From Wikipedia, the free encyclopedia
Xitoy hukumati Shinjondagi uygʻurlar va boshqa etnik hamda diniy ozchiliklarga qarshi asosan genotsid deya tavsiflanayotgan siyosat olib borib, bir qator inson huquqlarini davomli ravishda poymol qilmoqda. 2014-yildan boshlab Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP) Bosh kotibi Si Szinpin boshqaruvi ostidagi Xitoy hukumati bir milliondan ortiq turkiy musulmonlarni hech qanday qonuniy jarayonlarsiz qayta tarbiyalash lagerlarida qamoqqa oldi. 2016-yildan 2021-yilgacha boʻlgan operatsiyalarni Shinjon KP kotibi Chen Quanguo boshqargan[2]. Bu jarayon Ikkinchi jahon urushidan keyingi etnik va diniy ozchiliklar hibsga olingan eng yirik holatdir[3][4]. Xitoy hukumati 2019-yilda lagerlarni tugatishni boshladi. Amnesty International tashkiloti mahbuslar rasmiy jazo tizimiga oʻtkazilayotganini taʼkidlab kelmoqda.
Uygʻur genotsidi | |
---|---|
Shinjon mojarosining bir qismi | |
Shinjonning Lop tumanidagi lagerda nutq tinglayotgan mahbuslar. 2017-yil aprel. | |
Xitoy xaritasidagi Shinjon (qizil rang bilan belgilangan) | |
Joylashgan | Shinjon, Xitoy |
Sana | 2014 — hozirgacha |
Nishon | Uygʻurlar, qozoqlar, qirgʻizlar va boshqa turkiy musulmonlar |
Hujum turi |
Interniratsiya, majburiy abort, majburiy sterilizatsiya, tugʻilishni majburiy nazorat qilish, majburiy mehnat, qiynoq, miya yuvish, zoʻrlash ham daʼvo qilingan (shu jumladan guruhli zoʻrlash) |
Qurbonlar | tax. ≥1 million hibsga olingan |
Jinoyatchilar | Xitoy hukumati |
Maqsadi | Terrorizmga qarshi kurash (rasmiy) Xitoylashtirish, islomofobiya[1] va siyosiy norozilikni bostirish |
Uygʻurlarning davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan lagerlarda oʻzboshimchalik bilan hibsga olinishidan tashqari, hukumat siyosati majburiy mehnat[5][6], uygʻur diniy urf-odatlariga qarshilik[7], siyosiy indoktrinatsiya[8], majburiy sterilizatsiya[9], majburiy kontrasepsiya[10][11] va majburiy abortni oʻz ichiga olgan[12][13]. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga koʻra, 2017-yildan buyon oʻn olti mingga yaqin masjidlar vayron qilingan yoki zarar koʻrgan[2], yuz minglab bolalar ota-onasidan majburan ajratilib, maktab-internatlarga joylashtirilgan[14][15]. Xitoy hukumati statistik maʼlumotlariga koʻra, asosan uygʻurlar yashaydigan Xoʻtan va Qashqar viloyatlarida 2015-yildan 2018-yilgacha boʻlgan oraliqda tugʻilish 60 foizdan koʻproqqa kamaygan[9]. Xuddi shu davrda butun mamlakat boʻyicha tugʻilish darajasi 9,69 foizga kamaygan[16]. Xitoy rasmiylari 2018-yilda Shinjonda tugʻilish koʻrsatkichlari deyarli uchdan biriga kamayganini tan olsa-da, majburiy sterilizatsiya va genotsid haqidagi xabarlarni rad etdi[17]. 2019-yilda Shinjonda tugʻilish darajasi yana 24 foizga kamaydi, mamlakat boʻyicha esa bu koʻrsatkich 4,2 foizni tashkil etgan[9].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.