Jonibek sulton (toʻliq ismi: Jonibek ibn Xoja Muhammad ibn Abulxayrxon) (? — 1529.20.3, Miyonkol) — shayboniylar sulolasi vakili. Abulxayrxonning nevarasi, Muhammad Shayboniyxonning amakivachchasi. XVI asr boshlarida Shayboniyxon qoʻshini tarkibida Movarounnaxrni egallashda ishtirok etgan. Shayboniyxon tomonidan Fargʻona (Axsi) hokimi etib tayinlangan (15031509), soʻngra (1510 yildan) Karmanada oʻgʻillari bilan hukmronlik qilgan. Jonibek sulton fargʻonalik piri — Jaloliddin Ahmad Kosoniy — Maxdumi Aʼzamni Karmanaga chaqirtirib olgan (15141516). Shayboniyxon vafoti (1510-yil dekabr)dan soʻng Movarounnahrga yurish qilgan Bobur 1511-yil oktabrda Samarqandni qoʻlga kiritadi. Jonibek sulton boshqa shayboniy sultonlar qatori Turkistonga qochgan. 1512-yil Ubaydullo sulton (qarang Ubaydullaxon) bilan birga Movarounnaxrga qaytib Koʻli Malik jangida Boburni yengib, Buxoro va Samarqandni egallanishida ishtirok etgan. Bobur safaviylardan harbiy qoʻshin (Najmi Soniy boshchiligidagi qoʻshin) olib Jonibek sulton turgan Gʻijduvonni qamal qiladi (1512). Jonibek sultonning oz sonli qoʻshini qalʼadan chiqib tengsiz toʻqnashuvda Boburdan yengiladi. Biroq Ubaydullo sultonning puxta harbiy rejasi tufayli shayboniylar gʻalaba qiladilar (qarang Gʻijduvon jangi). Shoir Podshohxoja (14801545) Jonibek sultonga atab „Maqsad ulatvor“ dostonini yozgan (15151520).

Manba: Hasanxoja Nisoriy, Muzakkiri ahbob, T., 1993; Hofiz Tanish AlBuxoriy, Abdullanoma, 1-j., T., 1999.

Adabiyot

  • Axmedov B. A., Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii XVI— XVIIIbb., T., 1985; Materiali po istorii kazaxskix xanstv XV—XVIII vekov, Alma-Ata, 1969; Bartold V. V., Sochineniya, 2 t., chast 2, M., 1964. Faxriddin Hasanov.[1]

Manbalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.