From Wikipedia, the free encyclopedia
Abdulazizxon (1511-yil oktabr — 1550-yil 14-may) — oʻzbeklarning Shayboniylar sulolasidan. Ubaydullaxonning oʻgʻli, Xorazm hokimi (1538-39).
Buxoro hukmdorlari | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Abdulazizxon Turkiston viloyatidagi Arquq mavzesida tugʻilgan. Onasi Qozoq xonim qozoq sultonlaridan birining qizi edi. Otasi Ubaydullaxon vafotidan soʻng (1540-yil) mamlakatda ikkihokimiyatchilik vujudga kelib, Abdulazizxon Buxoroda (1540—1550), Koʻchkunchixonning oʻgʻli Abdullatifxon esa Samarqandda (1540—1551) xon boʻlgan.
Abdulazizxon oʻz hukmronligi davrida davlat va aholi manfaatlarini koʻzlab qator islohotlar oʻtkazgan, ayrim soliqlarni (tanob puli, tafovut, tavfiri va boshqalar) bekor qilgan, Buxoro atrofini yangi mudofaa devori bilan oʻrashga kirishgan (uni Abdullaxon II qurib bitkazgan boʻlib, XX asr boshlarigacha saqlangan). Bundan tashqari u Buxoroda madrasa, ulkan kutubxona, Toqi Sarrofon va uning bagʻridagi guzar masjidini qurdirgan, Magʻoki Attori masjidini mukammal taʼmirlatgan. Bahouddin Naqshband ziyoratgohida 2 qavatli xonaqo (1544-yil) qurdirib, Bahouddin dahmasi atrofini hazira bilan oʻrab oldirgan[1].
Abdulazizxon ilm va sheʼriyat ahlining homiysi, oʻta taqvodor inson boʻlib, tasavvuf olimi — Shayx Jalolning (1549-yilda vafot etgan) muridi edi. U benazir husnixat sohibi boʻlgan, "Aziziy" taxallusi bilan gʻazallar bitgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.