11 avgust — Ukraina osmonida ikki Tu-134A uchog‘i to‘qnashib ketdi. Ulardan biri Toshkent — Minsk yo‘nalishida parvoz qilayotgan va bortida 83 kishi, shu jumladan "Paxtakor" futbol komandasining 17 o‘yinchisini tashiyotgan edi. Ikkinchi uchoqda (Chelyabinsk - Kishinyov) 89 yo‘lovchi va 6 ta ekipaj a'zosi bor edi. Ularning barchasi halok bo‘ldi. Sud qaroriga ko‘ra, voqeada Harkovlik aviadispetcherlar aybdor deb topildi.