From Wikipedia, the free encyclopedia
Abu Saidxon (? – 1533-yil) – oʻzbeklarning Shayboniylar sulolasidan boʻlgan Buxoroning toʻrtinchi xoni (1531-1533-yillar). Koʻchkunchixonning oʻgʻli.
Abu Saidxon | |
---|---|
oʻzbekcha: Abu Saidxon | |
Mansab davri 1530 – 1533 | |
Oʻtmishdoshi | Koʻchkunchixon |
Vorisi | Ubaydullaxon |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Otasi | Ko‘chkunchixon |
Abu Saidxon Koʻchkunchixonning uch oʻgʻlining eng kattasi boʻlgan. Nasab boʻyicha oʻzbek Shayboniylar sulolasining asoschisi Muhammad Shayboniyning amakivachchasi, temuriy Mirzo Ulugʻbek va oʻzbek xonligi asoschisi Abulxayrxonning nabirasi edi[1].
1512–yilda Abu Said Muhammad Temur Sulton bilan birgalikda Koʻchkunchixon tomonidan Ubaydullaxonga yordam berish uchun yuboriladi. Ular Gʻijduvondagi hal qiluvchi jangda Ubaydullaxon boshchiligida safaviylar ustidan gʻalaba qozondilar. Sunniylik xonlikda islomning hukmron tarmogʻi sifatida saqlanib qolgan.
1516–1517-yillarda Abu Said Ubaydullaxonning qozoq xonlariga qarshi yurishida qatnashdi.
1524 va 1528–yillarda Abu Said Ubaydullaxonning Xurosonga yurishida qatnashdi. Bunday janglar u xon etib saylanganidan keyin ham davom etdi. Shayboniylar ham Xuroson va Hirot uchun Safaviylarga qarshi kurashni davom ettirdilar.
Abu Said shayboniylar sulolasining ikki yirik namoyandasi: Suyunchxo‘jaxon (1454—1525-yillar) va Jonibek Sulton (XV asr—1529-yillar) vafotidan soʻng, oliy xon deb eʼlon qilindi.
Abu Saidxon qarorgohi Samarqandda boʻlgan xon hisoblansa-da, mamlakatdagi haqiqiy hokimiyat Shayboniyxonning jiyani Ubaydullohxon qoʻlida edi. Biroq tangalar Abu Saidxon nomiga chiqarilgan. 1532-yilda Xurosonning bir qator shaharlari qoʻlga kiritilgach, Mashhad, Sebzevar va Torbatda tangalar muomalaga chiqarildi[2][3][4][5][6][7].
Ulugʻbek madrasasi yonida Registon maydonining janubiy tomonida Abu Saidxon Ulugʻbek davri ansamblini toʻldiruvchi madrasa qurdirgan. Bu binodan faqat „Chil duxtaron“ nomi bilan mashhur boʻlgan Shayboniylar qabri saqlanib qolgan.
Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, Abu Saidxon fors tilini umuman bilmagan[8].
Maʼlumotlarga koʻra, uning besh oʻgʻli boʻlgan: birinchisi – Ugan sulton, ikkinchisi – Sulton Said, uchinchisi – Jovonmardxon, toʻrtinchisi – Sulton Muhammad sulton, beshinchisi – Xudoyberdi sulton. Ugan sultondan nasl qolmagan.
Abu Saidxon 1533-yilda Samarqandda vafot etgan va Registon maydoni yaqinidagi sulolaviy qabrga (daxma) dafn etilgan. Afsuski, XX asrning boshlarida dahma allaqachon vayronaga aylangan. Keyinchalik 1930-yillarda Sovet hukumati tomonidan yoʻq qilingan. Abu Saidxon vafotidan keyin taxtga Ubaydullaxon oʻtirdi. Abu Saidxon davrida Movarounnahrda shayboniylar oʻrtasida Buxoro va Samarqand taxti uchun oʻzaro nizolar davom etgan. U mashhur tasavvuf olimi boʻlmish oʻz vaziri Ofoq Xojaning muridi edi.[9]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.