From Wikipedia, the free encyclopedia
Aleksey Vladimirovich Nikolayev (1979-yilning 5-sentyabrida tugʻilgan) Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi hamda Bunyodkor klubining sobiq futbolchisidir[1].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Aleksey Vladimirovich Nikolayev | ||
Tavallud sanasi | 5-sentyabr 1979-yil | ||
Tavallud joyi | Voronej SSSR | ||
Boʻyi | 1.84 m (6 ft 0 in) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Faoliyatini yakunlagan | ||
Raqami | 28 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1996 | Progress | - | (-) |
1999—2000 | Metallurg Bekobod | - | (-) |
2000—2002 | Qizilqum | 96 | (14) |
2003—2005 | Paxtakor | 73 | (2) |
2006 | FC Shinnik Yaroslavl | 2 | (0) |
2006—2007 | Aktobe | 31 | (3) |
2008 | Quruvchi | 25 | (0) |
2009 | Shenzhen F.C. | 27 | (0) |
2010 | Dinamo Samarqand | 24 | (1) |
2011 | Qizilqum | 24 | (3) |
2012 | Paxtakor | 7 | (0) |
2012—2013 | Buxoro | 31 | (2) |
2014 | NBU-Osiyo | 21 | (2) |
2015 | Qoʻqon 1912 | 4 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Futbolchilik faoliyatini 2000-yilda „Qizilqum Zarafshon“ klubida boshlagan. 2003—2005 yillarda „Paxtakor“ safida toʻp surgan va uch karra Oʻzbekiston Oliy ligasi chempioni boʻlgan. 2006-yilda u Yaroslavlning „Shinnik“ jamoasida ikkita oʻyin oʻtkazdi. 2006-yildan 2007-yilgacha „Aktobe“ da oʻynagan va 2007-yilda Qozogʻiston Premyer-ligasida gʻolib chiqqan. 2008-yilda Oʻzbekiston Superligasining vakili „Quruvchi“ klubida bir mavsum oʻynagan. 2009-yilda Xitoyning „Shenchjen Shangqingyin“ jamoasida o‘ynagan, 2010-yilda esa Samarqandning „Dinamo“ klubiga o‘tgan.
Nikolayev Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi debyutini 2002-yilning 14-mayida Slovakiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (4:1) oʻtkazgan. Aleksey 2004-yilgi Osiyo kubogi uchun tarkibga kiritilgan. Musoboqada 3 ta o‘yinda maydonga tushdi: Iroq bilan (1:0 va qizil kartochka), Turkmaniston bilan (1:0) va chorak finalda Bahrayn bilan (2:2, k.3:4) oʻyinlarda ishtirok etgan. Oʻz navbatida, 2007-yilgi Osiyo Kubogi uchun tarkibda boʻlgan, ammo musoboqada birorta ham oʻyin oʻtkazmagan[2].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.