![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/3d/Dubrovnik_crop.jpg/640px-Dubrovnik_crop.jpg&w=640&q=50)
Shahar davlat
From Wikipedia, the free encyclopedia
Shahar-davlat yoki shahar-mamlakat — shahar va uning atrofida joylashgan tumanlardan iborat boʻlgan mustaqil davlat. Bugungi kunda Singapur, Vatikan va Monako kabi shahar-davlatlari bunga yaqqol misol boʻla oladi. Bundan tashqari, shahar-davlat deyilmasa ham kichik maydoni va zich urbanizatsiyasi tufayli Qatar[1][2], Bruney[3], Quvayt[3][4] Bahrayn[3] va Malta[5][6][7] kabi shaharlar ham baʼzan shahar-davlat sifatida qabul qilinadi. Aholi zichligi yuqori boʻlgan, ammo yagona shahar markaziga ega boʻlmagan San-Marino ham baʼzan ushbu atama bilan nomlanishi mumkin[8][3]. Mustaqil boʻlmasa-da, Xitoyda joylashgan Gonkong, Makao va Birlashgan Arab Amirliklariga qarashli Dubay hamda Abu-Dabi ham shahar-davlatlar deb ataladi. Chunki bu shaharlar iqtisodiy jihatdan ancha mustaqildir[3][9][10].
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/3d/Dubrovnik_crop.jpg/640px-Dubrovnik_crop.jpg)