Sur (Livan)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Sur (arabcha: صور) — Finikiya (hozirgi Livandagi Sur sh.)dagi dengiz boʻyi shahardavlati. Mil. av. 4ming yillikda asos solingan. Mil. av. 1ming yillikda ravnaq topgan. Mil. av. 3—2ming yillikda muhim hunarmandchilik va savdo markazi. 2ming yillikda (tanaffuslar bilan) Misr taʼsirida boʻlgan. S.liklar Oʻrta dengiz orollari (Kipr, Sitsiliya va boshqalar), Shimoliy va Gʻarbiy Afrika va Ispaniyada bir qancha koloniyalar (manzilgohlar) barpo etganlar. Mil. av. 10-asrda S. gegemonligi ostida vujudga kelgan SurSidon podsholigi Finikiyaning butun dengiz sohyli ustidan hukmronlik qilgan. Mil. av. 8-asrda S. Ossuriyaga, mil. av. 6-asr boshidan Yangi Bobil podsholigiga, mil. av. 6-asrning 2yarmidan Axomaniylar davlatiga karam boʻlgan. Mil. av. 332 y. uzoqmuddat dengiz va quruklikdan qamal qilingandan keyin S. Aleksandr tomonidan egallangan. Ellinizm davrida S.Ptolemeylar, Salavkiylar davlati tarkibida, mil. av. 64 yildan Rimning Suriya provinsiyasiga ichki muxtoriyatini saqlagan xolda kirgan. Arablar istilosiga qadar (7-asr) Sharqiy Oʻrta dengizning yirik savdo markazi boʻlib qolgan. S.da arxeologik qazish ishlari fransuz arxeologi E. Renan (19-asrning 2yarmi), A.Puadebar (20-asrning 40-yillari) tomonidan olib borilgan. S. Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.