From Wikipedia, the free encyclopedia
1) qoʻshin safi, jangovar tartib (yasol) yoki operativ tizilishning oʻng yoki chap qismini ifodalovchi atama. Oʻrta asrlarda qoraxoniylar qoʻshinining oʻng Qanoti — oʻng, chap Qanoti — soʻl, chingiziylar lashkarining oʻng Qanoti — barangʻar, chap Qanoti — juvangʻar, temuriylar qoʻshinining oʻng Qanoti — barangʻar, oʻng qoʻl — maymana, chap Qanoti — juvangʻar va soʻl qoʻl — maysara atamalari bilan anglashilgan;
Qanot:
2) oʻrta asrlarda koʻchmanchi moʻgʻullar va Chingiziylar davrida saltanatning 2 — oʻng va chap qismi. 13-asrning 40-yillarida Joʻji ulusi ikki Qga boʻlingan. Oʻng Qanot Botu va Shaybon (Dunaydan Irtish va Chulutgacha)ga tegishli yerlardan, chap Qanot esa Joʻjining toʻngʻich farzandi Oʻrdaga taalluqli hududlar (hozirgi Qozogʻistonning jan.sharqi)dan iborat boʻlgan;
3) AQSH harbiyhavo kuchlarida yetakchi tashkiliy va taktik harbiy qism. Vazifasi va qurollanishiga muvofiq, Qanot ogʻir bombardimonchi, oʻrta bombardimonchi, havo kosmik (raketa), aygʻoqchi (razvedkachi) va yoqilgʻi bilan taʼminlovchi (zapravkachi) turlarga taqsimlanadi. Qanot shtabqarorgoh, 2—5 eskadrilya, aerodrom xizmati guruhi va moddiytexnika taʼminoti boʻlinmalaridan tashkil topgan. 2—3 Qanot aviadiviziyani tarkib toptiradi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.