlos bilan, shaxsan oʻzi nazo-ratida qurilgan bogʻ koʻshklari ichida eng mashhuri va eng muxtashami sifatida, ayniqsa saqlanib qolgan yagona namuna sifatida Oʻzbekiston meʼmorligi tarixida alohida oʻrin tutadi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.