![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/9b/Turk22.jpg/640px-Turk22.jpg&w=640&q=50)
Turkiston (shahar)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Turkiston (qozoqcha: Түркістан, Türkıstan, تۇركىستان) — Qozogʻiston Respublikasi Turkiston viloyatining maʼmuriy markazi. Sirdaryoning oʻrta oqimida. Chimkentdan 160 km (100 mi) shimoli-gʻarbda, shimolda Qiziloʻrda va janubda Toshkent oʻrtasidagi Toshkent temir yoʻli yoqasida joylashgan. Aholisi oʻn yil ichida 102 505 kishidan (1999-yilgi aholini roʻyxatga olish)[5] 142 899 kishiga (2009-yilgi aholini roʻyxatga olish)[6] koʻpaydi. Hozirda aholisi 220 133 kishi[7]. Shaharda 46 millat vakillari yashashadi. Shahar tarkibiga 12 qishloq va 5 mikrarayon kiradi. Turkistonning eng koʻzga koʻringan tarixiy va madaniy boyligi YuNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan Xoʻja Ahmad Yassaviy maqbarasidir[8]. Shaharga Hazrati Sulton xalqaro aeroporti xizmat koʻrsatadi.
Turkiston qozoqcha: Түркістан | |
---|---|
shahar | |
![]() | |
43°18′00″N 68°14′37″E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
shahar | Janubiy Qozogʻiston viloyati |
Hukumat | |
• Akim | Ashirbekov Baqitjan Aydarxanovich |
Avvalgi nomlari | Shavgar, Yassi |
Qachondan beri shahar | 500 |
Aholisi (2012) |
150,595[1] |
Milliy tarkib |
qozoqlar 52,5 % oʻzbeklar 45,2 % boshqalar 2,3%[2] |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 72533[3] |
Pochta indeks(lar)i | 161200—161205[4] |
Avtomobil kodi | X, 13 |
2021-yilda Turkiston Turkiy davlatlar tashkiloti tomonidan „Turk dunyosining maʼnaviy poytaxti“ deb eʼlon qilindi[9]. Oʻsha yili Turkiston Qozogʻistonning eng yaxshi sayyohlik yoʻnalishlari oʻntaligiga kirdi[10].