davlat arbobi, sarkarda va oʻzbek shoiri From Wikipedia, the free encyclopedia
Muhammad Shayboniy (Shayboniyxon) (1451-yil, Oʻzbek xonligi — 1510-yil 12-dekabr, Marv) — davlat arbobi, sarkarda va oʻzbek shoiri. Hazrati imom uz-Zamon xalifat ur-Rahmon (zamona imomi va xalifasi) unvoniga erishgan. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligini oʻrnatgan.
Muhammad Shayboniy | |
---|---|
Muhammad Shayboniy | |
Muhammad Shayboniyning portreti Kamoliddin Behzod | |
1-Buxoro xoni | |
Mansab davri 1500-yil – 2-dekabr 1510-yil | |
Oʻtmishdoshi | Yoʻq |
Vorisi | Suyunchxoʻjaxon |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Abulfath Muhammad Shayboniy 1451-yil Oʻzbek xonligi (Dashti qipchoq) |
Vafoti |
2-dekabr 1510-yil Marv yaqinidagi Mahmudobod qishlogʻi (Xuroson) |
Oʻlim sababi | Marv jangi |
Fuqaroligi | Oʻzbek xonligi → Buxoro xonligi |
Turmush oʻrtogʻi |
Xonzoda begim Mehr Nigor xonim |
Bolalari |
Muhammad Temur sulton Xurramshoh sulton Suyunch Muhammad sulton Shohrubonu |
Ota-onasi |
|
Taʼlim | Buxoro madrasalari |
Uning haqiqiy ismi V. V. Bartoldning fikriga koʻra — Shohbaxt Muhammad[1], boshqa: R. G. Mukminova, V. P. Yudin va Edvard Allworth kabi tadqiqotchilar fikrlariga koʻra esa[2][3][4] — Abulfath Muhammad Shayboniyxon boʻlgan. Shayboniy — sheʼriy taxallusidir[1]. По данным современника Шейбани-хана — Мулла Шади, и востоковедов: В. П. Юдина, Р. Г. Мукминовой Шейбани-хан также носил поэтическое прозвище — Шахбахт (королевское счастье)[2][5]. Shayboniyxonning zamondoshi — Mulla Shodiy va sharqshunos olimlar: V. P. Yudin, R. G. Mukminovalarning yozishicha, Shohbaxt (shoh baxti) ham Shayboniyxonning sheʼriy taxallusi bo‘lgan. Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasida yozilishicha, Shaxbaxt taxallusi unga Abulxayrxon tomonidan berilgan. U asos solgan sulola tarixda Shayboniylar nomi bilan tanilgan, ammo bu sulola vakillaridan hech biri Muhammad Shayboniy avlodi bo‘lmagan[6].
Oʻzbek ulusi hukmdori Abulxayrxonning (1428—1468) oʻn bir oʻgʻli boʻlib, ulardan biri Shayboniyxonning otasi Shohbudogʻ boʻlgan. Shayboniyxonning onasining ismi Oq Qoʻzi biyim boʻlgan[7].
Tarixchi Kamoliddin Binoiyning yozishicha, Shohbudog‘ sulton to‘ng‘ich o‘g‘liga Sulton Muhammad Shayboniy ismini qo‘ygan, taxallusi esa „Shohbaxt“ boʻlgan[8].
Manbalarga ko‘ra, Shayboniyxonning nasabnomasi quyidagicha: Chingizxon oʻgʻli Joʻchixon, Joʻchixon oʻgʻli Shaybon, Shaybon oʻgʻli Baniyol Bahodur, Baniyol Bahodur oʻgʻli Yis Buka, Yis Buka oʻgʻli Jochi Bukaxon, Jochi Bukaxon oʻgʻli Shohibekxon, Shohibekxon oʻgʻli Abduloʻg‘lon, Abduloʻg‘lon oʻgʻli Mingtemurxon, Mingtemurxon oʻgʻli Fuladxon, Fuladxon oʻgʻli Ibrohimo‘g‘lon, Ibrohimo‘g‘lon oʻgʻli Davlatshayx o‘g‘lon, Davlatshayxo‘g‘lon oʻgʻli Abulxayrxon, Abulxayrxon oʻgʻli Shohbudogʻxon, Shohbudogʻxon oʻgʻli Abulfath Muhammad Shayboniyxon boʻlgan[3].
Qizig‘i shundaki, „Tavorixi Guzidayi Nusratnoma“ da Shayboniyxon Mingtemur bobosining xotini Ismoil Somoniy avlodidan bo‘lgan Jandibekning qizi ekanligi qayd etilgan[9].
Shayboniyxonning otasi Shohbudog‘xon o‘qimishli odam bo‘lib, uning buyrug‘i bilan fors tilidagi asarlarni turkiy tilga tarjima qildirgan[10].
