From Wikipedia, the free encyclopedia
Afgʻoniston milliy futbol terma jamoasi (fors. تیم ملی فوتبال افغانستان Tīm-e Millī-e Fūtbāl-e Afghanestān) Afgʻoniston futbol federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Afgʻoniston milliy terma jamoasi 1922-yilda tashkil etilgan boʻlib, ular Hindistonga qarshi birinchi xalqaro oʻyinini 1941-yilda Kobulda oʻtkazdilar. Keyin Afgʻoniston 1948-yilda FIFAga, 1954-yilda esa AFCga asoschi aʼzolardan biri sifatida qoʻshildi. Ular uy oʻyinlarini Afgʻoniston poytaxti Kobuldagi Ghazi milliy olimpiya stadionida oʻtkazishadi. 2013-yilda Afgʻoniston 2013-yilgi SAFF chempionatida gʻolib chiqdi va „FIFA Fair Play mukofoti“ ni qoʻlga kiritdi[2][3].
Tahallusi | The Lions of Khorasan (Xuroson sherlari) | ||
---|---|---|---|
Assotsiatsiya | Afgʻoniston futbol federatsiyasi (A.F.F) | ||
Konfederatsiya | AFC (OSIYO) | ||
Sub-konfederatsiya | CAFA (Markaziy Osiyo) | ||
Bosh murabbiy | AFG Anoush Dastgir | ||
Sardor | Farshad Noor | ||
Eng koʻp oʻynagan futbolchi | Zohib Islam Amiri (65) | ||
Eng yaxshi toʻpurar | Faysal Shayesteh (10) | ||
Uy stadioni | Ghazi Stadium | ||
| |||
FIFA Reytingi | |||
Hozirgi | 154 — Iyun 2022, | ||
Eng yuqori | 122 (Aprel 2014,) | ||
Eng past | 204 (Yanvar 2003,) | ||
Birinchi xalqaro oʻyin | |||
Eng yirik gʻalaba | |||
Butan 1-8 Afgʻoniston (Dehli, Hindiston; 7 Dekabr 2011) | |||
Eng yirik magʻlubiyat | |||
Turkmaniston 11-0 Afgʻoniston (Ashxobod, Turkmaniston; 19 Noyabr 2003) | |||
OFK Chaqiruv Kubogi | |||
Ishtiroki | 3 (Ilk marta 2006-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Toʻrtinchi oʻrin (2014) | ||
SAFF Chempionati | |||
Istiroki | 7 (Ilk marta 2003-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Gʻolib (2013) |
Mamlakatda tashkil etilgan ilk futbol klubi „Mahmoudiyeh F.C.“ 1934-yilda tashkil topgan. Uch yildan so‘ng jamoa Hindistonga borib, 18 ta o‘yinda qatnashib, 8 ta g‘alaba, 9 ta mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. Ikkinchi tashkil etilgan futbol klubi 1941-yilda asos solingan Ariana Kabul F.C. bo‘ldi. Bu jamoa taklif bilan Eronning Tehron shahriga borib, 3 ta oʻyin oʻtkazib, bitta oʻyinda gʻalaba qozonib, ikkitasida magʻlub boʻlgan.
Afgʻonistonning birinchi rasmiy oʻyinini 1948-yil 26-iyulda Lyuksemburg qarshi o'tkazgan va 6:0 hisobida magʻlub boʻlgan.
Tolibon rejimi barham topgach, Afg‘oniston milliy terma jamoasi 2002-yili Osiyo o‘yinlarida Janubiy Koreya bilan o‘ynab, 2:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan.
Afg‘oniston futboli tarixida ilk bor AFF 8 ta jamoa o‘zaro bahslashadigan ligani eʼlon qildi. Liga 2012-yilda tashkil etilgan boʻlib, birinchi mavsum oʻsha yilning sentyabr va oktyabr oylarigacha davom etadi. Har bir viloyatdan bittadan 18 nafar futbolchidan iborat sakkizta jamoa tuzildi[4][5].
Afg‘oniston Oliy Tinchlik Kengashi Liganing yaratilishi va rivojlanishini Afg‘onistonda „tinchlik va barqarorlik o‘rnatish imkoniyati“ sifatida yuqori baholadi.
2013-yil 20-avgust kuni 2013-yilgi SAFF chempionati oldidan Afg‘oniston 36 yil ichida birinchi marta FIFA tomonidan tasdiqlangan o‘rtoqlik o‘yini doirasida Pokiston bilan o‘ynadi.
Afgʻonistondagi asosiy futbol oʻyinlari Kobuldagi Afgʻoniston futbol federatsiyasi stadionida (xalq orasida Ghazi stadioni nomi bilan mashhur) oʻtkaziladi. Yangi milliy stadion qurilishi 2013—2014-yilgi mavsumda nihoyasiga yetdi, uning narxi 25 million yevroga teng edi. 2015-yilda FIFA AFFga yangi yoshlar jamoalarini qayta tashkil etish va milliy terma jamoa uchun ayollar futbolini rivojlantirishda yordam berdi[6].
2002-yildan 2004-yilgacha Yaponiyaning ASICS sport brendi terma jamoa homiysi boʻlgan.
Davr | Ishlab chiqaruvchi | Libos homiysi |
---|---|---|
2009-2020 | Hummel International | AGC (Alokozay kompaniyalar guruhi) |
2020-hozir | Jako | AGC (Alokozay kompaniyalar guruhi) |
Alokozay, MOBY Group, Lemar & TOLO kompaniyalari terma jamoa homiylari hisoblanadi.
