Qozoqlar
From Wikipedia, the free encyclopedia
Qozoqlar (qozoqcha: қазақтар /qɑzɑqtɑr/; ед. /qɑzɑq/) — turk urugʻlari siyosiy birlashmalaridan biri(o‘zbek ulusi kabi), qozoq ulusi, Qozogʻiston Respublikasining asosiy aholisi. Turk tilining qipchoq lahjasida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar.
Qozoqlar Қазақтар, قزاقتر(qashaq) | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
[[Fayl:
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Umumiy aholi soni | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
25 million | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Katta aholiga ega mintaqalar | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Tillar | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Qozoq tili | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Dinlar | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Islom | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Qarindosh etnik guruhlar | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Qoraqalpoqlar, Noʻgʻaylar, Oʻzbeklar |
Qozoqlarning koʻpchiligi Qozog'iston hududida va Xitoy, Oʻzbekiston, Turkmaniston, Rossiya va Gʻarbiy Mongoliya hududlarida istiqomat qilishadi.
Qozoqlarning etnogenezi turli koʻchmanchi qabilalarning uzoq muddat davomida aralashuvi sharoitida kechgan. Qozoqlarning qadimgi ajdodlariga saklar, usunlar va boshqalar kirgan. Milodning boshlarida Orol dengizidan gʻarbda qozoq etnogeneziga tasir etgan alanlar yashagan. VI—VII-asrlarda Dashti qipchoqning janubi-sharqida yashagan qabilalar Gʻarbiy Turk xoqonligi tarkibida boʻlgan. Bu davrda sharqdan turkashlar, telelar, qarluqlar va boshqa qabilalar kelib joylashgan. XII asr boshida hozirgi Qozogʻiston hududiga qoraxitoylar (kidanlar) bostirib kirgan, ular mahalliy turkiy aholi bilan aralashib ketgan. XIII asr boshida moʻgʻullar istilosi davrida Moʻgʻuliston va Oltoydan naymanlar, kereitlar va boshqa qabilalar kirib kelgan. Oltin Oʻrda parchalanishi bilan XV asr oʻrtasida, Oʻzbek xonligidagi oʻzaro nizolar natijasida bu qabilalarning katta qismi janubi-sharqqa, Moʻgʻuliston davlati tarkibiga kirgan. XVI asr boshida gʻarbga qaytib kelgan qozoq qabilalari Qozoq xonligiga birlashadi. Shu bilan qozoq elatining shakllanish jarayoni tugallangan. Qozoqlarning qabila-urugʻlari tarixan 3 guruhga boʻlinib, alohida hududlarda yashaganlar. Ular juzlar deb atalgan (Katta juz, Kichik juz, Oʻrta juz). Tarixda asosiy mashgʻuloti koʻchmanchi chorvachilik, janubdagi baʼzi vohalarda sugʻorma dehqonchilik boʻlgan.