Bagʻal – meʼmoriy bezak. Gumbaz ostidagi shakl. Toʻgʻri toʻrtburchak, murabba targʻli xonalar bagʻal yordamida doira shakliga keltiriladi. Binoning ichki qismidagi gumbaz ostiga yoki poygumbazga ishlanadi. Gumbaz ogʻirligi asosan bagʻalga tushadi. Koʻpincha ravoqchalar koʻrinishida boʻladi. Vizantiya meʼmorligining asosiy konstruktiv elementlaridan biri hisoblangan (asosan xochsimon tarhli binoning gumbazlari qurilishida), keyinchalik rus meʼmorligida ham qoʻllangan. Shuningdek Uygʻonish davri meʼmorligida gumbazli binolar qurishda bagʻalning murakkab namunalari yaratilgan. Turkistonda IX–XI asrlar meʼmorligida qoʻllanila boshlagan. XIV –XV asrlarda bagʻal yuksak darajada rivojlanib, uning oʻziga xos milliy meʼmorlik anʼanalari asosida badiiy namunalari yaratilgan. Saroy, madrasa, masjid, maqbaralar qurilishida sergʻovak, charhi, ravoqli, qalqonsimon ravoqli, muqarnas ravoqli, qalqonsimon mumtoz, toʻliq boʻlmagan qalqonsimon, ravoklarda kesishgan koʻp qatlamli qalqonsimon kabi bagʻallardan foydalanilgan. Bagʻallar toʻrt, sakkiz, katta binolarda oʻn olti ravoqchali qilib ishlangan, oraligʻi gajaklar yordamida toʻldirilgan, uchburchak shaklida yupqa devor hoshiyalar terilgan. Muqarnas, iroqi, iroqi-muqarnas, pogʻonali, qolipkori uslubida bezatilgan. Keyingi yillar meʼmorligida ham uchraydi[1].
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.