Muhammad Shayboniy Oʻzbek xonligi hukmdori Abulxayrxonning nabirasi, Shohbudogʻ sultonning oʻgʻli. Abulxayrxon unga Shohbaxt deb laqab qoʻygan. Otasining erta vafotidan soʻng, bobosining qaramogʻida qolgan. Ukasi Sulton Muhammad bilan birga Boyshayx otaligʻida voyaga yetgan. Muhammad Shayboniy 1480-yillarda Abulxayrxon vafotidan soʻng Dashti Qipchoqning asosiy hududida oʻz hukmronligini oʻrnatmoqchi boʻlgan. U 1490-yillardan oʻzaro kurashlar va ichki nizolar tufayli tobora zaiflashib borayotgan Temuriylar hududi boʻlgan Movarounnahrda ham oʻz hukmronligini oʻrnatish uchun harakat boshlagan. XV asr oxiri — XVI asr boshlarida Movarounnahrga qilgan yurishlari natijasida hokimiyat boshqaruvi uning qoʻliga oʻtgan. Muhammad Shayboniy Turkistonning Sigʻnoq, Sabron, Yassi shaharlarini ham oʻz qoʻl ostiga kiritgan. 1504-yil Hisor, Qunduz, Badaxshon, Balx, 1505-yilda Xorazm, 1507-yilda Hirot ham Muhammad Shayboniy qoʻl ostiga oʻtgan. Keyinroq Eronning Mashhad va Tus shaharlarini ham egallagan.
1510-yilda Marv yaqinidagi Mahmudobod qishlogʻida Safaviylar shohi Ismoil I Safaviyning 70 ming kishilik askari bilan Muhammad Shayboniy qoʻshini oʻrtasidagi jangda uning qoʻshinlari magʻlubiyatga uchragan va xonning oʻzi ham halok boʻlgan. Uning boshsiz tanasi Samarqanddagi Baland sufaga dafn qilingan. Baland sufa Registon maydonida Tillakori va Sherdor madrasalari oʻrtasidagi burchakda joylashgan boʻlib, bu yerga keyinchalik boshqa Shayboniylar ham dafn etilgan. Keyinchalik Shayboniylar daxmasi deb nomlangan.
Shayboniyxon chiqargan tangalarda u olgan unvonlar: „Eng buyuk sulton, rahmdil [Allohning] podshohi, din himoyachisi“; „Oʻz davrining imomi, rahmdil [Allohning] hokimi Abulfath“. Yozuvlar har-xil boʻlib, ikkinchisida ancha aniqroq, teokratik fikr ifodalangan va sarlavhada Shayboniyxon oʻz davrining imomi“ ekanligi taʼkidlangan[11].
Shayboniyxon eroniylar va turkiylarni milliy asosda ajratmagan, balki paygʻambarning „hamma musulmonlar birodardir“ degan hadislariga amal qilgan[12].
Nufuzli diniy arboblardan biri, asli yamanlik amir Sayyid Shamsiddin Abdulloh al-Arabiy al-Yamaniy al-Hadramautiy (Mir-i Arab nomi bilan mashhur) Shayboniyxonning homiyligidan panoh topgan, devon majlislarida doimiy ishtirok etgan va uning yurishlarida xonga hamrohlik qilgan[13].
Muhammad Shayboniy 1501-1507-yillarda Turkistonda markazlashgan davlat qurdi. U saroy adabiyotining mavqeini yaxshilashga uringan. Uning oʻzi oʻzbek tilida gʻazal, ruboiylar ham bitgan. Uning ana shu gʻazal, ruboiylaridan ayrimlari va „Baxrul xudo“ nomli dostoni, oʻgʻli Muhammad Temur sultonga atab yozgan pand-nasihatlardan iborat kitobi (yagona nusxasi Turkiyada saqlanadi) bizgacha yetib kelgan. Undan koʻchirilgan nusxa Oʻzbekiston milliy universiteti Oʻzbek mumtoz adabiyoti kafedrasining qoʻlyozmalar jamgʻarmasida mavjud. Muhammad Shayboniy haqida Tarixi guzida, Binoiyning Shayboniynoma, Hasanxoja Nisoriyning Muzakkiri ahbob, Muhammad Solihning Shayboniynoma va Boburning Boburnoma asarlarida maʼlumotlar bor.
Hukmdor shoirning ijodi yuzasidan xorijiy olimlar F. Koʻprulu, Y. Ekman, O. Akbiyik, Y. Qorasovning tadqiqotlari maʼlum. Oʻzbek olimlari E. Axmadxoʻjaev va I. Bekjon uning Bahrul-hudo nomli qasidasini topishdi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.