Oxirgi 12 oydagi oʻyinlar va kelajakda rejalashtirilgan oʻyinlar
G'alaba Durang Mag'lubiyat
11 Iyun 2023 Osiyo Kubogi saralash | ![]() | 1–2 | ![]() | Kalkutta, Hindiston |
20:30 |
|
|
Stadion: Salt Lake Stadium Tomoshabin: 44,216 Hakam: Razlan Joffri Ali (Malayziya Futbol Assotsiatsiyasi) |
Lavozim | Ism-sharif |
---|---|
Bosh murabbiy | ![]() |
Yordamchi murabbiy | ![]() |
Milliy terma jamoa menejeri | ![]() |
Koordinator | ![]() |
Darvozabonlar murabbiyi | ![]() |
Darvozabonlar murabbiyi | ![]() |
Fizioterapevt | ![]() |
Fizioterapevt | ![]() |
Sport - massajchi | ![]() |
Mashg'ulotlar murabbiyi | ![]() |
Uskunalar menejeri | ![]() |
OAV | ![]() |
OAV | ![]() |
№ | Poz. | Futbolchi | Tugʻilgan sanasi (yosh) | Ishtiroki | Gollari | Klubi |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | DR | Ovays Azizi | 29-yanvar 1992-yil | 38 | 0 | ![]() |
22 | DR | Faisal Hamidi | 6-iyul 1997-yil | 3 | 0 | ![]() |
23 | DR | Hellal Hosainie | 21-mart 1997-yil | 1 | 0 | ![]() |
4 | HM | Zohib Islam Amiri | 15-fevral 1990-yil | 65 | 6 | ![]() |
21 | HM | Sharif Mukhammad | 21-mart 1990-yil | 28 | 2 | ![]() |
5 | HM | Masih Saighani | 22-sentyabr 1986-yil | 17 | 2 | ![]() |
3 | HM | David Najem | 26-may 1992-yil | 13 | 0 | ![]() |
15 | HM | Maziar Kouhyar | 30-sentyabr 1997-yil | 11 | 0 | ![]() |
12 | HM | Najim Haidary | 26-dekabr 1999-yil | 8 | 0 | ![]() |
10 | YH | Faysal Shayesteh | 21-iyun 1991-yil | 54 | 10 | ![]() |
2 | YH | Abassin Alikhil | 19-aprel 1991-yil | 41 | 0 | ![]() |
19 | YH | Omid Popalzay | 25-yanvar 1996-yil | 34 | 5 | ![]() |
9 | YH | Mustafa Azadzoy | 24-iyul 1992-yil | 30 | 3 | ![]() |
8 | YH | Farshad Noor ((Sardor)) | 2-oktyabr 1994-yil | 28 | 2 | ![]() |
17 | YH | Mustafa Zazai | 4-noyabr 1992-yil | 26 | 3 | ![]() |
16 | YH | Milad Intezar | 4-noyabr 1992-yil | 25 | 0 | ![]() |
6 | YH | Noor Husin | 3-mart 1997-yil | 18 | 0 | ![]() |
14 | YH | Zelfy Nazary | 1-yanvar 1995-yil | 9 | 1 | ![]() |
7 | HJ | Zubayr Amiri | 2-may 1990-yil | 33 | 5 | ![]() |
11 | HJ | Omran Haydary | 13-yanvar 1998-yil | 14 | 1 | ![]() |
20 | HJ | Fareed Sadat | 10-yanvar 1998-yil | 5 | 0 | ![]() |
18 | HJ | Omid Musawi | 1-yanvar 2001-yil | 4 | 0 | ![]() |
13 | HJ | Moshtaq Ahmadi | 21-aprel 1996-yil | 2 | 0 | ![]() |
Daraja | Futbolchi | Ishtirok | Gollar | Davr |
---|---|---|---|---|
1 | Zohib Islam Amiri | 65 | 6 | 2005–hozir |
2 | Faysal Shayesteh | 54 | 10 | 2014–hozir |
3 | Abassin Alikhil | 41 | 0 | 2011–hozir |
4 | Ovays Azizi | 38 | 0 | 2015–hozir |
Djelaludin Sharityar | 38 | 1 | 2007–2015 | |
5 | Mustafa Hadid | 36 | 1 | 2009–2018 |
7 | Ahmad Hatifi | 34 | 4 | 2011–2016 |
Omid Popalzay | 34 | 5 | 2015–hozir | |
9 | Zubayr Amiri | 33 | 5 | 2011–hozir |
10 | Norlla Amiri | 31 | 4 | 2015–hozir |
Daraja | Futbolchi | Gollar | Ishtirok | Nisbat | Davr |
---|---|---|---|---|---|
1 | Faysal Shayesteh | 10 | 54 | 0.19 | 2014–hozir |
2 | Balal Arezou | 9 | 26 | 0.35 | 2011–2017 |
3 | Khaibar Amani | 7 | 21 | 0.33 | 2015–hozir |
4 | Sandjar Ahmadi | 6 | 22 | 0.27 | 2011–2015 |
Zohib Islam Amiri | 6 | 65 | 0.09 | 2006–hozir | |
6 | Hashmatullah Barakzai | 5 | 27 | 0.19 | 2007–2014 |
Zubayr Amiri | 5 | 33 | 0.15 | 2011–hozir | |
Omid Popalzay | 5 | 34 | 0.15 | 2015–hozir | |
9 | Amredin Sharifi | 4 | 24 | 0.13 | 2013–hozir |
Norlla Amiri | 4 | 31 | 0.13 | 2015–hozir | |
Ahmad Hatifi | 4 | 34 | 0.12 | 2011–2016 | |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.