Borisov Arena
Futbol stadioni From Wikipedia, the free encyclopedia
Futbol stadioni From Wikipedia, the free encyclopedia
Borisov Arenas (Belarus: Barisaoʻ-Arena, Barysaw-Arena; ruscha: Borisov-Arena) — Belarusning Borisov shahrida joylashgan futbol stadioni. FC BATE Borisov va Belarus milliy futbol terma jamoasining uy stadionidir. Stadion 13.126 nafar futbol ishqibozini oʻz bagʻriga sigʻdira oladi[3][4].
| |
Joyi | Barysaw, Belarus |
---|---|
Koordinatalari | 54°11′35″N 28°28′31″E |
Asos solingan | 2011-2014 |
Qachon ochilgan | 3-may, 2014-yil |
Egasi | BATE Borisov |
Yuzasi | Grass |
Inshoot narxi | 40,000,000 €[1] |
Meʼmor | OFIS Architects |
Hajmi | 13,126[2] |
Maydon oʻlchami | 105 m × 68 m (344 ft × 223 ft) |
Maydon egalari | |
FC BATE Borisov (2014-) Belarus milliy futbol terma jamoasi (2014-2017; 2019) |
2008-yilda BATE FK UEFA Chempionlar ligasining guruh bosqichiga chiqqan birinchi Belarus klubi boʻldi. Klubning Borisovdagi stadioni guruh bosqichi oʻyinlarini oʻtkazish boʻyicha UEFA talablariga javob bera olmadisdi. Shu bois BATE oʻz raqiblarini „Dinamo Minsk“ stadionida qabul qilishga majbur boʻlgan. Keyingi yil borisovliklar UEFA Yevropa ligasining guruh bosqichiga yoʻllanma olishdi. Klub bosh direktori Anatoliy Kapskiy UEFA talablariga javob beradigan 12-15 ming sigʻimga ega yangi stadion qurish rejasi haqida maʼlum qildi.
Stadionni loyihalashtirish ishlari Sloveniyaning „Ofis arhitekti“ nomli kompaniyasiga topshirilgan. Namuna sifatida Maribordagi „Ljudski vrt“ stadioni olingan. Loyihalashtirish ishlari 2010-yilning yozida oʻz yakuniga yetgan. Shuningdek, asosiy loyihaga qoʻshimcha ravishda taxminan 3000 m2 savdo kompleksi ajratilgan. Keyinchalik loyihaga baʼzi oʻzgartirishlar kiritilgan. Borisov Arenaning qurilish jarayoni 2010-yilning 12-noyabr kuni rasman boshlangan.
Borisov Arenadagi birinchi rasmiy oʻyin 2014-yil 3-may kuni oʻtkazilgan. Ochilish bahsi 2013—2014-yilgi Belarus kubogining final oʻyiniga toʻgʻri kelgan. Final „Neman Grodno“ va „Shakhtyor Soligorsk“ klublari oʻrtasida boʻlib oʻtgan soligorskliklar 1-0 hisobida gʻalaba qozonib, kubokni qoʻlga kiritishgan. Ukrainalik yarim himoyachi Artem Starhorodskiy Borisov arena tarixidagi ilk gol muallifiga aylangan.
Belarus milliy futbol jamoasi 2014-yil 4-sentyabr kuni Borisov Arenada oʻzining ilk oʻyinini oʻtkazgan. Oʻrtoqlik oʻyinida Tojikiston terma jamoasini 6-1 hisobida magʻlub etgan[5]. Birinchi rasmiy uchrashuv 2014-yilning 9-oktyabr kuni oʻtkazilgan. Yevro — 2016 saralashi doirasida Belarus termasi 10.512 tomoshabin koʻz oʻngida Ukrainaga 0-2 hisobida magʻlub boʻlgan[6].
# | Sana | Raqib | Natija | Tomoshabinlar soni | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|
1 | 4-sentyabr, 2014-yil | Tojikiston | 6-1 | 2,400 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
2 | 9-oktyabr, 2014-yil | Ukraina | 0-2 | 10,512[6] | Yevro — 2016 saralash |
3 | 12-oktyabr, 2014-yil | Slovakiya | 1-3 | 3,684[7] | Yevro — 2016 saralash |
4 | 18-noyabr, 2014-yil | Meksika | 3-2 | 6,700 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
5 | 14-iyun, 2015-yil | Ispaniya | 0-1 | 13,121 | Yevro — 2016 saralash |
6 | 8-sentyabr, 2015-yil | Luksemburg | 2-0 | 3,482 | Yevro — 2016 saralash |
7 | 12-oktyabr, 2015-yil | Makedeniya | 0-0 | 1,545 | Yevro — 2016 saralash |
8 | 6-sentyabr, 2016-yil | Fransiya | 0-0 | 12,920 | JCH — 2018 saralash |
9 | 10-oktyabr, 2016-yil | Luksemburg | 1-1 | 9,011 | JCH — 2018 saralash |
10 | 9-iyun, 2017-yil | Bolgariya | 2-1 | 6,150 | JCH — 2018 saralash |
11 | 9-sentyabr, 2017-yil | Shvetsiya | 0-4 | 6,431 | JCH — 2018 saralash |
12 | 7-oktyabr, 2017-yil | Niderlandiya | 1-3 | 6,850 | JCH — 2018 saralash |
13 | 8-iyun, 2019-yil | Germaniya | 0-2 | 12,510 | Yevro — 2020 saralash |
14 | 11-iyun, 2019-yil | Shimoliy Irlandiya | 0-1 | 5,250 | Yevro — 2020 saralash |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.