![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/08/ELQ_Airport.jpg/640px-ELQ_Airport.jpg&w=640&q=50)
Shahzoda Naif bin Abdulaziz xalqaro aeroporti
From Wikipedia, the free encyclopedia
Shahzoda Naif bin Abdulaziz xalqaro aeroporti (arabcha: ) (IATA: ELQ, ICAO: OEGS), sobiq Qosim xalqaro aeroporti, Saudiya Arabistonining Burayda shahriga xizmat koʻrsatuvchi xalqaro aeroport hisoblanadi[2]. Aeroport Buraydaning chetidagi Mulayda shaharchasida joylashgan. Saudiyaning sobiq valiahd shahzodasi Naif bin Abdulaziz sharafiga nomlangan va birinchi navbatda, qirollikning shimoliy viloyatlariga xizmat qiladi. Xalqaro yoʻnalishlar 9 ta davlat bilan cheklangan: BAA, Misr, Bahrayn, Ozarbayjon (mavsumiy), Bosniya va Gerzegovina (mavsumiy), Qatar, Kuvayt, Pokiston va Turkiya. 1964-yilda tashkil qilingan[3] aeroport Matarat Holding Company tomonidan egalik qilinadi va boshqariladi. Saudiya podshohi Abdulloh ibn Abdulazizning 2012-yil 5-iyuldagi qirollik farmoni bilan sobiq valiahd shahzoda Naif bin Abdulaziz xotirasiga bagʻishlab uning nomi berilgan[4][3].
Shahzoda Naif bin Abdulaziz xalqaro aeroporti | |||
---|---|---|---|
![]() | |||
IATA kodi: ELQ – ICAO kodi: OEGS | |||
Qisqacha bayon | |||
Aeroport turi | Fuqarolik | ||
Operator | Matarat Holding Company | ||
Xizmat doirasi | Al-Qassim viloyati | ||
Joylashuvi | Burayda shahri chetidagi Mulayda shaharchasi, Saudiya Arabistoni | ||
Dengiz sathidan balandligi | 2,126[1] ft / 648[1] m | ||
Koordinatalari | 26°18′10″N 043°46′26″E | ||
Vebsayti | matarat.com.sa | ||
Xarita | |||
Aeroportning Saudiya Arabistoni xaritasidagi joylashuvi | |||
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
Uzunligi | Yuzasi | ||
ft | m | ||
15/33 | 9,843 | 3,000 | Asfalt |
Oʻsha paytda valiahd shahzoda hamda mudofaa va aviatsiya vaziri boʻlgan shahzoda Sulton 2003-yilda aeroportdagi qirollik terminalini kengaytirish loyihasini boshladi. Saudiya Fuqarolik aviatsiyasi bosh boshqarmasi 1964-yildan beri kengaytirish loyihalariga 300 million riyoldan ortiq mablagʻ sarfladi va aeroport Saudiya Arabistonining markaziy mintaqasidagi asosiy aviatsiya markazi sifatida oʻz mavqeini mustahkamlab, yanada kengayishda davom etmoqda[3].